Mumtoz so’Z” 2011 Zamonaviy o’zbek tili: Sintaksis


[WP] qurilishli yig’iq gaplar



Download 1,48 Mb.
bet52/141
Sana30.04.2022
Hajmi1,48 Mb.
#598054
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   141
Bog'liq
11. Zamonaviy o'zbek tili. Sintaksis

[WP] qurilishli yig’iq gaplar. O’zbek tilshunosligida gapning eng kichik qurilish qolipi [WPm] sifatida talqin etilgach, ba’zi o’rinlarda ziddiyatli, izohtalab nuqtalar ham vujudga keldi. Chunki tilimizda shunday so’zlar borki, ular o’zining alohida belgilari bilan mustaqil so’zlardan ham, yordamchi so’zlardan ham, sodda yoki qo’shma gaplardan ham farq qiladi. Bu so’zlar – bo’laklarga ajralmaydigan gap yoki so’z-gapdir.
So’z-gap mustaqil grammatik hodisa bo’lib, o’zbek tilshunosligida ular turli xil atamalar bilan talqin etilgan.
Tilshunos olim, professor A.G’ulomov so’z-gaplarni “undash gaplar” sifatida e’tirof etsa2, M.Mirzayev, S.Usmonov, I.Rasulovlar o’zlarining “O’zbek tili” darsliklarida so’z-gaplarni “bo’laklarga bo’linmas gaplar” tarzida talqin etadilar3.
O’zbek tilidagi so’z-gaplar mohiyatan gap maqomidaligi, gapning boshqa markaziy va kengaytiruvchi qismlari bilan faqat mazmunangina bog’lanishi, o’z kommunikativ vazifasini kesimlik kategoriyasi shakllarisiz namoyon qilishi, semantik strukturasining odatiy gaplardan keskin farqlanishi bilan ajralib turadi.4 Masalan, Boysun yo’lidan borganmisiz? – Yo’q. Bormaganman. Bu so’roq gapning javobi ikki gapdan iborat. Ulardan birining kesimi bormaganman so’zi bilan ifodalangan bo’lib, rang-barang kesimlik shakllariga ega bo’la oladi (bormaganman, bormagansan; bormagan edim, bormagan eding; bormagan bo’lsangiz va h.k.) Yo’q so’zi esa yakka o’zi gap bo’lib kelyapti va kesimlik shakllariga ega emasligi, ya’ni kesimlik ko’rsatkichlarini qabul qilmaganligi bilan ajralib turadi. “So’z-gaplar shunday so’zlarki, gap vazifasida qo’llanish, ularning lug’aviy, ichki ma’nosidan o’rin olgan va ular boshqa so’zlar kabi kesimlik shakli qo’shimchalariga muhtoj emas. Lekin qo’llanishda so’z-gaplar ohang, matn bilan bog’liq bo’ladi»1. “Maxsus ohang bilan talaffuz qilinadigan, ammo biror hukm yoki mavjudlik ifodalamagan so’z va so’z birikmalari atov gap bo’la olmaydi. Ular so’z-gapni tashkil etadi... Bunday gaplar tobe yoki hokim bo’laklarni talab ham etmaydi, ularda biror bo’lakning “yashiringani” ham sezilmaydi. Ular aytib o’tilgan fikrga modal munosabatni ifodalaydi”2.
So’z-gaplarning qo’llanish doirasi ancha tor va xususiyatlari ziddiyatli bo’lgani uchun ularning tadqiqi va tatbiqi doim «keyin»ga ko’chirib kelingan.
XX asrning 90-yillaridan boshlab o’zbek tilshunosligida so’z-gaplar atroflicha o’rganila boshlandi.
Tilshunos olim G’.Abdurahmonov so’z-gaplar haqida alohida to’xtalib, ularni ma’no va vazifasiga ko’ra besh guruhga:
1.Tasdiq bildiruvchi so’z-gaplar.
2. Inkor so’z-gaplar.
3. So’roq so’z-gaplar.
4. His-tuyg’u so’z-gaplar.
5. Modal so’z-gaplar3ga bo’lsa, R.Bobokalonov ularni to’rt guruhga bo’ladi:

  1. Modallar.

  2. Undovlar.

  3. Tasdiq-inkorlar.

  4. Taklif-xitoblar4.

Bu so’z-gaplar so’zlovchining bayon etilayotgan fikrga munosabatini (modallar), kishilarning his-tuyg’ularini, haydash, to’xtatish kabi xitoblarini buyruqlarni (undovlar) ifodalaydi. Masalan: 1. Hoy! Kim bor?» - deb chaqirdi eshik tabaqasini biroz ochib Anzirat xola. (O.Muxtor). 3. – Labbay! Ukajon, hozir chiqaman,-deb Zebiniso darrov o’rnidan turdi. (Oybek). 4. Mang! Komilaxon, bu kitobni oling. 5. Kecha bir voqyeaning guvohi bo’ldim.Qani! So’zlang-chi! 6. Ko’p gapirish ko’p bilishdanmi? – Yo’q. 7. Kam gapirish ko’p bilishdanmi? – Ha.
So’z-gaplarning kattagina qismi mustaqil so’zlardan (shukur, rahmat, mayli, yo’q, shubhasiz, ehtimol, sira), so’z birikmalaridan (har holda, har qalay), gaplardan (xudo xohlasa, nasib bo’lsa) o’sib chiqqanligi uchun mustaqil so’zlar, so’z birikmalari va gaplar bilan aloqalari hozir ham sezilib turadi.1
Gapning semantik va sintaktik qurilishi qolipi va propozitiv strukturasi o’rtasidagi munosabat (o’zbek tilidagi yo’qlik-mavjudlik belgisi misolida) D.Lutfullayevaning doktorlik dissertasiyasida atroflicha tahlil qilingan2. Shuningdek, «so’z-gaplar ixcham gap sifatida ma’no va vazifasi jihatdan xoslanganligi tufayli ular sodda gaplar tarkibida kelganda ham boshqa bo’laklar bilan bog’lanmaydi, ulardan ajralib turadi»3. Mualliflar, yuqorida aytilganidek, ixcham gap atamasini bizning talqinimizdagi yig’iq gapga nisbatan qo’llashgan. Shunday ekan, so’z-gaplar mustaqil gap bo’la olish qobiliyatiga ega bo’lganligi sababli ularga nisbatan semantik-funksional shakllangan so’z-gaplar atamasi ham uning o’zida so’zlik va gaplik xususiyatlarini mujassamlashtirganligi uchun qo’llansa, yig’iq gap atamasi esa kengaymaganligi va shunday xossaga ega bo’lganligi uchun qo’llanadi. Shuningdek, ular atipik gaplar4 ham deyiladi. Bunday gaplar hodisaning lug’aviy tomoniga ishora qilib turadi va sintaktik vazifa bajarishi jihatidan faqat gap markazi vazifasida kela olishi bilan farqlanadi.
Kesimlik ma’nosi so’zning lug’aviy ma’nosi va so’zning egallagan sintaktik pozisiyasi hamda morfologik shakllanmaganligidan anglashilib turganligi uchun formal-funksional sintaksis tadqiqotchilari bunday gaplarning lisoniy qolipini [WP] ramzi bilan belgilaydilar5. TAKROR

Download 1,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish