U
|
tug’ilib o’sgan
|
Edi
|
yashagan
|
b) Qishloqlarni ko’rdingizmi? Egalari xoru zorlikdan, faqiru haqirlikdan qirilib, uylari yiqilib yotibdi (M.Ism.):
Egalari ... qirilib
|
Yotibdi
|
Uylari yiqilib
|
Mana shu yuqoridagi ikki tur gapni bir qatorga qo’yib bo’lmaydi. Ularning birinchisi sodda, ikkinchisi qo’shma gap deyilsa, uchinchisini – a) banddagisini, yuqorida aytilganidek, uyushiq kesimli sodda gap, b) banddagisini esa, uyushgan gap deyish mumkin.
Fe’l uyushtiruvchi vosita [Pm] sifatida ko’p qo’llanadi. U ikki, uch, to’rt, o’rniga qarab, undan ko’p kesimlar [W] ni birlashtirib, uyushtirib keladi. Bu vazifada, ko’pincha, harakat-holat, nutq fe’llari qo’llanadi. Harakat-holat fe’llarining ba’zilari o’z asl ma’nosidan uzoqlashib, ko’makchi fe’l holiga kelib qolgan bo’ladi. Bunday fe’llarga, asosan, ketmoq, bo’lmoq, tashlamoq, kelmoq ... kabilar kiradi. Misollar: 1. Ketmoq fe’li: Vatanni himoya qilishda, muqaddas ishda butun mamlakat do’stlashib, hammasi inoqlashib ketdi (“O’zbek xalqining jangchilariga ularning el-yurtlaridan maktub” Bundan keyin “Maktub” deyiladi). 2. Bo’lmoq fe’li: 1. Dushmanlar mehr bilan qurgan kanallarimizni qon daryolariga aylantirmoqchi, ular Buxorodagi mang’it amirlarining, Qo’qon va Xivadagi qonxo’r xonlardagi davridan ham battar bir davrni qaytarib keltirmoqchi bo’ladi (“Maktub”dan). 2. Nogahon biz yotgan qir qattik silkinganday,qayerdadir oldinda katta qoya ag’darilib yiqilganday bo’ldi (O.Yoq.). Alpomish-u Rustamlar sizga yor va Ravshanbek, Avazxonlar madadkor bo’lsin (“Maktub” dan). Bo’lmoq fe’lining inkor shakli ham qavsdan tashqariga chiqarilishi, uyushgan gap hosil qilishi mumkin: Suvsiz hayot bo’lmas, mehnatsiz rohat (Maqol). Gul tikansiz bo’lmas, dur-sadafsiz (Maqol). 3. Chiqmoq fe’li: ... ba’zilari negadir yaqindagi bog’larga yashirinmay, boloxona va somonxonalarga bekinishib, tong otguncha izlashib, ba’zilari quvlashib chiqishardi. (O.Yoq.) Ziyofatga kelganlardan ayrimlari shoshib, ba’zilari esa erinmay, sekin-asta chiqishardi (Gazetadan). 4. Yotmoq fe’li: Urushdan avval bunday paytlarda ustalar va hasharchilar to’lib ketadigan katta hovli bo’m-bo’sh, ro’parama-ro’para urilgan ikkita katta bino huvillab yotardi (O.Yoq.). Kim biladi, u turishga darmoni yetmay, tiq etsa, eshikka termilib, hamrohu esa majolsiz yotibdimi? (Shuhr.) 5. O’tmoq fe’li: Savr oyining bulutlari havoda o’kirib, sellar quyib o’tdi (Oyb.) Bu xato sendan, oldingisi, to’g’ri, dugonangdan o’tgan edi (“Sharq yulduzi”). 6. Yutmoq fe’li: Suvga tushganda baliq bo’lgan, o’rmonga kirganda sher bo’lgan yumadu (Shuhr.). Akasi har doim shaxmatda yutadi, singlisi – shashkada... (Gazetadan). 7. Bajarmoq fe’li: Bunaqa mardlikni pokiza yigit, yuragida o’ti bor, labzi halol yigit bajaradi (Shuhr.) “Mehnat” komandasining vakili birinchi shartni, bizning komandamizdan Sevara ikkinchi shartni bajardilar. 8. Boshlamoq fe’li: Endi tevaragidagi go’zallikni fark kila, singlisi unga xavaslana boshladi. (M.Ism.) 9. Qo’ymoq fe’li: Bunisi kuzni ko’r kilib, unisi kuloqni garang qilib qo’yadi (Shuhr.). 10. Yurmoq fe’li: U mazza qilib o’qib, ukasi ishlab yuribdi. Salim zavodda ishlab, Qodir universitetda o’qib yuribdi (Gazetadan). U Dilshodning "Sadoi Farg’ona" gazetasida goh-goh bosilib qoladigan she’rlarini o’qib, ta’bi tirriq bo’lib yurardi (M.Ism.). 11. Qolmoq fe’li: Boy ota javob topolmay,Eshonxon qizarib, duduqlanib koldi (Oyb.) Hammamiz ham shunaqa deymiz-u, o’zimizga kelganda qo’sh surnay buyurib, hammamiz import mebel qidirib qolamiz.
Shuni aytish kerakki, [Pm] qavsdan tashqariga chiqarilib, bir necha kesimlarni uyushtirganda, ohang muhim rol o’ynaydi. Kesimlarning biri tez, biri ikkinchisiga bog’liq ravishda talaffuz etilsa, tabiiy, ularning (kesimlarning) soni kamayadi, yani kesimlardan biri holga o’tadi, Odatda, bunday hol bir xil [Pm] bilan shakllangan kesimlarda bo’ladi. Boy ota javob topolmay, Eshonxon qizarib, holda duduqlanib qoldi gapini ikki qismdan iborat desak, uni quyidagicha o’zgartirish mumkin: Boy ota javob topolmay, Eshonxon qizargan holda duduqlanib koldi. Birinchi kesimni (javob topolmay) bu tarzda o’zgartirshp mumkin emas. Agar birinchi kesimni javob topolmadi, oxirgisini duduqlandi deb o’zgartirsak, gapning shakli quyidagicha bo’ladi va qurilmaning mazmuniga ta’sir qilmaydi: Boy ota javob topolmaydi, Eshonxon qizarib duduqlandi kabi. Bunda qizarib ravish holi vazifasini bajarardi. Qizarib bo’lagidan keyin pauza bo’lmasa (yozuvda vergul qo’yilmasa), qurilmada koldi kesimi qavsdan tashqariga chiqarilib, ikki qismni uyushtirib keladi: Boy ota javob topolmay, Eshonxon qizarib duduqlanib holdi. Bu qurilmani Boy ota javob topolmay koldi, Eshonxon kizari, duduqlanib qoldi tarzida ham keltirish mumkin. Bunday vaqtda qo’shma gap hosil bo’ladi. 12. Bormoq fe’li: Yo’l bo’yi Nodira kitob o’qib, Noila, ertak aytib bordi ("Yoshlik"). 13. Chaqirmoq fe’li: Katta akam meni indamay qarab turmaslikka, kichik akam sabr-toqat qilishga chaqirdi. Bu qurilmada chaqirdi fe’li ikki qismni uyushtirib kelmoqda. Shu qismlarning to’ldiruvchilari bir xil grammatik shaklda kelishi va shunda ham qavsdan tashqariga chiqariladigan so’z bilan birgalikda yaxlit bir hosilani vujudga keltirishi tabiiy. Chunonchi, qarab turmaslikka bo’lagi o’rnida so’zimdan kaytmaslikka, hayiqmaslikka, ko’rqmaslikka kabi bir necha xil so’zlarni qo’llash mumkin. Chaqirdi kesimi o’rnida esa undadi fe’lini ishlatsa bo’ladi. Demak, uyushgan gap qismlarini uyushtiruvchi birliklarni, garchi ular butun so’z sifatida (bu o’rinda fe’l) “qavsdan tashqari”ga chiqarilsa ham, ularning o’xshash (analogik) ko’rinishi (variant)lari bilan almashtirish qurilmaning mazmuniga deyarli putur yetkazmaydi. 14. Demoq fe’li: Onasi o’qisin, otasi ishlasin dedi. Omon – joning bor, o’sha karab turdi dedi (M.Ism.) 15. Bermoq fe’li: Birni birov beradi, ko’pni mehnat (Maqol). U menga kitob, Salima unga qalam berdi. 16. Gapirmoq fe’li: Do’st achitib, dushman kuldirib gapirar (Maqol). Rahima "Graf Monte Kristo" haqida, o’rtog’i kurgan kinosi haqida gapirar. Ikkinchi misolda esa vositali to’ldiruvchi yonida turgan kesim o’zi qavsdan tashqariga chiqariladi, Bu kesim har ikkala qism to’ldiruvchisidan so’ng qo’llansa, qurilma uyushgan gap holidan chiqib, qo’shma gapga aylanadi. Gapning kichik qurilish qolipi – [{(S1 – H1 )(S2–H2)}WRm]. Ma’lum bo’ladiki, [Rm] ning tarkibiy qismi bir xil va har xil bo’lishi mumkin. Shu bilan birga, uning qurilmadagi joylashish o’rni ham har xil bo’lishi ko’zga tashlanadi. Bunda, asosan, ikki holat aniqlanadi:
1) qavsdan tashqariga chiqariladigan [Pm] to’liqsiz fe’l bilan ifodalangan bo’lsa, ko’pincha, qurilmaning, oxirida kelib, uyushgan gap qismlarini umumlashtirishga xizmat qiladi;
2) agar qavsdan tashqariga [WPm] chiqarilsa;
a) qurilmaning oxirida;
b) maqollar tarkibida qo’llangan bo’lsa, birinchi qismdan so’ng kelib, keyingi qismlarni ham uyushtirishga xizmat qiladi.
Ma’lum bo’ladiki, yuqoridagi kabi qurilmalarda [W], asosan, sifatdosh bilan ifodalanadi. Uning ravishdosh yoki boshqa so’z bilan ifodalanishi kamroq uchraydi. Shuningdek, [Rm] nutq fe’llari bilan ham kam ifodalanadi. Umuman, [Pm] vazifasida qaysi fe’llarning ko’p, qaysilarining kam qo’llanishi, qaysilari bu vazifada kelmasligi sabablarini aniqlash galdagi vazifalardandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |