302-guruh talabasi Abduqayumova Maftuna
Mavzu: Otlarda birlik va ko‘plik
Sinf: 3-sinf
Dars: ona tili
Darsning maqsadi:
1-topshiriq javobi
A)Ta‘limiy: o'quvchilarni ot haqidagi mavjud bilimlarini ko‘paytirish, birlikdagi va ko‘plikdagi otlarni bir-biridan ajrata olishga o‘rgatish.
B)Tarbiyaviy: tabiatni kuzatish va asrashga o'rgatish, bolalarga do‘stlik haqida ko‘proq ma‘lumot berish.
D)Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning og‘zaki nutqini rivojlantirish va ularning bog‘lanishli nutqini o‘stirish.
Darsning turi:yangi bilim beruvchi, mustahkamlash.
Darsning metodi: muammoli,ta‘limiy diktant,test.
Darsning jihozi: tez aytishlar yozilgan tarqatma materiallar,test savollari
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
Salom aziz bolalar
Ko’zi munchoq gul-lolalar
Kunimizni aniqlang
Menga hisobot bering
II. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash:
O‘tilgan darsda biz sizlar bilan ot mavzusini mustahkamlash darsini o‘tgan edik
Endi ushbu mavzuni mustahkamlash maqsadida ikki nafar o‘quvchi sinf doskasiga chiqadilar va 1-o‘quvchi kim so‘rog‘iga javob bo‘luvchi otlarni va 2-o‘quvchi nima so‘rog‘iga javob bo‘luvchi otlarni yozadilar.
Qolgan o‘quvchilar ham daftarlariga 10 tadan misol yozadilar.
2-topshiriq javobi
III.Yangi mavzu bayoni
Bugun biz o‘tadigan mavzu: "Otlarda birlik va ko‘plik "mavzusi
Bolalar biz sizlar bilan Ot mavzusini yaxshilab o‘rganib oldik endi esa otlardagi birlik va ko‘plik shakllarini ko‘rib chiqamiz.
O‘qituvchi buni sinf doskasiga ilingan raam orqali tushuntirib beradi.
Bolalar ko‘rib turibsizlar birinchi rasmda 1 dona gul tasvirlangan demak bunda biz birlikdagi ot deb ayta olamiz.
Ikkinchi rasmda esa gulning yoniga yana 2 ta gul qo‘shilgan. Biz endi uni birlikdagi ot deb ayta olmaymiz chunki u bittadan ortiq. Bundan kelib chiqadiki bittadan ortiq narsalar ko‘plikdagi otlar deb aytiladi.
3-topshiriq javobi
IV.O‘tilgan mavzuni mustahkamlash
Darslikda berilgan 231-mashqqa qaraymiz
Namuna asosida o‘quvchilar mashqni bajaradilar
Birinchi ustunga birlikdagi otlar
Ikkinchi ustunga ko‘plikdagi otlar yoziladi
4-topshiriq javobi
232-mashq sinf doskasida bajariladi
Bunda Zinapoya o‘yinidan foydalaniladi.
Doskaga zinapoya chiziladi .
‘
Bog‘
Bog‘bon
Dala
Dehqon
Zinapoyaning narigi tomoniga birlikdagi otlarni ko‘plik shakllarini yozishadi.
5-topshiriq javobi
Keyin o‘tilgan mavzuni mustahkamlash maqsadida test ishlanadi. Har bir guruhga 3 tadan test beriladi. Testni birinchi yechgan jamoa g‘olib bo‘ladi.
1.Birlikda berilgan otlarni belgilang.
A.it,mushuk
B.buzoq,echkilar
D.oy,yulduzlar
2.Ko‘plikda berilgan otlarni belgilang.
A.ruchkalar
B.daftar
D.kitob
3.Kundalik so‘zi qanday shaklda berilgan.
A.birlikda
B.ko‘plikda
6-topshiriq javobi
Keyin o‘tilgan mavzuni mustahkamlash maqsadida tarqatma savollardan foydalaniladi. Har bir o‘quvchiga birlikdagi va ko‘plikdagi otlar aralash yozilgan qog‘ozlar tarqatiladi.
Masalan
Otlarni birlikdagiva ko‘plikdagi otlarga ajratib yozing
Mushuk, kuchuk,qo‘zichoqlar,echki,tuyalar,buzoqlar.
7-topshiriq javobi
O‘quvchilarning husnihatlarini rivojlantirish maqsadida husnixat daqiqiasi da ta‘limiy diktant o‘tkaziladi
Husnixat mashqlari shiori:
Chiroylidir yozuvim,
Ko'rsam kelar havasim.
Husnixat uchun material.
Ta‘limiy diktant olinadi.
8-topshiriq javobi
V.Darsni yakunlash
Otlardagi birlik va ko‘plik mavzusi yuzasidan o‘quvchilar bilib olgan ma‘lumotlar yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi
1.Birlikdagi ot deganda nimani tushunasiz?
2.Ko‘plikdagi ot deganda nimani tushunasiz?
3. Birlikdagi otlarga misol keltiring.
4. Ko‘plikdagi otlarga misol keltiring.
Savol javobdan so‘ng mavzu yuzasidan umumiy xulosa chiqariladi.
9-topshiriq javobi
Faol o’quvchilar baholanadilar.
VI. Uyga vazifa:
233-mashq uyga vazifa qilib beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |