Mundareja kirish I. Bob. Lydovik XIV davrida fransiyaning ichki siyosati…5



Download 236,77 Kb.
bet2/7
Sana29.04.2023
Hajmi236,77 Kb.
#933456
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mavzu Fransiyada Lyudovik XIV ning ichki va tashqi siyosati Kir-1

Kurs ishining davriy chegarasi XVII asrning 40 – yillaridan to XVIII asr boshlarigacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi.
Kurs ishining vazifasi. Kurs ishi materiallari tarixiylik ilmiy xolislik ob’ektivlik prinsiplari asosida tahlil qilindi. Shuningdek tarixiy qiyosiy taxlil qadriyatlar uyg’unligi kabi tamoyillarga amal qilindi.
Kurs ishining maqsadi. Lyudovik XIV davrida Fransiya ichki va tashqi siyosatinining o’ziga xos tomonlarini yoritib berish.
Mavzuning predmeti. Fransiyaning Lyudovik XIV davrida ichki va tashqi siyosati.
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi Kirish, 1-bob uchta rejadan, 2-bob ikkita rejadan, Xulosa va foydalanilgan adbiyotlar ro’yhatidan 25 betdaniborat.



  1. Bob. LYDOVIK XIV DAVRIDA FRANSIYANING ICHKI SIYOSATI

1.1. Lyudivik XIV ning taxtga o’tirishi va Mazarinining hokimyati
Fransiya monarxiyasining feodallik, dvoryanlik mohiyati xuddi Lyudovik XIV zamonida har qachongidan ko‘ra yaqqolroq namoyon bo‘ldi. Qirol hokimiyati XV-XVII asrlarda kuchaygan bo‘lsa, XVIII asrning oxirlarida qirol xokimiyatiga qarshi inqilob ko‘targan kuchlar burjua qatlamini tashkil qildi. Lyudovik XIII 1643 yilda o‘ldi. Taxt vorisi Lyudovik XIV hali besh yoshga ham to‘lmagan edi. Unga o‘z onasi Anna Avstriyskaya maslahatchi qilib tayinlandi, lekin xaqiqatdan mamlakatni Anna Avstriyskayaning mahbubi, kardinal Rishele o‘rniga birinchi ministrlik lavozimiga tayinlangan italyalik kardinal Mazarini idora qildi.1
Uzoqni ko‘radigan va g‘ayratli davlat arbobi bo‘lgan Mazarini kardinal Rishele siyosatini bevosita davom ettirib, Fransiyani 18 yil xech qanday qiyinchiliksiz idora qildi. Davlat maslaxatchiligi odatda, qirol balog‘atga etmagan davrda ya’ni zodagonlarning, ayniqsa qondosh shaxzodalarning davlat boyliklarini taqsimlashda ko‘prok xissa da’vo qilishi davrida yanada ko‘proq kerak bo‘lardi. O‘ttiz yillik urishda qatnashish va, mamlakat ichidagi qo‘zg‘olonlarni bostirish Fransiyaning moliya zaxiralarini batamom tugatib qo‘ygan edi.2
Saroydagi fitna" ya’ni Mazarinini ishdan olish va Germaniya imperiyasiga qarshi olib borilayotgan urushni to‘xtatish maqsadida, gersog Bofor boshchiligida uyushtirilgan fitna imperiya tomonidan oson bostirildi. Katta amaldorlar vaqtincha tinchishdi. Biroq mamlakatda ancha daxshatli oppozitsiya kuchaymoqda edi. Dehqon-plebeylar Rishele zamonidayoq ayniqsa 1635 yildan boshlab g‘oyat keng tus oldi.
Mazarini 1643-1645 yillarda qo‘zg‘olonlar to‘lqinining kuchayishiga duch keldi. Fransiyaning janubiy-g‘arbiy viloyatlarida, xususan Ruerg viloyatiga, qo‘zg‘olon ko‘targan dehqonlarga qarshi katta-katta harbiy kuchlar yuborishga to‘g‘ri keldi. Xalq qo‘zg‘olonlari feodal-absolyutik tartibni bo‘shashtirib qo‘ydi, lekin muayyan siyosiy rahbar bo‘lmagani uchun bu qo‘zg‘olonlar mag‘lub bo‘lishga mahkum edi. Urushni tamomlash uchun yangidan-yangi daromad qidirib, Mazarini burjuaziyaning, jumladan Parij burjuaziyasining keng doiralarini ham o‘z ehtiyotsizligi bilan oppozitsiyalar lageriga o‘tkazib yubordi. Mazarini lavozimdor shaxslarning huquq va imtiyozlariga dahl qildi va bu bilan absolyutizmni bu shaxslar madadidan mahrum etdi. Faqag "moliyachi" largina ilgarigi vaqtlardagidan yaxshi ravnaq topdi.
Frantsiya monarxiyasining feodallik, dvoryanlik mohiyati xuddi Lyudovik XIV zamonida har qachongidan ko'ra yaqqolroq namoyon bo'ldi. Qirol hokimiyati XV-XVII asrlarda kuchaygan bo'lsa, XVIII asrning oxirlarida qirol xokimiyatiga qarshi inqilob ko'targan kuchlar burjua qatlamini tashkil qildi. Lyudovik XIII 1643 yilda o'ldi. Taxt vorisi Lyudovik XIV hali besh yoshga ham to'lmagan edi. Unga o'z onasi Anna Avstriyskaya maslahatchi qilib tayinlandi, lekin xaqiqatdan mamlakatni Anna Avstriyskayaning mahbubi, kardinal Rishel`e o'rniga birinchi ministrlik lavozimiga tayinlangan ital`yalik kardinal Mazarini idora qildi. Uzoqni ko'radigan va g'ayratli davlat arbobi bo'lgan Mazarini kardinal Rishel`e siyosatini bevosita davom ettirib3.
Frantsiyani 18 yil xech qanday qiyinchiliksiz idora qildi. Davlat maslaxatchiligi odatda, qirol balog'atga yetmagan davrda ya'ni zodagonlarning, ayniqsa qondosh shaxzodalarning davlat boyliklarini taqsimlashda ko'prok xissa da'vo qilishi davrida yanada ko'proq kerak bo'lardi. O'ttiz yillik urishda qatnashish va, mamlakat ichidagi qo'zg'olonlarni bostirish Frantsiyaning moliya zaxiralarini batamom tugatib qo'ygan edi. Saroydagi fitna" ya'ni Mazarinini ishdan olish va Germaniya imperiyasiga qarshi olib borilayotgan urushni to'xtatish maqsadida, gertsog Bofor boshchiligida uyushtirilgan fitna imperiya tomonidan oson bostirildi. Katta amaldorlar vaqtincha tinchishdi. Biroq mamlakatda ancha daxshatli oppozitsiya kuchaymoqda edi. Dehqon-plebeylar Rishel`e zamonidayoq ayniqsa 1635 yildan boshlab g'oyat keng tus oldi. Mazarini 1643-1645 yillarda qo'zg'olonlar to'lqinining kuchayishiga duch keldi. Frantsiyaning janubiy-g'arbiy viloyatlarida, xususan Ruerg viloyatiga, qo'zg'olon ko'targan dehqonlarga qarshi katta-katta harbiy kuchlar yuborishga to'g'ri keldi. Xalq qo'zg'olonlari feodal-absolyutik tartibni bo'shashtirib qo'ydi, lekin muayyan siyosiy rahbar bo'lmagani uchun bu qo'zg'olonlar mag'lub bo'lishga mahkum edi.
Urushni tamomlash uchun yangidan-yangi daromad qidirib, Mazarini burjuaziyaning, jumladan Parij burjuaziyasining keng doiralarini ham o'z ehtiyotsizligi bilan oppozitsiyalar lageriga o'tkazib yubordi. Mazarini lavozimdor shaxslarning huquq va imtiyozlariga dahl qildi va bu bilan absolyutizmni bu shaxslar madadidan mahrum etdi. Faqag "moliyachi" largina ilgarigi vaqtlardagidan yaxshi ravnaq topdi. Fronda shu tarzda (1648-1653) shakllandi. Bu so'zning ma'nosini aslo "bolalar o'yini" emas, ko'pincha uni "bolalar o'yini" deb da'vo qiladilar "Fronda" - "sopqon" demakdir.
Lyudovik XIV tomonidan o'z hukmronligi davrining boshidan oxirigacha olib boriladigan ichki siyosatining asosiy vazifasi dvoryanlarning markazlashgan diktatura o'rnatishga qaratilgan dasturni amalga oshirishdan iborat bo'ldi4.
Birinchidan Mazarini o'lishi bilanoq Lyudovik XIV bundan buyon "o'zimning birinchi ministrim o'zim bo'laman" deb aytdi. Bu quruq gap emas edi. hatto Kol`ber va Luvua kabi eng obro'li kishilarni sekin sotib odmoqchi bo'lgan Lyudovik XIV keyinchalik bu rejadan qaytishga majbur bo'ldi. 1663-1664 yillarda rotyurerblarga 1631 yildan keyin berilgan dvoryanlik unvoni hamda barcha feodallik unvoni huquqlarining qonuniy emasligi joylarda tekshirishdan o'tkazildi. Bu tadbirlar, ayniqsa parlamentni jazolash dastlabki vaqtlarda qirol qo'lidagi hokimiyatni ham kuchaytirdi, lekin bu tadbirlar ham o'zining yomon tomoni bilan qirolning obro'yini tushurdi, chunki dvoryanlar burjuaziyaning' yuqori tabaqalari bilan bog'laydigan aloqa vositalarini zaiflashtirdi. Lyudovik XIV «moliyachilar»ni ham surib chiqardi.
1661 yilda Lyudovik XIV syurendan Nikolay Fukeni kora kursiga bir kancha katta va kichik moliyachi yordamchilar bilan o'tkazib, Bastiliyaga yubordi. Xukm qilinganlarning barcha boyliklari xazina foydasiga tortib olindi. Bundan, tashqari davlatning qarzlari o'zboshimchalik bilan bekor qidindi, davlatiing olgan qarzlari uchun to'lanadigan foizi kamaytirildi. Bu so'nggi tadbirlar, o'z-o'zidan ma'lumki, avval davlatning moliya resurslarini va qudratini juda oshirdi. Lekin pirovard-oqibatda burjuaziyaning davlatga kredit berishni yomonlashtirdi.
Dvoryanlarning kaltabinlik bilan o'tkazgan siyosatining umumiy xususiyatlari, ya'ni Lyudovik XIV absolyutizmning qanday absolitizm ekanligini ko'rsatib beruvchi xususiyatlar ana shulardir5.
Lyudovik XIV hukmronlik kilgan davrining oxirgi davrida bunday siyosat dastlabki vaqtlardagiga qaraganda uncha izchillik bilan olib borilmadi, buning sababi pulga muhtojlikning tobora kuchayib borishi bo'lib, muhtojlik siyosiy printsiplarga qaramay, sinalgan vositalarni ishga solishga, hatto lavozimlarni sotishga majbur etdi. Lyudovik XIV tomonidan o'tkazilgan ichki siyosatga doir eng muhim ishlarning hammasi va tashqi siyosatga doir ishlarning ko'pi Kolberning bevosita qatnashuvi bilan amalga oshirildi.

Download 236,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish