Uchun tipidagi ko’makchilar va nisbiy so’zlar. Uchun o’z asosiy vazifasiga ko’ra obyektni, shuningdek, sabab, maqsad kabi ma’nolarni ifoda etishda ko’maklashsa, tufayli ko’makchisi va sababli, sababdan nisbiy so’zlari sabab ma’nosining ifodalanishiga yordam beradi. Shuni aytish kerakki, uchun tipidagi ko’makchi va nisbiy so’zlar o’z vazifalaridan tashqari, kesim vazifasida ham kela oladi. Masalan, Uning bu harakatlari oilani boqish, turar joy sharoitini yaxshilash, qaynonasiniig bu gaplari esa "Sen tinch-qo’shning tinch" iborasining hayotiy haqiqat ekanligini isbotlash uchun ("Mushtum") gapida boqish, yaxshilash, isbotlash so’zlari uchun ko’makchisi bilan birga kelib, kesim vazifasini bajaradi. Bu gapda boqish, yaxshilash, isbotlash so’zlari kesimning [W] birligiga teng bo’lsa, uchun kesimning [Pm] birligiga teng keladi. Bu gap quyidagi qolipga egadir: (S3-W4) Pmq0-W5}Pm]. Yuqorida keltirilgan gap shaklini biroz o’zgartirib, unga teng bo’lgan uchun birligini tufayli, sababli so’zlari bilan almashtirish mumkin.
Uchun tipidagi [Pm] birliklar kesimning [W] birligi bilan birga kelib, o’zidan keyin hyech narsani talab qilmasligi va har xil modallik farq (ottenka)larining ifodalanishi uchun yuqoridagi so’zlar singari, turli xil qo’shimcha birliklar bilan kela oladi:
...uchun
|
Sh
|
–dir
|
ekan / ekanmikan
|
emish
|
emas / emasmikan
|
bo’lsa kerak
|
bo’lsa kerakdir
|
bo’layotgandir
|
bo’layotganmikan
|
Tufayli, sababli so’zlari ham uchun tipidagi so’zlar bo’lganidan yuqoridagi qo’shimcha so’z, so’z birikmalari bilan qo’llanib, turli xil modallik farq (otgenka)larni ko’rsatadi. Tufayli, sababli so’zlarining yuqorida sanab o’tilgan birliklar bilan qo’llanishi, albatta, aynan bir xil emas. So’zlarning mazmun (semantik) strukturasi, uslub talablariga ko’ra farqli tomonlari bor, chiqish kelishigi qo’shimchasi –dan ning qo’llanishida ham buni ko’rish mumkin.
[Pm] va uning tarkibiy qismlari haqida quyidagilarni bayon etish mumkin. Ma’lumki, bizni qiziqtirgan [Pm] – kesimning “qavsdan tashqariga chiqarilishi” mumkin bo’lgan qismi. Kesimning mana shu [Pm] qismi zamon, mayl, modallik kabilarning ifodalanishiga xizmat qiladi, shuningdek, uslubga ko’ra turli tusga kiradi, ya’ni shaxs-son qo’shimchalari bilan qo’llanadi, so’z va so’zlar birikmasi bilan keladi. Masalan, Bog’ishamol gullari chiroyli va hidi hushbo’y tipidagi sifat kesimli gaplarni quyidagicha turli tusga kiritish mumkin:
chiroyli va hidi xushbo’y
|
–dir
|
edi
|
ekan
|
emish
|
bo’ladi
|
bo’lar ekan
|
Mana shu kabi kesimlarning [W] birligini turli tusga kirituvchi vosita har xil shakldagi [Pm] birligidir. Jadvaldan ko’rinib turibdiki, [Pm] uch xil shaklga ega:
a) so’zga qo’shiluvchi qo’shimcha shakliga;
b) bir so’z shakliga;
v) ko’p so’z shakliga: bo’lar ekan, bo’lar emish...
Yuqorida keltirilgan bu misolda to’liqsiz fe’llarning yolg’iz o’zi [Pm] vazifasida keladi, shu bilan birga, [Rm] ning tarkibiy qismi ham bo’lib keladi. Albatta, bunday qo’llanish o’z-o’zidan bo’lmaydi. To’liqsiz fe’llar birinchi qo’llanishda zamon va modallik kabi tushunchalarni ifodalash bilan belgini xarakterlasa, ikkinchi qo’llanishda belgining belgisini xarakterlaydi.
[Rm]ning tarkibiy qismi yuqoridagidan ham ko’p bo’lishi mumkin. Yuqoriroqda kerak bo’lib qolishi mumkin ekan singari misollar keltirilgan edi. Ushbu misollarda [Rm] ning tarkibi to’rt birlikdan iborat bo’lib, ular quyidagicha: 1) kerak; 2) bo’lib qolishi; 3) mumkin; 4) ekan yoki emish. Bu yerda [Rm] ning birinchi birligi (kerak) o’zidan oldingi so’zga (ko’pincha harakatga) nisbatan modallikni, ikkinchisi birinchisiga, uchinchisi ikkinchisiga, uchinchisi to’rtinchisiga nisbatan modallikni anglatadi. Bunday misollar qancha birlikdan iborat bo’lsa ham, bitta [Pm] hisoblanadi. Ayrim misollarni qiyoslab ko’ramiz: 1. Abajurdan taralgan ko’kish nur uning yuzida tovlanar, xayolga cho’kkan qora ko’zlari Saodatxonga bemalol ko’rinardi (S.Zun.) Bu qurilmada -di qo’shimchasi uyushtirish vazifasini bajarmoqda. Gap shaklini Abajurdan taralgan ko’kish nur uning yuzida tovlanardi, xayolga cho’kkan qora ko’zlari Saodatxonga bemalol ko’rinardi tarzida o’zgartirsak, ikki qism kesimi ham shakllanadi va qo’shma gap hosil bo’ladi. 2. Nazokatning bag’ridan nimadir ko’chgan, nimadir yaraqlab chiqqan, nimadir kalqib ketgandek bo’ldi. (Shuhr.) Bu qurilma o’z tarkibida uchta qismi birlashtirib, uyushtirib kelmoqda. Har bir qism o’zining [W] ci, [Rm] iga ega, umumlashtiruvchi [Pm] -dek bo’ldi ga teng bo’lib, oldingi ikki qismga ham tegishli. Demak, bu qurilmani uyushgan gap shakliga keltirishda [Rm]ning -dek bo’ldi ga teng bo’lishi muhim rol o’ynaydi. 3. Ko’zini ochganda, kechagina xunuk va bevafo ko’ringan olam ajib bir chiroy kashf etgan, yerda yotgan har bir tosh bo’lagi gavharga aylanib, tilga kirgandek bo’lib ko’rindi (Shuhrat) Bu uyushgan gap ikki qismdan iborat, shu qismlarni tarkibida uchta unsur ishtirok etgan birgina [Pm] uyushtirib kelmoqda. Uyushtirish vazifasini bajaruvchi [Pm] bu o’rinda -dek bo’lib ko’rindi ga tengdir.
Tarkibli [Rm]lar bir qarashda so’z birikmalariga o’xshaydi. Aslida esa ulardan farq qiladi: so’z birikmalarida oldingi so’z keyingi so’zga aloqador bo’lsa, tarkibli [Rm] da keyingisi o’zidan oldingi so’z bilan aloqador, ya’ni keyingi so’z oldingi so’zni u yoki bu jihatdan xarakterlaydi. Uyushtiruvchi vosita [Pm] q fe’l. Yuqorida kesimlik affikslari, to’liqsiz fe’llarning [Pm] i vazifasida kelishi ustida to’xtalingan edi. Quyida tuslanuvchi fe’lning shu vazifada kelishi haqida fikr yuritiladi.
Fe’l, yuqorida aytilganidek, vazifa va mazmun doirasi ancha keng bo’lgan murakkab so’z turkumi bo’lib, uning mazmuni hamda birikuvchanligi (valentligi) gapni vujudga keltiradi, uni shakllantiradi. Qurilmalarda gap bo’laklarini uyushtirish, markazlashtirishda ham fe’lning o’rni va roli ko’zga tashlanadi. Bu borada fe’l, asosan ikki xil vazifani bajaradi:
1. Uyushiq bo’laklarni markazlashtiradi.
2. Gaplarni markazlashtiradi.
Birinchisida gapning u yoki bu bo’laklari uyushib keladi. Fe’l kesim esa shu bo’laklarning har biri bilan kela oladi yoki gap oxirida kelib, hammasi uchun umumiy bo’ladi. Mana shu umumiy bo’lak uyushiq bo’laklarni markazlashtiradi. Masalan, Siz hajga ketayotganlar kimlar ekanligini, Haj qilishdan boshqa yana nima maqsadlari borligini, Hajga nima ko’tarib ketayotganlarini inglizlarga shipshitib turing (M.Ism.) Bu gapda shipshitib turing kesimi uchta to’ldiruvchini birlashtirib, uyushtirib kelmoqda. Ikkinchisida fe’l fe’l kesimning bir birligi bo’lib, shu fe’l kesimning [W] birligi uchun umumiy bo’ladi. Bu xil qurilmalarda [W] lap ko’p bo’lib, [Pm] bitta bo’ladi. Shu bitta [Pm] xuddi bitta fe’l kesim uyushiq bo’laklarning hammasi uchun umumiy bo’lganidek (birinchi banddagi), ko’p [W] lap uchun ham umumiy bo’ladi, shu ko’p [W] larni uyushtirib, birlashtirib keladi. Yuqoridagilarga asoslangan holda gapning uch turi kelib chiqadi:
1) ko’p uyushiq bo’lakli-bitta kesimli (Tinchlikni, xalq manfaatini himoya qilish kerak);
2) umumlashtiruvchi (uyushtiruvchi) birliksiz ikki va undan ortiq qurilma (Kitobni seving, chunki u sizga ko’p narsani o’rgatadi);
3) umumlashtiruvchi (uyushtiruvchi) birligi ikki va undan ortiq qurilmali:
a) U Moskvada tug’ilib o’sgan, umrining oxirigacha o’sha yerda yashagan edi:
Do'stlaringiz bilan baham: |