Modellashtirish zarurati. Real hayot bilan to'g'ridan-to'g'ri o'zaro munosabatda bo'lish o'rniga model ishlatishni shart qilib qo'yadigan bir necha sabablar mavjud. Ularga ko'pchilik tashkilotlarda vaziyatlarning tabiiy murakkabligi, real hayotda, zarur bo'lganda, ilmiy tajribalarni o'tkazishning imkoni bo'lmasligi va rahbariyatning kelajakka qarashi taalluqlidir.
Murakkablik. Hamma menejment maktablarida bo'lganidek, menejment ilmi real olamning tashkilot muammolarini hal etishda foydali bo'lishiga intiladi. Insonning model yordamida reallik bilan o'zaro munosabatda bo'lganida qobiliyatlarining oshishi g'alati ko'rinishi mumkin. Ammo bu shunday, chunki tashkilotning real hayoti nihoyatda murakkab va muayyan muammoga taalluqli
o'zgaruvchan miqdorlarning faktik soni har bir kishining qobiliyatidan ancha ortiq bo'ladi hamda uni real hayotni modellashtirish yordamida soddalashtirib anglash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |