2.2 O‘zbekiston Respublikasida pul-kredit siyosati instrumentlari orqali amalga oshirilgan operatsiyalar tahlili Markaziy bank: Monetar siyosatning 2019−2021 yillar davriga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari tasdiqlandi
Iqtisodiyotning rivojlanishi ssenariylar asosida ko‘rib chiqildi.
Foto: Bahodir Mamajonov / Markaziy bank
Markaziy banki Boshqaruvining ochiq yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Monetar siyosatning 2019 yil va 2020−2021 yillar davriga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi va tasdiqlandi.
Xabarga ko’ra, yig’ilishda o’rta muddatli istiqbolda pul-kredit siyosatining muhim vazifalari sifatida inflyatsiya darajasini pasaytirish va inflyatsion targetlash rejimiga o‘tish uchun asos yaratish, shu jumladan pul-kredit siyosati instrumentlari va transmission mexanizmlarini rivojlantirish kabi vazifalar belgilab olindi.
Pul-kredit siyosatining asosiy yo‘nalishlari dasturiy hujjat hisoblanib, u joriy makroiqtisodiy holat va tashqi iqtisodiy vaziyat tahlili, shuningdek tashqi va ichki sharoitlarning rivojlanish prognozlari asosida ishlab chiqilgan.
“Mazkur hujjat o‘z ichiga, o‘rta muddatli istiqbolda pul-kredit siyosatining maqsad va tamoyillari, pul-kredit sohasida amalga oshirilgan ishlar tahlili va kutilayotgan natijalar, makroiqtisodiy rivojlanish ssenariylari hamda o‘rta muddatli istiqbolda pul-kredit siyosati instrumentlarini takomillashtirish choralarini qamrab olgan”, deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, avvalgi yillardan farqli ravishda joriy yilda asosiy yo‘nalishlar kelgusi 3 yillik davr uchun ishlab chiqilib, unda iqtisodiyotning rivojlanishi ssenariylar asosida ko‘rib chiqildi.
Asosiy ssenariyga ko‘ra kelgusi yillarda iqtisodiy rivojlanish tendensiyalarining davom etishi va tashqi sharoitlarning sezilarli darajada o‘zgarmasligi hamda soliq sohasida va tarkibiy islohotlar borasida bosqichma-bosqich kutilgan natijalarga erishilib borilishi nazarda tutilgan. Muqobil (xatarli) ssenariyda esa, tashqi iqtisodiy sharoitlarning yomonlashuvi va amalga oshiriladigan tarkibiy islohotlarning sekinlashuvi taxmin qilingan.
Iqtisodiyot rivojlanishining asosiy ssenariysiga asosan YAIM o‘sish sur’ati 2018 yil yakuniga ko‘ra 5,2%, 2019 yilda esa 5,4% bo‘lishi prognoz qilinmoqda. O‘tgan va joriy yillarda investitsion faollikning oshishi hamda iqtisodiyotning real sektorida olib borilayotgan islohotlar natijasida keyingi yillarda iqtisodiyotning o‘sish sur’atlarini yanada tezlashishi kutilmoqda.
Asosiy ssenariyga ko‘ra yillik inflyatsiya darajasining prognoz ko‘rsatkichlari 2018 yilda 16−17%ni, 2019 yilda 13,5−15,5%ni va 2020 yilda 10−12%ni tashkil etadi. 2021 yildan boshlab yillik inflyatsiya darajasi bir xonali ko‘rsatkichgacha pasayishi kutilmoqda.
Shuningdek, asosiy ssenariyda soliq islohotlarining samarali amalga oshirilishi, “byudjet qoidasi"ning amaliyotga joriy etilishi, fiskal va monetar siyosatlarning muvofiqligini takomillashtirilishi hamda iqtisodiyotni kreditlash hajmining o‘sish sur’atlarining maqbullashtirilishi (2019 yilda 25%) ko‘zda tutilgan.
Muqobil ssenariyda esa, tashqi va ichki sharoitlarning yomonlashuvi hamda tarkibiy islohotlarning kutilgan natija bermasligi hisobiga 2019 yilda inflyatsiya darajasining 17−18%gacha o‘sishi kutilmoqda.
Asosiy yo‘nalishlar Boshqaruvning ochiq yig‘ilishida bildirilgan taklif va mulohazalarni inobatga olgan holda to‘ldirilib, to‘liq shakli Markaziy bankning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
Bank tizimidagi likvidlilik holati va uning o’zgarishi foiz stavkalar hamda pul-kredit sharoitlarining shakllanishida eng muhim omillardan biri bo’lib hisoblanadi.
Shu sababli Markaziy bank pul-kredit siyosatini yuritishda, birinchi navbatda, bank tizimidagi likvidlilik o’zgarishi hamda uning shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar tahlil, monitoring va prognoz qilib borilmoqda.
2018 yilning yanvar-oktyabr oylarida bank tizimida likvidlilik holati turli omillar (mavsumiy, monetar, tashqi iqtisodiy, byudjet xarajatlari) ta’sirida shakllanib bordi (3-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |