Mumtoz so’Z” 2011 Zamonaviy o’zbek tili: Sintaksis


SB LSQsini tiklash va uning voqelanishi



Download 1,48 Mb.
bet30/141
Sana30.04.2022
Hajmi1,48 Mb.
#598054
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   141
Bog'liq
11. Zamonaviy o'zbek tili. Sintaksis

SB LSQsini tiklash va uning voqelanishi. Boshqa lisoniy hodisa kabi SB LSQlarini tiklash va uning voqelanishi farqlanadi. SB LSQining voqelanishi «lison-nutq» yo‘nalishida bo‘lib, bu yo‘nalish umumiylikdan oraliq ko‘rinish orqali xususiylikka – nutqiy hodisaga qarab boradi. Masalan:


[W→W]


[Wmorfologik vosita→Wmorfologik vosita]


[ Wqaratqich kelishigi→W egalik qo‘shimchasi]


[ ismqaratqich kelishigi→ismegalik qo‘shimchasi]


[ ot qaratqich kelishigi→otegalik qo‘shimchasi]


[ otatoqliqaratqich kelishigi →otturdosh egalik qo‘shimchasi]


Karimning kitobi

Bunda [W-W] umumiy lisoniy sintaktik qolip bo‘lsa, [otatoqliqaratqich kelishigi→otturdoshegalik qo‘shimchasi] – quyi lisoniy sintaktik qolip. Karimning kitobi hosilasi – ana shu LSQ asosidagi nutqiy SBdir.


LSQni tiklash xususiylik (nutqiy hosila)dan oraliq ko‘rinish orqali umumiylik sari boradi va bu jarayon «nutq-lison» yo‘nalishida kechadi. Nutqiy SBning voqelanishida boshlang‘ich nuqta [W→W] qolipi bo‘lsa, uni tiklashda Karimning kitobi kabi nutqiy SBlari asos bo‘lib xizmat qiladi. Bu haqda oldingi bo‘limlarda to‘xtalganmiz.
Yuqorida aytilganidek, o‘zbek tilida so‘z birikmasining 18 ta umumlashmasi – LSQi mavjud bo‘lib, ularni a’zolarining birikuv omillari asosida jadvalda quyidagicha umumlashtirish mumkin (37-jadval).

ShMJ

ShJM

M
37-jadval
ShJ

MJSh

JMSh

JShM

ShMJ

[Wqaratqich kelishigi →Wegalik qo‘shimchasi]

[Wchiqish kelishigi→Wchegara shakli]


[Wchiqish/ jo‘nalish kelishigi →Fe’lmajhul/ aniq nisbat]

[ismkelishik qo‘shimchasi →fe’l]
[ismo‘xshatish →fe’l]
[sifatchiqish kelishigi→sifat]
[otqaratqich kelishigi→sifat]
[fe’lsifatdosh→fe’l]
[sonkelishik qo‘shimchasi →son]

[otkelishik qo‘shimchasi →ot]

[ismo‘xsha-tish→ism]

[fe’lsifat-dosh→ot]

ShJM

MShJ

MJSh






[ism→ot]
[ism→fe’l]
[ravish/olmosh→sifat]


JMSh


[otbosh kelishik→otegalik qo‘shimchasi]


[otmodda→ otaniq]

[otshaxs →otshaxs]

JShM





Quyida har bir riyoziy-mantiqiy katakdagi bittadan LSQning asosiy ko‘rinishi va ma’noviy turlarini tasvirlashga harakat qilamiz.


[Wqaratqich kelishigi→Wegalik qo‘shimchasi]qqaratuvchi-qaralmish. Qolipda a’zolar W belgisi bilan berilgan bo‘lib, bu muayyan so‘z turkumi belgisi emas. Chunki bunda W unsurini to‘ldiruvchi a’zo sifatida turli xil mustaqil so‘z turkumi qatnashishi mumkin. Shuningdek, bu LSQning quyi bo‘linishi uning tegishli so‘z turkumi tomonidan to‘ldirilishi asosida bo‘lib, ular quyidagilar:

  1. [ot qaratqich kelishigi → ot egalik qo‘shimchasi q ot qaratuvchi Q ot qaralmish] (kitobning varag‘i);

  2. [ot qaratqich kelishigi → sifat egalik qo‘shimchasi q ot qaratuvchi Q sifat qaralmish] (daraxtning mo‘rti);

  3. [sifat qaratqich kelishigi → ot egalik qo‘shimchasi q sifat qaratuvchi Q ot qaralmish] ((gulning) qizilining hidi);

  4. [sifat qaratqich kelishigi → sifat egalik qo‘shimchasi q sifat qaratuvchi Q sifat qaralmish] ((olmaning) kattasining chuchugi);

  5. [ot turdosh qaratqich kelishigi → sifat egalik qo‘shimchasi q ot qaratuvchi Q son qaralmish] (gulning bittasi);

  6. [son qaratqich kelishigi → Segalik qo‘shimchasi q son qaratuvchi Q son qaralmish (o‘nning yarmi);

  7. [ot qaratqich kelishigi → harakat nomi egalik qo‘shimchasi q ot qaratuvchiQfe’l qaralmish] (Otabekning qaytishi);

  8. [harakat nomi qaratqich kelishigi → ot egalik qo‘shimchasi q fe’l qaratuvchiQot qaralmish] (uyalishning o‘rni);

  9. [harakat nomi qaratqich kelishigi → harakat nomi egalik qo‘shimchasi q fe’l qaratuvchi Q fe’l qaratuvchi (olmoqning bermog‘i);

  10. [ot qaratqich kelishigi → sifatdosh egalik qo‘shimchasi q ot qaratuvchi Q sifatdosh qaralmish (yurakning to‘xtagani);

11) [sifatdosh qaratqich kelishigi →ot egalik qo‘shimchasi q sifatdosh qaratuvchi Q ot qaralmish] (qo‘rqqanning ko‘zi);

  1. [ot qaratqich kelishigi → ravish egalik qo‘shimchasi q ot qaratuvchi Q ravish qaralmish (mehnatning kecha-kunduzi);

  2. [olmosh qaratqich kelishigi → ot egalik qo‘shimchasi q olmosh qaratuvchi Q ot qaralmish (mening vatanim);

  3. [ravish qaratqich kelishigi → ot egalik qo‘shimchasi q ravish qaratuvchi Q ot qaralmish (hozirning huzuri).

Umumiy [W qaratqich kelishig → W egalik qo‘shimchasi] qolipining bu ko‘rinishlari ham bevosita kuzatishda berilgan, ular o‘zaro a’zolarining qaysi turkumga mansubligi bilan farqlanar ekan, demak, bu farq lug‘aviy mohiyatlar asosidadir.
[W qaratqich kelishigi – W egalik qo‘shimchasi q qaratuvchi -qaralmish qolipi hosilalari turli xil ma’noviy munosabatni namoyon qiladi. Misol sifatida bir-biriga o‘xshash bir nechta nutqiy SB ni qiyoslab ko‘raylik (38- jadval):
38-jadval



SB

Ma’noviy munosabatlar

1
2
3
4
5
6
7
8
9



Halimning qalami
Odamning qo‘li


Ilmning tashabbuskori
Odamning yaxshisi
Uyning tozaligi


Bolaning yig‘lashi


Yashashning zavqi


Urushning asorati


E’tiborsizlikning illati

«Ega-egalik qilinuvchi narsa»


«Butun-qism»

«Narsa-aloqador shaxs»


«Tur-jins»

«Belgi egasi-belgi»


«Subyekt-uning harakati»


«Holat-uning natijasi»
«Jarayon-uning oqibati»
«Sabab-natija»

Bu qatorni yana davom ettirish mumkin. Ko‘rinadiki, SBdan SBga o‘tish bilan ularning ma’noviy munosabati ham farqlanib bormoqda. Ma’noviy munosabatlar orasida aynan o‘xshashlik yo‘q.


Bu leksemalar asosida ko‘plab SB tuzish mumkin va ularning har biri borliqdagi har xil – «atash», «ajratish», «ega-egalik qiluvchi narsa» kabi munosabatlarni aks ettiradi. Bu obyektiv munosabatning qaysi biri voqelanishi esa birikmadagi grammatik qo‘shimcha bilan belgilanadi. Qaratqich kelishigi va egalik qo‘shimchasi Karimning kitobi birikmasida ikki xil ma’noviy munosabatni voqelantiradi: «ega-egalik qilinuvchi narsa» va «muallif-uning asari». Lekin [Wqaratqich kelishigi →W egalik qo‘shimchasi q qaratuvchi – qaralmish] LSQi bu ikki xillikka nisbatan befarq. Chunki bu omonimlikni nutqda yoki lisonda [W qaratqich kelishigi → W egalik qo‘shimchasi] dan quyida maxsus vositalar farqlaydi. Bu vositalar matn (Karim kitob oldi. Karimning kitobi qiziq ekan, yoki Karim kitob yozdi. Karimning kitobi qiziq ekan) yoki SB a’zosining kengayishi (Karimning yozgan kitobi ) kabidan biri yoki bir nechtasi bo‘lishi mumkin.
Demak, ayon bo‘ladiki, yuqoridagi jadvalda keltirilgan SB a’zolari orasidagi ma’noviy munosabat [W qaratqich kelishigi → W egalik qo‘shimchasi] qolipiga daxldor bo‘lmay, balki uni to‘ldirayotgan leksemalar va ular borliqda ataydigan narsa/predmet orasida bo‘ladigan munosabatning aksi bo‘lib, bu munosabat leksemaning miqdoriga muvofiq ravishda rang-barang bo‘lishi mumkin. Masalan, borliqdagi stol va oyoq jismlari orasida «ega-egalik qiluvchi narsa» munosabati bo‘lishi mumkin emas. Shuningdek, bu ma’noviy munosabat qaratqich kelishigi va egalik qo‘shimchasining ma’nosi ham emas. Bu jismlar orasida butun-qism munosabati mavjud, u SBda ham aks etgan. SBdagi turli-tuman ma’noviy munosabat bir qarashda qaratqich kelishigi va egalik qo‘shimchasi ma’nosidek ham tuyuladi. Lekin qaratqich kelishigi tobe so‘zni hokim so‘zga, egalik qo‘shimchasi hokim so‘zni tobe so‘zga bog‘lash uchungina xizmat qiladi, xolos. Unga tegishlidek tuyulgan ma’nolar qolipni to‘ldirayotgan leksemalarning ma’noviy mohiyati bilan bog‘liq bo‘lib, mazkur qo‘shimchalar namoyon qiluvchi vositalardir, xolos.
[ism kelishik qo‘shimchasi → fe’l] qolipi. SBning bu LSQi birinchi uzvi morfologik shakllangan va shuning uchun ShMJ birikuv omiliga ega va ikkinchi qismda grammatik ko‘rsatkich bog‘lanish uchun nisbatan ahamiyatsiz bo‘lganligi bois, birikuv omillarining MShJ kombinatsiyasi amal qiladi.

Qolipning birinchi uzvini ism turkumiga oid so‘zlar to‘ldirib, ular hokim uzvga tushum, jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishiklari shakllari bilan bog‘lanadi. Birinchi uzvi asosida LSQ quyidagi ko‘rinishlarga ega bo‘ladi (39-jadval):

Download 1,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish