Mumtoz so’Z” 2011 Zamonaviy o’zbek tili: Sintaksis



Download 1,48 Mb.
bet25/141
Sana30.04.2022
Hajmi1,48 Mb.
#598054
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   141
Bog'liq
11. Zamonaviy o'zbek tili. Sintaksis

Boshqaruv aloqasi bir tomonlama shakllangan SBlar tarkibida amal qiladi. Faqat tobe a’zolari birikish uchun tobelovchi qo‘shimcha olgan Sb boshqaruv yo‘li bilan bog‘langan deyiladi. Bunda hokim so‘z tobe so‘zning qanday shaklda bo‘lishini boshqaradi. Masalan, kitobni o‘qimoq birikmasida tobe so‘zning tushum kelishigi shaklida kelishi o‘qimoq fe’lining o‘timliligi bilan belgilangan. Agar bu fe’l o‘timsiz fe’lga aylantirilsa, (o‘qildi) tobe so‘zdagi tushum kelishigi shakli o‘z-o‘zidan g‘oyib bo‘ladi: kitobni o‘qimoq-kitob o‘qildi.
Boshqaruv aloqasida tobe so‘zni har xil turkumdagi so‘z boshqarishi mumkin. Misollar: uyga bormoq (fe’lli boshqaruv), mendan katta (sifat boshqaruvi), tovushdan tez (ravishli boshqaruv), o‘qishda birinchi (son boshqaruvi), aytgan bola (otli boshqaruv).
Boshqaruv uni amalga oshirayotgan vositaga bog‘liq ravishda kelishikli boshqaruv, ko‘makchili boshqaruv, ravishdoshli boshqaruv, sifatdoshli boshqaruv kabi turga ajraladi.
Moslashuv SBning ikki tomonlama grammatik shakllangan turi bo‘lib, bunda tobe a’zo hokim a’zoga muvofiq egalik shaklini, hokim a’zo tobe a’zoga muvofiq ravishda qaratqich yoki bosh kelishik shaklini oladi. Masalan, ukamning daftari, sizning uyingiz, Fuzuliy g‘azali kabi. Moslashuv atamasi har ikkala a’zo bir-birini taqozo qiluvchi morfologik vositaga egaligini anglatadi. Moslashuv aloqasida tobe a’zo qaratuvchi, hokim a’zo qaralmish deb yuritiladi.
Moslashuv aloqasida tobe a’zo (Fuzuliy g‘azali) 0 shaklli bo‘lganligi kabi, hokim a’zo ham ko‘rsatkichsiz qo‘llanishi mumkin: sizning uyingiz – sizning uy, bizning kitobimiz – bizning kitob kabi. Bu siz va biz olmoshi hamda -ngiz va -miz ko‘rsatkichining tarixiy genetik bog‘lanishi bilan izohlanadi. Zero, ularning kitobi birikmasini ularning kitob tarzida qo‘llab bo‘lmaydi.
SBda bog‘lanish omili. Sbning tuzilishi, tashkil etuvchi a’zolarning o‘zaro munosabatini o‘rganish jarayonida birikishning ichki qonuniyati ochiladi. Sbda bog‘lanish a’zolardan birining faolligi asosida emas, balki har ikki a’zoning ham bir-biriga, avvalo, ma’noviy, qolaversa, shakliy, joylashuv jihatdan moslashishi asosida yuz beradi. Chunki tobelanayotgan leksemaning birikish imkoniyati voqelanishga, hokim a’zoning biriktirish talabi esa qondirilishga intiladi. Sbdagi a’zolarning goh bittasining (maktabga bormoq), goh ikkinchisining ham (maktabning bog‘i) grammatik shakllanishi asosida sintaktik aloqaning ikki xil – bir tomonlama aloqa, ikki tomonlama aloqa turini farqlash ma’qul emas. Unda bitishuvli (keng dala) birikmalarni hech qanday aloqasiz birikma deyishga to‘g‘ri kelgan bo‘lar edi. Yuqoridagi aloqaning ikki ko‘rinishi bog‘lovchi vositaga qarab belgilangan, xolos.
So‘z birikmasida aloqa har doim ham ikki tomonlamadir. SB a’zolarining ikki yoqlama birikish imkoniyati (tobe a’zo) va biriktirish talabi (hokim a’zo) aloqadorligi bevosita a’zolarning birikish-biriktirish qobiliyatiga asoslanadi.
SB a’zolari orasidagi bog‘lanish har bir so‘zda yaxlit holda mavjud bo‘lgan ma’noviy (M), shakliy (Sh), joylashuv (J) omillarining o‘zaro muvofiqligiga tayanadi. Masalan, kitobni o‘qimoq birikmasidagi kitobni so‘zshaklida hokim so‘zga birikishini ta’minlaydigan M, Sh, J omillari bo‘lganligi kabi o‘qimoq so‘zshaklining ham tobe a’zoga bog‘lanishini ta’minlaydigan M, Sh, J omillari mavjud. xatni yozmoq birikmasida tobe so‘z (xatni)ning hokim so‘z (yozmoq) bilan birikishini uning shakli -ni, ma’nosi va qisman joylashuvi (oldin kelishi) ko‘rsatsa, hokim so‘zning tobe so‘z bilan bog‘lanishini ma’nosi, shakli va qisman joylashishi (keyin kelishi) ko‘rsatadi.
So‘zda bu uch omil yaxlit bo‘lib, ma’lum birikish jarayonida birortasi ustunlik qilsa, boshqalari kuchsizlanadi. Keltirilgan xatni yozmoq birikmasidagi tobe so‘z (xatni)da shakliy omil -ni tobelikni ko‘rsatuvchi yetakchi omil bo‘lsa, hokim so‘z (yozmoq)da ma’noviy omil ustunlik qilgan.

Download 1,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish