[WPm] kengaytiruvchilari bilan farqlanuvchi uyushgan gaplar. Gap tarkibida [W] o’zining kengaytiruvchilari (birikuvchanlik a’zolari), zaruriy va fakultativ aktantlari bilan ham keladi. Bu kengaytiruvchilarning gap qurilishadagi o’rni masalasi munozarali va mutlaqo o’rganilmagan. Ammo bu kengaytiruvchilarning kesim lug’aviy asosiga aloqadorligi shubhasizdir. Shuning uchun gapning aktual bo’linishida bu kengaytiruvchilarning birinchi qismi tarkibiga qo’shiladi. Mana shu asosda substansional tahlil asoslarida gapning eng kichik qurilish qolipi [WPm] sifatida qabul qilingan, ya’ni [W] ning kengaytiruvchilari eng kichik qolipdan chiqarilgan, aniqrog’i, substansional yondashish asosida bu kengaytiruvchilar [W] ning ma’no xususiyati va sintaktik qobiliyati [W] ning o’zida mujassamlanganligi e’tirof etilgan. Bu kengaytiruvchilar [WPm] ning tarkibiy qismlari ekanligi sababli kichik qurilishi [WPm] bo’lgan sodda gaplarda o’zaro uyushish nafaqat [Pm], sof [W], balki [W] ning kengaytiruvchilari asosida ham sodir bo’lishi mumkin. Misol sifatida ikki gapni bir-biriga arifmetik usul bilan qo’shaylik: Rahim gul oldi Q Salim kitob oldi. Bu quyidagicha ikki hosilani bera oladi:
a) Rahim, Salim gul, kitob oldilar;
b) Rahim gul, Salim kitob oldi(lar):
a) yig’indi mazmuni bilan qo’shiluvchilar – (Rahim gul oldi, Salim kitob oldi) mazmuni orasida keskin farq mavjud;
b) hosila esa mazmunan qo’shiluvchilar mazmuniga tengdir, lekin b) hosilada Rahim gul oldi, Salim kitob oldi sodda gaplarni bir-biriga qo’shish emas, balki bu ikki gapni bir gap tarkibida birlashtirishda gaplardagi umumiy qismlarni qavsdan tashqariga chiqarish amaliyoti bajarilgan; gul ning oldi orqali Rahim ga kitob ning yana o’sha oldi orqali Salim ga aloqadorligi saqlanib qolgan.
Yana boshqa ikki gapni uyushtiraylik:
1.O’rtog’ini ko’rishga kecha Rahim gul olib bordi.
2.O’rtog’ini ko’rishga bugun Salim kitob olib bordi.
Yuqorida zikr etilgan qoida asosida bu ikki gapni qo’shish quyidagi hosilani beradi: O’rtog’ini ko’rishga kecha Rahim gul, Salim bugun kitob olib bordi. Bu gapning qurilish qolipi: HmQ (S1-Hn) (S2-Hn) {HmQ [(S1 – Hn’ – T’), (S2 – Hn2 – T2)]WPm}, ya’ni harakat nomi (kengaytirilgan birikmasi) bilan ifodalangan maqsad holi va olib bordi bilan ifodalangan [WPm] umumiylik sifatida “qavsdan tashqariga chiqarilgan”.
Ba’zi bir uyushgan gaplar tarkibida bir gap bo’lagi bor-u, ikkinchisida yo’q yoki aksi. Yana ba’zi birlarida bir bo’lakning har xil ko’rinishlari uchrashi mumkin. Ayrimlarida esa gap bo’laklari aralash holda keladi. Shu kabi qo’llanishni tekshirish uyushgan gaplar qismlari tarkibining rang-barangligini ko’rsatadi, Quyida bunday qo’llanishni ko’rib o’tamiz:
1) uyushgan gap birinchi qismida to’ldiruvchi qo’llanadi, ikkinchisida esa qo’llanmaydi: Erta yog’ib o’tgan yomg’ir chang va g’uborni yuvib ketgan,daraxtlarning yaproqlari tiniq va toza yedi (H.Naz.):
Do'stlaringiz bilan baham: |