Uyushgan gaplarda bir tarkibli gaplarning qo’llanishi. [1WPm] larning hosilalari nutqda o’z egasiga ega bo’la olmaydi va gapning egasiga ehtiyoj qolmaydi. Shuning uchun [1WPm] larning kesimi ixtisoslashgan maxsus shakl bilan ifodalanishi mumkin. Mana shu ixtisoslashgan maxsus shakllardan ayrimlari yordamida hosil bo’lgan [1WPm]lap ba’zan uyushgan gaplar qismlari sifatida keladi. Shulardan ayrimlarini ko’rib o’tamiz: Juda zarur bo’lsa, telefonda gaplashish, telegramma yuborish mumkin. (P.Turs.) gapi tuzilishi jihatdan murakkab bo’lib, uning keyingi ikki qismi uyushgan gapni hosil qiladi. Ikki qismni uyushtirishda mumkin so’zining xizmati bor. Bu so’zni telefonda gaplashish qismidan keyin ham qo’llash mumkin, shunda gapning shakli o’zgarib, uch qismdan iborat bo’lgan qo’shma gap vujudga keladi: Juda zarur bo’lsa, telefonda gaplashish mumkin, telegramma yuborish mumkin kabi. Fashist yo’liga tikan tashlash, tomog’iga qiltanoq bo’lib qadalish kerak (Shuhr.) misoli esa ikki qismdan iborat bo’lib, kerak so’zi orqali uyushtirilmoqda. Bu qurilmada kerak so’zi “qavsdan tashqariga” chiqariladi.
Xuddi shu holni U kishini ko’rsa, u kishi bilan gaplashsa bo’ladimi? tipidagi gaplarda ham ko’ramiz. Qurilmada qo’llangan bo’ladimi birligi har ikki qismga tegishli bo’lib, uyushgan gapni hosil qilishga xizmat qilmoqda. Yuqorida qo’llangan qurilmalar ikki tarkibli uyushgan gaplardan farq qiladi. Ikki tarkibli gaplardan tashkil topgan uyushgan gaplarda “qavsdan tashqari”ga chiqariladigan birlikning qo’llanish o’rni muhim emas, uni xohlagan qismdan keyin qo’llasa bo’ladi. Bir tarkibli.uyushgan gaplarda “qavsdan tashqari”ga chiqariladigan birlikning qo’llanish o’rni muhim, u odatda, keyingi qismdan keyin ishlatilishi ma’qul, chunki shunda ham u har ikki qismni uyushtirib keluvchi muhim vosita sanaladi. Shunisi qiziqki, ko’proq ikki qismi ham bir tarkibli bo’lgan gaplar uyushib keladi, bir qismi ikki tarkibli, ikkinchisi bir tarkibli gaplardan iborat uyushgan gaplar nihoyatda kam qo’llanadi.
Demak:
Birinchidan, tabiiyki, bizning talqinimizdagi uyushgan gaplar an’anaviy sintaksisdagi uyushik gaplardan tubdan farq qiladi. Uyushgan gaplarning o’ziga xos xususiyatlari va uyushiq kesimli sodda gaplar hamda qo’shma gaplardan farqli tomonlari mavjud. Uyushgan gaplarning sodda va qo’shma gaplar o’rtasida turgan bir hosila ekanligi, bularning o’xshash va farqli tomonlarga egaligi, ularni sodda va qo’shma gap orasida turgan “oraliq uchinchi” o’rnini egallashini ko’rsatadi.
Ikkkinchidan, uyushgan gaplarni hosil qilishda uyushtiruvchi vosita juda muhim mavqyega ega. Ishda mana shu vosita [Pm] birlashtiruvchi kesimlarning grammatik shakllari, asosan, quyidagicha ko’rinishlarga ega:
1) barcha kesimlar bir xil shaklda bo’ladi:
a) ... [W1] Q -gan, … [W2] Q -gan
b) ... [W1] Q -ganda, … [W2] Q -ganda
v) ... [W1] Q -ganday, … [W2] Q -ganday [Pm]
g) ... [W1] Q -(a)r, … [W2] Q -(a)r
d) ... [W1] Q -sa, … [W2] Q -sa
ye) ... [W1] Q -ib, … [W2] Q -ib
2) kesimlarning grammatik shakli har xil bo’ladi:
a) ... [W1] Q -gan, … [W2] Q -(a)r
g) ... [W1] Q -(a)r, … [W2] Q -mas [Pm]
d) ... [W1] Q -mas, … [W2] Q -gan
ye) ... [W1] Q -(i)b, … [W2] Q -(a)r
Birinchi va ikkinchi punktlarda ko’rsatilgan grammatik shakllarning har biri [W] fe’l bilan ifodalanganini ko’rsatib turibdi. Dalillar yana shuni ko’rsatdiki, [W] keng ma’noda ot turkumiga kirishi, ya’ni ot bilan ifodalanishi, chunonchi:
a) ... [W1] q ot, … [W2] q ot
g) ... [W1] q sifat, … [W2] q sifat [Pm]
d) ... [W1] q son, … [W2] q son
ye) ... [W1] q ot, … [W2] q fe’l
shakllari aralash holda qo’llanadi.
a) ... [W1] q ot, … [W2] Q -gan
g) ... [W1] q sifat, … [W2] Q -gan [Pm]
d) ... [W1] q sifat, … [W2] Q -(a)r
Uchinchidan, [W] ning grammatik shakli rang-barang bo’lganidek, [Rm] ning ham ko’rinishlari ko’p. Masalan, unga kesimlik affikslari, o’z leksik ma’nosidan uzoqlashgan fe’llar (ma’lum ma’nosi bilan kelgan), to’liqsiz fe’llar, ba’zi bir otlarni, o’rni bilan ba’zi bir yuklamalarni ham (-mi) kiritish mumkin.
[Pm] ko’pincha, bir birlikdan, ba’zan ikki, uch birlikdan iborat bo’ladi. Uning bir birlikdan iborat bo’lgani ko’p, ikki birlikdan iborat bo’lgani undan kamroq. Shunday qilib, birliklar ko’payishi bilan qo’llanish doirasi kamaya boradi.
Uyushiq kesimli sodda gap, uyushgan gap va qo’shma gaplarning o’ziga xos xususiyatlari quyidagi jadvalda umumlashtirilgan:
Uyushiq kesimli sodda gaplar
|
Uyushgan gaplar
|
Qo’shma gaplar
|
1.Bir yoki bir necha uyushgan ega mavjud.
|
1.Bir necha uyushmagan ega mavjud.
|
1.Bir yoki bir necha ega mavjud.
|
2.Kesimning bir necha lug’aviy asosi mavjud.
|
2.Kesimning bir yoki bir necha lug’aviy asosi bo’la oladi.
|
2.Bir necha kesim mavjud.
|
3.Bitta umumiy kesimlik ko’rsatkichi mavjud.
|
3.Bitta umumiy kesimlik ko’rsatkichi mavjud.
|
3.Har bir kesim o’z kesimlik ko’rsat-kichi bilan shakllangan bo’ladi.
|
Qolipi:
[{S(W1W2) *n}] Pm
|
Qolipi:
[{(S–W1), (S2-W2)-n} Pm]
|
Qolipi:
[(WPm QWPm) *n]
|
Do'stlaringiz bilan baham: |