MUNDAREJA KIRISH……………………………………………………………………………3 I.BOB. LYDOVIK XIV DAVRIDA FRANSIYANING ICHKI SIYOSATI…5 1.1. Lyudivik XIV ning taxtga o’tirishi va Mazarinining hokimyati………………5
I.2. “Fronda” harakati ……………………………………………………….……..8
I.3. Kolber va “Kolbertizm”………………………………………………………12
II BOB LYDOVIK XIV ABSOLITUTIZIMI VA TASHQI SIYOSATI……17 2.1. Lyudovik XIV absolutizmi…………………………………………………17
2.2. Lyudovik XIV davrida Fransiyaning tashqi siyosati…………………………20
XULOSA…………………………………………………………………………23 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI………………………….25
KIRISH Mavzuning dolzarbligi: Lyudovik XIV hukmdorlik zamoni dvoryan monarxiyasi tuzumining eng porloq va to’la ifodasi bo’lgan edi. Lyudvik XIV 1643-yilda taxtga o’tirgan bo’lsada, lekin u paytda Lyudovik XIV 5 yoshda edi va tabiiyki davlatni o’zi mustaqil boshqara olmas edi. Parlament regent deb Qirolicha Annani tanladi, lekin amalda davlat ishlari boshida italiyalik Mazarini turar edi. Mazarini va Lyudovik XIV ning qarashlari turlicha bo’lganligi albatta davlat boshqaruvida ham aks etadi, bu esa ularning malakat ichida va tashqarida yuritgan siyosatlarida namoyon bo’ladi. Qirol orqali bu monarxiya yana ravshan mujassam shaklga kirdi. XVII asrning o‘rtalarida Fransiya G‘arbiy Evropaning eng yirik va markazlashgan davlati edi. Bosh vazir kardinal Rishele (1624—1642) davrida absolyutizm mustaxkamlandi. O‘ttiz yillik urushning g‘olibona natijalari Evropada Fransiyaning siyosiy ustunligini ta’minladi.
Mamlakat iqtisodiyoti agrar tavsifiga ega edi axolining 85% qishlokda yashar edi. Sanoatda etakchilik rolini to‘qimachilik tarmog‘i o‘ynar edi. XVII asrda mamlakatda «dastlabki jamg‘arish» jarayonlari davom etardi . Bu erda davlat qarzlari, soliq bosimi, sudxo‘rlik moliyasi katta axamiyatga ega edi. Manufaktura ishlab chiqarilishi asta sekinlik bilan rivojlanishiga qaramasdan feodal munosabatlar mamlakatda ustunlik qilar edi. Dvoryanlar tabaqasida ham ijtimoiy siljishlar ko‘zga tashlanardi. Asilzoda dvoryanlarning («qilich dvoryanlari») katta qismi iqtisodny jixatdan zaiflashardi. SHu paytning o‘zida dvoryanlar tabaqasi savdo— sanoat doiralardan chiqqan dvoryanlar xisobiga kengaymoqda edi. Sanoat, savdo va sudxo‘rlik doiralari siyosiy mustaqillikka intilishmasdi.
1643 yili besh yoshlik Lyudovik XIV Fransiya qiroli bo‘ldi. Lekin faktik jixatdan mamlakatni kardinal Mazarini idora qilardi. Mazarini Rishelening absolyutizmni mustaxkamlash siyosatini davom ettirdi. Xokimiyat almashuvi Rishele davridan to‘planib kelayotgan jamoat noroziligining portlashiga olib keldi.