Ma`lumotlar bazasini kompilyatsiya qilish
Reja:
1.Ma`lumotlar bazasini boshqaruvchi dasturiy ta`minotlar
2. SQL tili, MS SQL SERVER, ORACLE haqida umumiy ma’lumotlar
3. PL/SQL protsedurali dasturlash tilini ishlash mexanizmi va kompilyatsiya qilish
4. Xulosa
5. Foydalanilgan adabiyotlar
O‘tgan asrning 60-yillarida IBM korporatsiyasi NAA (North American Aviation, hozirgi kunda Rockwell International) firmasi bilan birgalikda ierarxik ma’lumotlar modeliga asoslangan birinchi MBBTni ishlab chiqdilar. IMS eng birinchi MBBT bo‘lishiga qaramay, hozirgi kunda ko‘pgina eirik meynfreymlarda ishlatilayotgan ierarxik MBBTning asosi bo‘lib qolmoqda. 1960- yilning yana bir ko‘rinarli yutug‘i General Electric firmasi tomonidan yaratilgan IDS (Integrated Data Store) tizimining paydo bo‘lishi hisoblanadi. Bu tizimning rivojlantirilishi yangi toifadagi ma’lumot bazasini boshqarish – tarmoqli MBBT yaratishga olib keldi. Tarmoqli MBBT ma’lumotlar orasidagi murakkab bog‘lanishlarni modellashtirishga mo‘ljallab yaratilgan. Bunday tizimlarni yaratish birinchi MB standartlarini ishlab chiqishga asos bo‘ldi. Bunday standartlarni yaratish uchun 1965-yil CODASYL (Conference on Data Systems Languages) konferensiyasida ishchi guruh tuzildi.
Ierarxik va tarmoqli ma’lumotlar modeliga asoslangan MBBTlari – MBBTning birinchi avlodi hisoblanadi. Lekin bu modellarga asoslangan tizimlarning asosiy kamchiliklariga quyidagilar kiradi:
• oddiy so‘rovlarni yaratishni bajarish uchun ham murakkab dasturlar yaratish talab etiladi;
• dasturning ma’lumotlardan mustaqilligi, minimal darajadaligi, mavjudligi;
• nazariy asoslarning yo‘qligi.
1970-yil IBM firmasi xodimi E.F. Kodd yuqoridagi kamchiliklarni bartaraf qilish imkonini beradigan ma’lumotlarni relatsion modeli haqidagi maqolasini nashr qildi. Shundan so‘ng shu modelga asoslangan bir qancha MBBT yaratildi.
Shu bilan birga relatsion MBBTda so‘rovlar yaratish uchun strukturalashtirilgan so‘rovlar tili SQL ishlab chiqildi. Keyinchalik bu til (1986-yildan boshlab) barcha relatsion MBBT uchun standart tilga aylandi.
1980-yilga kelib bir nechta relatsion ma’lumotlar bazasining boshqarish tizimlari yaratildi, masalan, DB2 yoki SQL/ DS (IBM korporatsiyasi), Oracle (Oracle korporatsiyasi) va boshqalar.
Ma’lumotlar bazasi bilan ishlaydigan ilovalarning murakkablashib ketayotgani yangi uchinchi avlod MBBT yaratish ehtiyojini vujudga keltirdi. Masalan, bu tizimlar obyektga yo‘naltirilgan ma‘lumotlar bazasiga asoslangan, obyektga yo‘naltirilgan MBBT yoki OY MBBT (Object-Oriented DBMS – OODBMS) va obyektli-relatsion MBBT yoki ОР MBBT (Object-Relational DBMS – ORDBMS) kiradi.
Axborot tizimlarini ishlab chiqishning boshlang‘ich davrlarida ma’lumotlar bilan ishlashning maxsus tillari – so‘rovlar tili yaratilgan. Ular asosan ierarxik bog‘langan fayllar ko‘rinishidagi ma’lumotlar bilan amal bajarishga mo‘ljallangan va ularga mos axborotni qidirish algoritmlariga ega bo‘lgan.
Relatsion ma’lumotlar bazasining paydo bo‘lishi axborotlar qidirishning tezkor algoritmlarini yaratishga asos soldi.
Jadval ko‘rinishida strukturalashgan – ikki o‘lchamli massivdagi axborotlarni qayta ishlash uchun XX asrning 70-yillarida IBM firmasi tomonidan maxsus so‘rovlarning strukturalashgan tili – SQL yaratildi.
Hozirgi kunda SQL tili ma’lumotlarni qayta ishlash tilining xalqaro standarti hisoblanadi. SQL tili ma’lumotlar bazasining boshqarish tili (MBBT) ishlab chiqish uchun ishlatiladigan dasturiy mahsulotlarning yadrosi hisoblanadi.
SQL tili matnga mo‘ljallangan til va shu sababli u bilan ishlashda matn tahririyatining bo‘lishi yetarli. Uning yordami ma’lumotlar baza tuzilishini va baza axborotini yangilashda keng qo‘llaniladi.
MBBTdan foydalanuvchilar va yaratuvchilar orasida hozirgi kunda quyidagi dasturiy mahsulotlar eng ko‘p tarqalgan:
– maxsus dasturlash tillari – Visual FoxPro, SQL, MS SQL Server;
– amaliy dasturiy tizimlar – Microsoft Access, Oracle va boshqalar.
MS SQL Server Microsoft firmasi tomonidan yaratilgan relatsion ma’lumotlar bazasining boshqarish tizimi hisoblanadi. MS SQL Server – bu dasturiy tizim asosan foydalanuvchi ilovalarini ishlab chiqish uchun emas, balki kliyent – server arxitekturasi asosida yaratilgan ko‘p foydalanuvchili ma’lumotlar bazasini boshqarish uchun mo‘ljallangan. Bu tizim ma’lumotlar bazasini boshqarish (ma’lumotlarni ko‘paytirish, ularni parallel qayta ishlash, korxonaning lokal hisoblash tarmog‘ida, internet tarmog‘ida va boshqalar)da ma’lumotlarni uzatish va qabul qilib olish, turli xildagi texnik xarakteristikali apparat vositalariga ega bo‘lgan mijoz kompyuterlari bilan bog‘lanish imkoniyatlarini beradi. SQL Server yetarli katta hajmdagi ma’lumotlarni (terabaytgacha) qayta ishlash uchun mo‘ljallangan. MS SQL SERVER yirik korxonalarning ma’lumot bazalarini boshqarish tizimi hisoblanadi. MS SQL SERVER dastur tizimi alohida xizmatlar servisi to‘plamidan iborat. Ularning har biri mustaqil ishga tushadi va ma’lum doira masalalarini hal qilishga javob beradi.
MS SQL SERVERni bunday amalga oshirish MBBTning operatsion tizimi qismi sifatida ishlashni, o‘zining murojaat huquqini va aynan shu vaqtda kompyuterda ishlayotgan foydalanuvchiga bog‘liq bo‘lmaslik imkoniyatini beradi.
MS SQL SERVERni asosiy so‘rovlar tili T–SQL va ANSI SQL hisoblanadi. Hozirgi kunda MS SQL SERVERning bir necha nashrlari (versiyalari) mavjud. Bu tizimni MS SQL SERVER 2008 R2 va MS SQL SERVER 2012 nashrlari yangi va keng tarqalgan hisoblanadi. MS SQL SERVER keyingi versiyalarida integrallashgan ishlab chiqarish muhitini yaxshilash va rivojlantirish, ma’lumotlarni tanlab olish, almashtirish va yuklash uchun yangi texnologiyalarni qo‘llash, ko‘p o‘lchamli ma’lumot modellarini analitik qayta ishlash vositalari va boshqalar kiritilgan.
Taqsimlangan MBBT Oracle ga 1977-yilda asos solindi. Oracle – (Oracle Database yoki Oracle RDBMS) Oracle kompaniyasi tomonidan yaratilgan obyektli-relatsion ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi hisoblanadi. Oracle ning asosiy xarakteristikalariga uni ishonchliligi, xavfsizligi, yuqori ishlab chiqarish samaradorligi, ishlashda qulayligi kiradi. Bu tizim har xil operatsion tizim platformalari (Linux, Microsoft Windows, Solaris, IBM z/OS, Mac OS X Server va boshqalar) uchun ishlab chiqilgan.
Oracle ning asosiy funksiyalariga nazorat nuqtalarini yaratish, jurnallashtirish, arxivlashtirish va boshqalar kiradi. Bu funksiyalar ma’lumotlarning yaxlitligini, ma’lumotlar bazasini nosoz ishlashdan himoyalash va tiklash, xatoliklarni aniqlash va boshqa masalalarni yechish imkonini beradi. Taqsimlangan MBBT kuchli himoyalanish vositalariga ega. Oracle da asosan foydalanuvchi, klaster, sinonim kabu tushunchalar ishlatiladi.
Oracle ni keng tarqalgan va ishlatilayotgan nashrlariga Oracle 11g Release 2 (2010-y), (Oracle 10g Release 2, (2005-y) kiradi.
Microsoft Access ma’lumotlar bazasini boshqarishning professional dasturi hisoblanadi. U xilma-xil axborotlarni yig‘ish va tartiblash (tizimlashtirish), tanlab olingan mezonga asosan obyektlarni qidirish va tartiblash, ma’lumotlarni kiritish uchun formalar yaratish imkoniyatiga ega. Uning yordamida mavjud yozuvlar asosida juda yaxshi hisobotlar yaratish mumkin.
Oracle ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimida, oracle server bo'lib, unga so'rovlar TNS xizmati orqali keladi. Bu xizmat, tarmoqdagi so'rovlarni qabul qilib, ketma-ketlikda serverga jo'natadi. Kliyent tomonda, xar hil turdagi muhitda yaratilgan kliyent dasturlar bo'lishi mumkin.
Bu rasmda ko'rinib turibdiki, kliyent sifatida,
Do'stlaringiz bilan baham: |