Mumkin so’zi. Bu so’z, aniqki, biror harakat-holat, biror voqyea-hodisaning yuz berishi–bermasligi haqida imkoniyat bor-yo’qligini ko’rsatadi. So’zlovchi yoki yozuvchining voqyelikka munosabatini, moddallikni anglatadi. Bu so’zning inkor shakli emas to’liqsiz fe’li orqali beriladi.
Mumkin so’zi va uning inkor shakli (mumkin emas va shuningdek, modallikni ko’rsatuvchi boshqa birliklar ham) qurilmada eng oxirgi kesim (oxirgi predikativ birlik) bilan birga kelib, uyushgan gaplarni hosil qiladi. Masalan, ... juda zarur bo’lsa, u telegramma yuborishi mumkin yoki singlisi telefonda gaplashishi mumkin gapi qo’shma gap bo’lsa, ... juda zarur bo’lsa, u telefonda gaplashishi yoki singlisi telegramma yuborishi mumkin. ("Saodat") gapi uyushgan gapdir. Birinchi gapning eng kichik qolipi – [... WPmRWPm]. Ikkinchi gapning qolipi – [{(S1–W1), (S2–W2)}Pm]. Ikkinchi gap uyushgan va ikki qismdan iborat. Birinchi qismi kesimining [W1] birligi yuborishi bo’lsa, ikkinchi qismi kesimning [W2] gaplashishi birligidir. Qurilmaniig mumkin birligi, ya’ni kesimning [Pm] qismi har ikkala [W] ga ham tegishli bo’lib, ularning vazifasi jihatdan bir planda turishini ko’rsatadi.
Mumkin so’zining o’zi modallikni ifodalaydi. Bu so’z modallikning yanada nozik farq (otgenka) larini aks ettirish uchun bir qancha birliklar bilan qo’llanadi. Bu, asosan, quyidagicha:
...mumkin
|
-dir
|
Sh
|
Edi
Ekan
|
Emish
|
Bo’ladi
|
Bo’lmaydi
|
...mumkin
|
bo’lmaydi
|
bo’lar
|
bo’larmikan
|
bo’lar ekan
bo’lar emish
|
bo’lmasa kerak
|
Bundan ko’rinadiki, qurilma mumkin birligining bir o’zi, shu bilan birga, o’rniga qarab, mumkin birligi chiziq orqali ko’rsatilgan birliklarning har biri bilan kelib, qavsdan tashqariga chiqariladi va [Pm] vasifasini bajaradi.
Kerak so’zi. Bu ham modal so’z bo’lib, biror harakat-holat, voqyea-hodisaning yuz berish-bermasligi haqida kishilarning munosabatini ifodalaydi. Kerak so’zining ham inkor shakli emas to’liqsiz fe’li orqali ifodalanadi. Kerak so’zi biror voqyeaning yuz berish-bermasligini istab, qat’iylik bilan bayon qilish, ifoda etishni anglatadi. Bu so’z ma’no farqi bilan sal farq qilgan holda lozim, darkor, zarur so’zlari bilan, o’rniga qarab, sinonimik qator hosil qiladi. Lekin lozim, darkor, zarur so’zlariga qaraganda kerak so’zi unumliroq ishlatiladi.
Kerak so’zi ham, xuddi mumkin so’zidek, takrorlanib, gapning yoki qo’shma gapning eng keyingi qismi bilan kelib, uyushgan gaplar hosil qiladi: Fashistning qo’liga tikan tashlash, tomog’iga qiltanoq bo’lib qadaliish kerak (Shuhr.) Xalq umid uzmasligi, sud kunini yaxshi niyatlar bilan kutishi, u sudga insof so’rashi kerak (Shuhr.)
Kerak so’zi ham, xuddi mumkin so’zidek, harakat nomlari bilan qo’llanadi. Shuni ham aytish kerakki, kerak so’zi ba’zan ot bilan, o’rniga qarab, ot va harakat nomi bilan aralash holda ham kela oladi: Menga kitob, ukamga yelim kerak.
Kerak so’zi modallikning nozik farq (ottenka)larini ifodalash uchun har xil birliklar bilan qo’llanadi. Bu quyidagicha:
...kerak
|
dir
yedi
ekan
emish
emas
bo’ladi
bo’lar
bo’lib qolar emish
|
Kerak so’zining sinonimlari bo’lgan zarur, lozim, darkor so’zlari ham yuqoridagi shakllarda qo’llanib, turli xil farq (ottenka)larni ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |