Mundareja: Kirish Nazariy qism



Download 2,44 Mb.
bet2/14
Sana11.01.2022
Hajmi2,44 Mb.
#341215
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
alpamis

1.Nazariy qism

1.1. Menejmentning mohiyati, maqsad va vazifalari
Menejment tushunchasi tor ma'noda biror-bir tashkilot maqsadini aniqlash va unga erishish uchun zarur bo'lgan rejalashtirish,tashkil etish va nazorat jarayonlarining foyda keltirishi, samaraberishi faoliyat yo'nalishini qanchalik to'g'ri tanlay bilishga, qarorlar qabul qila olishga hamda uning boshqarilishini nazorat qilishgava bu jarayon borishiga bog'liq bo'ladi. Menejment keng ma'noli tushuncha sifatida, jahondagi menejment va uni tashkil etishning nazariyotchilaridan biri Piter Druker aytganidek, «alohida faoliyat turi bo'lib, tashkil etilmagan betartib ommani bir maqsadga yo'naltirilgan samarali va unumli guruhga, jamiyatga aylantiradigan, ijtimoiy o'zgarishlarni rag'batlantiruvchi element hisoblanadi». Menejment nafaqat korxona doirasida, qolaversa, butun bir jamiyat, davlatni o'z tanlagan yo'li, maqsad va intilishlariga yetaklovchi, iqtisodiyotni kuchli, barqaror ishlovchi mexanizmga aylantirishda muhim ta'sir etuvchi kuch hisoblanadi.

Menejmentni jamiyatning iqtisodiy negizi bilan bog'lab, shu bilan birga, uning ikki: tashkiliy-texnikaviy va ijtimoiy-iqtisodiy tomonlarini hisobga olgan holda o'rganish lozim.

Tashkiliy-texnikaviy boshqaruv aniq iste'mol qiymatini olish uchun mahsulot tayyorlashda mehnat taqsimoti va kooperatsiyasi bilan ajralib turadi. Ijtimoiy-iqtisodiy boshqaruv mavjud ishlab chiqarish munosabatlari bilan bog'liq bo'lib, boshqarish maqsadlarini belgilaydi. Tashkiliy-texnikaviy boshqaruv mehnat unumdorligi va ishlab chiqarish samaradorligining oshishi uchun sharoit yaratishga imkon beruvchi faoliyat turidan iboratdir.

Ijtimoiy-iqtisodiy menejmentning maqsadi ishlovchilar samarali mehnat qilishi uchun sharoit yaratish, ularni ijtimoiy himoya qilishning ishonchli umumdavlat tizimini shakllantirish, bandlikni ta'minlash va aholining kam ta'minlangan qatlamlarini qo'llab-quvvatlashdan iboratdir.

Menejmentning mohiyati ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar darajasi, ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi va iqtisodiy aloqalarning murakkablashuvi bilan kengayib boradi. Menejment ishlab chiqarish jarayonida, ishlab chiqarish vositalariga mulkchilikning turli shakllari mavjud bo'lgan sharoitda, ishlab chiqaruvchilar o'rtasida raqobatni shakllantirish, foydani maksimallashtirishga qaratilgan bo'lsa, u butun bir iqtisodiy tizimda ishlab chiqarish evaziga jamiyat ehtiyojini qondira oladigan bozor infratuzilmasi elementlari va ularning o'zaro

aloqasini ta'minlovchi mexanizmning barqaror ishlashiga, har bir fuqaro, guruh, uyushma, tashkilot va muassasalar manfaatlarini e'tiborga olgan holda, ularni jahon sahnasida o'z o'rniga ega bo'lishiga qaratilgan bo'ladi.

Menejmentning asosini obyektiv iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa qonunlarga asoslanuvchi huquqiy ilmiylik tashkil etadi. Xo'jalik yurituvchi subyektlar rahbarlari mazkur qonunlarni o'rganish va ularning aniq vaziyatlarda namoyon bo'lishini hisobga olgan holda iqtisodiyotni boshqarishning strategiya va taktikasini belgilaydilar.

1991-yil 31-avgustda O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi e'lon qilindi. Shunday bir sharoitda mamlakatda davlat va iqtisodiyotni qayta qurishning bosh maqsadi Prezidentimiz I. Karimov tomonidan quyidagicha aniqlab berildi: «Pirovard maqsadimiz ijtimoiy yo'naltirilgan barqaror bozor iqtisodiyotiga, ochiq tashqi siyosatga ega bo'lgan kuchli demokratik huquqiy davlatni va fuqarolik jamiyatini barpo etishdan iborat».

Uning amalga oshirilishi turli sohalarda olib boriladigan islohotlarga va boshqariladigan vazifalarga nechog'li bog'liq bo'ladi.

Ijtimoiy-siyosiy sohada:

- mamuriy-buyruqbozlik, avtoritar tuzum mexanizmidan va tuzilmalaridan qutilish;

- davlat qurilishining demokratik-huquqiy tamoyil va me'yorlariga o'tish;

-fuqarolik jamiyatiga o'tishning poydevorini qurish va boshqalar.

Ijtimoiy-iqtisodiy sohada:

- iqtisodiy faoliyatga erkinlik berish;

- mulkchilikning xilma-xilligi;

- narx erkinligini ta'minlash;

- raqobat kurashiga o'tish;

- ko'p tarmoqli iqtisodiyotga harnda bozor munosabatlarigao'tish va boshqalar.

Ma'naviy sohada:

- mustaqil va yangicha fikrlovchi kishilarni tarbiyalash, aqidabozlik va o'ta siyosatlashgan mafkura hukmronligidan qutilish.

Xalqaro munosabatlar sohasida:

- butun dunyo taraqqiyotidan ajralib qolishdan, o'zini chetga olishdan va unga qarshi turishdan voz kechish;

- jahon hamjamiyatiga kirib borish va teng huquqli hamkorlikka yo'l ochish.

Bozor munosabatlariga o'tish ishlab chiqarish va bozorning samarali o'zaro ta'sirini, davlat menejmenti va korxonalarning o'z-o'zini boshqarishning mutanosib nisbatda bo'lishini ta'minlovchi takomillashgan iqtisodiy mexanizmni yaratishga yo'naltirilgandir.

Menejment u yoki bu shaklda odamlar guruh bo‘lib ishlab yurgan joyda va odatda jamiyatning uchta sohasida bo‘lgan:   siyosiy — guruhlarda tartibni qo‘llash va o‘rnatish zarur- ligi; iqtisodiy — resurslarni taqsimlash, ishlab chiqarish zarur- ligi; mudofaa — dushmanlardan va yovvoyi hayvonlardan hi- moya qilish.

Boshqaruv nazariyasini va amaliyotining rivojini ko‘rib chiq- qanimizda, bir necha taraqqiy davrlarni ajratishimiz mumkin. I  davr  —  qadimgi davr.

Boshqaruvning uzun rivojlanish davri 9—7 ming avval eramizdan taxminan XVII asrgacha bo‘lgan davr menejmentni mustaqil ilm sohasiga ajralishidan oldin, odamzod mingyillar davomida boshqarish tajribasini orttirib kelgan.

Ilk tartib va boshqaruvning eng oddiy shakllari ibtidoiy  jamoa bosqichida paydo bo‘lgan. O‘sha davrda boshqaruv birga- likda, qabilaning hamma a’zolari boshqarishda ishtirok etardi. Qabilaning qariyalarini boshqaruvning dastlabki ko‘rinishlari deb hisoblasak ham bo‘ladi.

Taxminan eramizdan 9—7 ming yillar oldin yaqin Sharqdagi joylarda ekish xo‘jaligidan (ov, hosil yig‘ish va boshqalar) yangi hosil olish shakliga o‘tdi (ya’ni ishlab chiqarishga). Ishlab chiqarish iqtisodiyotiga o‘tish menejmentni vujudga kelganidan dalolat bergan edi.

Qadimgi Misrda davlat xo‘jaligini boshqarish tajribasi ortti- rildi. O‘sha davrda yetarli darajada davlat boshqaruv apparati va xizmatkorlar safi shakllandi.

Boshqaruvga ilk faoliyat turi deb ta’rif bergan Sokratdir. (470—399-yy. eramizdan avval). U boshqaruvning turli shaklla- rini tahlil qildi. Ular asosida boshqaruvning universal tamoyilini e’lon qildi.



Download 2,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish