Mumtoz so’Z” 2011 Zamonaviy o’zbek tili: Sintaksis



Download 1,48 Mb.
bet107/141
Sana30.04.2022
Hajmi1,48 Mb.
#598054
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   141
Bog'liq
11. Zamonaviy o'zbek tili. Sintaksis

Savol va topshiriqlar:



  1. Qo’shma gapning tasnifi bayon eting.

  2. Qo’shma gap ta’rifi va tasnifini alohida chizmalarda bering.

  3. Qo’shma gapda MKSh haqida gapiring

  4. Qo’shma gapda NKSh haqida gapiring

  5. Qo’shma gap transformasiyasiga misollar keltiring.

  6. Intonasiya, grammatik shakl va mazmun mutanosibligi qanday?

  7. Qo’shma gapda sintaktik aloqa haqida ma’lumot bering.



O’zbek tili formal sintaksisi talqinidagi va talqinidan chetda qolgan muammolar
Turkiy tillarning grammatik qurilishi ravishdosh sifatdosh, harakat nomi shakllarining juda keng rivojlanganligi bilan Hind-Yevropa tillari grammatik qurilishidan tubdan farq qiladi. Bu farqning xarakterli belgilaridan biri shuki, turkiy tillarning ravishdosh, sifatdosh, harakat nomi shakllari o’z bajaruvchisiga, o’z subyektiga ega. Bunday xususiyat Hind-Yevropa tillari oilasiga kiruvchi birorta tilga ham xos emas.
“Sintaksis baynalmilaldir” degan xulosaga asoslangan o’zbek tili sintaksisi ko’p kategoriyalarining taqdiri o’zbek tilining grammatik qurilishi, o’zbek tilining semantik strukturasi, o’zbek tilining ohangi, tovush tempi qurilishi tabiatidan kelib chiqib emas, balki rus tilining grammatik-semantik qurilishi tabiatidan kelib chiqib, “ag’darmachilik” zaminida hal qilina boshladi. Masalan, Salim o’qiyotganda men keldim gapi ikki yarusli bo’lib, bir hukmni tasdiqlaydi. Bu gapning birinchi yarusi (Salim o’qiyotganda) ikkinchi yarusi ifoda etilgan harakatning bajarilish paytini ko’rsatadi. Payt ma’nosini kuchaytirish, ta’kidlash uchun birinchi yarusini payt, vaqt singari so’zlar hisobidan kengaytirish ham mumkin. Bunday holda -da unsuri shu so’zlarga o’tadi: Salim o’qiyotgan paytda // vaqtida men keldim kabi. Bu xil variantlarda gap mazmuniga hyech qanday putur yetmaydi.
Salim o’qiyotganda men keldim, Salim o’qiyotgan paytda men keldim singari ikki xil ko’rinishda ham birinchi va ikkinchi yaruslar orasida qisqa pauza bo’ladi. Lekin ularda predikativ birliklarga, ya’ni qo’shma gapning qurilish materiali bo’lgan sodda gaplarga xos ohang yo’q. Ko’rinadiki, Salim o’qiyotganda men keldim qurilmasi (konstruksiyasi) qo’shma gap emas, balki sodda gapdir. Salim o’qiyotganda men keldim gapining birinchi yarusi subyekt-predikat zaminida tashkil topgan sifatdosh oborot bo’lib, uning gapdagi sintaktik vazifasi yoyiq payt holidir. Tahlil qilinayotgan gap singari konstruksiyalarning milliy sintaktik, milliy fonetik qurilishdan ko’z yumib, rus sintaktik qurilishi asosida tarjimaga tayanildi. Va natijada Salim o’qiyotganda men keldim gapi Kogda Salim chital, ya prishel gapi singari payt ergash gapli qo’shma gap deb baholandi. Garchi nazariyotchi tilshunoslarga har bir til morfologiyasining butun qudrati, tilning tub milliyligi yaqqol shaklda sintaksisda ro’yobga chiqishi ma’lum bo’lsa-da, o’zbek tilshunosligida an’anaga aylangan qo’shma gap haqidagi ta’limot qator muammolarni tug’dirdi. Bu muammolar o’zbek tili sintaksisining muammolari emas, chunki muammo bo’lib kelayotgan hodisalarning birortasi ham o’zbek tili sintaksisi uchun yot yoki begona bo’lgan hodisa emas. Bularning muammoligi shundaki, ular an’anaviy qo’shma gap haqidagi ta’limotning talqin me’yorlaridan chetga chiqishi, sintaksis uchun emas, balki uning talqini uchun muammodir. Quyida shunday muammolardan bir nechtasini sanab o’tamiz.
1.Turkiy tillarda ham hukm unsurlari bo’lgan bosh bo’laklar (subyekt va predikatlarga analogik holda) har qanday gapning asosini tashkil etadi, deyiladi. Natijada tilshunoslikdagi nazariy konsepsiyalar va konkret sintaktik konstruksiyalarning xususiyatlari o’rtasida turli chalkashliklar vujudga keladi. Chunonchi, o’zbek tilida sodda gap doirasida kesim hamma vaqt shaxs-son, mayl, zamon ko’rsatkichlari bilan shakllangan bo’ladi deb, uqtiriladi va bir predikativ markazdan iborat bo’lgan gap sodda gap, ikki va undan ortiq predikativ markazdan iborat bo’lgan gap qo’shma gap hisoblanadi. Lekin an’anaviy sintaksisda qo’shma gap tarkibida qo’llangan kesimlar har doim ham shu ko’rsatkichlar bilan (shaxs-son, zamon, mayl ko’rsatkichlari) shakllangan bo’lmaydi va shunga qaramay, bu qismlar qo’shma gapning komponentlari – sodda gap deb uqtiriladi: Sen kelgach, men ketaman va boshqalar. Vaholanki, Sen kelgach..., Sen kelganda..., Sen kelgandan keyin... kabi qurilmalarda sodda gaplarga xos bo’lgan na mazmun, na ohang tugalligi, na grammatik shakllanish (shaxs-son, zamon, mayl ko’rsatkichlari) bor. Bunday anglashilmovchilikni yuzaga keltirgan omil yuqorida ko’rib o’tilgan Sen kelgach, men ketaman gapining rus tilida Kogda tы pridesh, ya uydu deb ergash gapli qo’shma gap tarzida berilishidadir. Chunki Sen kelgach, men ketaman tipidagi gaplarni qo’shma gap sifatida baholashga imkoniyat beradigan, yuqorida keltirilgan rus tili me’yoridan boshqa o’zga asos yo’q; subyekt-predikat munosabatlari va ularni to’la-to’kis “ega-kesim” munosabatlariga ko’chirishdan o’zbek tilshunosligi 60- yillarning boshidayoq voz kechgan edi. Negaki, Sen kelgach qabilidagi predikativ aloqa sen kecha ko’rgan tarkibida ham bordir (Sen kecha ko’rgan qizni biz bugun uchratmadik). Bu gapdagi ham subyekt ikkita – sen va biz, predikat – harakat ham ikkita va har bir harakatning bajaruvchisi alohida sen ko’r – biz uchrat. Lekin bunday qurilmalar, ya’ni Sen kecha kurgan qizni biz bugun uchratmadik gapi qo’shma gap deb baholanmaydi. Mantiqiy subyekt-predikat munosabatlari to’ppa-to’g’ri grammatik ega-kesim munosabatlariga ko’chirilganda bunday gaplar ham qo’shma gap deb baholanishi lozim bo’lar edi. Vaholanki, bu yo’ldan, yuqorida aytib o’tganimizdek, o’zbek tilshunosligi voz kechdi. Lekin Sen qizni kurganda, biz uni kuzatayotgan edik gapida (sen bizni ko’rganda ...) qo’shma gapning tarkibiy qismi deb baholash chetlatilmadi. Va buning boisi yuqorida aytilgan yagona asos: o’zbekcha bu gapning qurilishiga ruscha Kogda tы uvidel devushku, mi yeyo provojali qo’shma gapining mos kelishidir.
2.Turkiyshunoslikda, jumladan, o’zbek tilshunosligida 40- yillardan beri mantiqiy predikat vazifasida o’z bajaruvchisi (subyekti) bilan kelgan ravishdosh, sifatdosh va harakat nomi shakllarining mustaqil sodda gaplarga teng bo’lolmasligini nazarda tutgan holda gap kesimi vazifasini o’tay olmasliklari ko’p bora qayd etildi. Lekin nazariyalar o’zbek tili qo’shma gaplari tahliliga bevosita tatbiq etilmaganligi uchun amalda qo’llanilmadi. Achinarlisi shundaki, ravishdosh, sifatdosh, harakat nomlarining o’z subyekti bilan kelib, kengaytirilgan birikmalar hosil qilishi hatto o’rta maktab dastur loyihalaridan ham joy oldi, ammo ilmiy grammatika talqini bu masalalarni chetlab o’tdi.
3.Qo’shma gap ikki va undan ortiq sodda gapning birikishidan iborat deb sanaladi. Bu Sen kelding, men ketaman kabi gaplarga nisbatan to’g’ridir, chunki ularning har biri mustaqil ravishda gap bo’lib kela oladi: Sen kelding. Men ketaman. Lekin Sen kelgach, men ketaman gapida bu qoida qo’l kelmaydi. Chunki Sen kelgach tipidagi gap o’zbek tilida yo’q, u faqat qo’shma gap tarkibida o’zbek an’anaviy grammatika ilmidagina gap deb tan olinadi, xolos. Voqyelik (o’zbek nutqi va o’zbek ongi) bilan ilmiy grammatika orasida bunday ziddiyat fan uchun bezararday ko’rinsa-da (chunki biri fan, ikkinchisi – ong), tadris (metodika) uchun, o’zbek, tili qurilishini millionlab bolalarga o’qitish uchun beqiyos murakkabliklar tug’dirdi. Shuning uchun ilmiy grammatika bu chigallikni hal etish choralarini ishlab chiqdi.
An’anaviy sintaksis, asosan, mazmunga tayanib ish ko’rganligi tufayli darslik va qo’llanmalarda misol tariqasida berilgan ko’p qo’shma gaplarga bir tomonlama yondashildi. Natijada ziddiyatlar tug’ildi. Ergash gapli qo’shma gap haqida fikr yuritilganda, ergash gap bosh gapning biror bo’lagini izohlab, unga muqobil bo’lib keladi deyiladi. Va Kim mehnatni sevsa, uning ishi rivoj topadi kabi misollarni tahlil qilib, ergash gap bosh gapdagi olmosh bilan ifodalangan qaratqichli aniqlovchini (uning) izohlab kelgan ergash galli qo’shma gapni sodda ergash gap nomustaqil sodda gaplik xususiyatini yo’qotib, yoyiq qaratqichli aniqlovchiga o’tishini (Mehnatni sevganning ishi rivoj topadi) ta’kidlaymiz. Dushman taslim bo’lmasa, uni yo’q qiladilar tipidagi gaplarga kelganda, yuqoridagi fikrning aksini aytib, ya’ni unga zid borib, asosan, mazmunga tayangan holda shart ergash gapli qo’shma gap deyildi. Hega buni vositasiz to’ldiruvchi ergash gapli qo’shma gap deyish mumkin emas edi? Nazarimizda, bu xil gaplarga yo sinkretik qo’shma gaplarning bir turi deb qarash kerak yoki qandaydir boshqacha baholash (shakl va mazmun planida ikkiga bo’lib o’rganish) lozim.
4. Shart maylining qo’shimchasi -sa sodda gapda shart holining, qo’shma gapda esa ergash gaplar kesimning ko’rsatkichi bo’lib keladi. Mavjud adabiyotlarda -sa unsurining shart ergash gapli ko’rsatkichi kesim bo’lib kelishiga urg’u berildi. Ammo boshqa ergash gaplar kesimning ko’rsatkichi bo’lib kelishi yoki kesim tarkibidagi biror so’zga qo’shilib kelishi haqida hyech nima (ba’zi bir eslatishlardan tashqari) deyilmadi. Lekin boshqa (shart ergash gapli qo’shma gaplardan boshqa) ergash gapli qo’shma gaplarga berilgan misollar orasida kesimi shart fe’li shaklida bo’lgan gaplar uchraydi. Masalan, shart fe’lining quyidagi ergash gapli qo’shma gaplar ergash gapining kesimi bo’lib kelishiga misollarga ko’p
1) ega ergash gapning kesimi bo’lib keladi: Kimki vatanparvarlik ishqi bilan yonsa, u, albatta, maqsadiga erishadi. (Oyb.)
2) kesim ergash gapning kesimi bo’lib keladi: Sen kimsanki, ovozingga hamma uyg’onsa?;
3) to’ldiruvchi ergash gapning kesimi bo’lib keladi: Kimda gumoning bo’lsa, uni ko’zdan qochirma. (Oyb.);
4) aniqlovchi ergash gapning kesimi bo’lib keladi: Qaysi kishi tirishib o’qisa, u kishi ko’p narsani biladi;
5) ravish ergash gapning kesimi bo’lib keladi: Nahotki o’z buxgalteri shunday qilsa-ya, deya ko’ngli buzildi;
6) chog’ishtirish va o’xshatish ergash gaplarning kesimi bo’lib keladi: Bu yerda tug’ilgan inson qay yo’sinda o’ssa, Xolmurod ham shunday o’sardi. (P.Turs.);
7) sabab ergash gapning kesimi bo’lib keladi: Qalandarov Saidaning zarbga bunday epchillik bilan chap berishini sira xayoliga keltirmagan bo’lsa kerak, o’zi shoshib qoldi. (A.Qah.);
8) maqsad ergash gapning kesimi bo’lib keladi: Fan cho’qqisini egallasang deb, maktab senga quchog’ini ochgan;
9) payt ergash gapning kesimi bo’lib keladi: Vasiliy maktab sahnasida bolalarni mashq qildirsa, katta-kichik kelib cheka-chekada tomosha qilib turishadi. (P.Turs.);
10) o’rin ergash gapning kesimi bo’lib keladi: Gulsum qayerda o’ynasa, Xolmurodning ko’zi ham o’sha yerda edi. (P.Turs.);
11) to’siqsiz ergash gapning kesimi bo’lib keladi: Boshqalar o’zini, har qalay, tugpib olgan bo’lsa ham, Onaxon hamon tinchiyolmas edi. (A.Mux.);
12) o’lchov-daraja ergash gapning kesimi bo’lib keladi: Hayotni qancha sevsang, bu senga shuncha go’zal ko’rinadi.
Nazarimizda, -sa qayerda bo’lsa, u yerda shart ma’nosi bor. Lekin shu shart ma’nosining qudrati hamma joyda bir xil yoki teng emas. Uning ma’nosi bir qurilma (konstruksiya)da kuchli boshqa bir konstruksiyada kuchsiz. Substansional yondashuvgina qo’shma gaplar bobida -saning ana shu xususiyatlarini ochib, unga o’z me’yorida to’g’ri baho berdi, morfologik talqin bilan sintaktik talqin qiyoslanib, mavjud ziddiyatlar bartaraf etildi.
5. Sodda gaplar tarkibiga ko’ra ikki – bir tarkibli va ikki tarkibli gaplarga ajratiladi. Kesimlari bir shaxs, turli zamonni ko’rsatib turuvchi Nima eksang, shuni o’rasan tipidagi gaplar shaxsi umumlashgan sodda gap bo’lib, har ikki qism (komponent)ning ham egasi ifodalanmagan. Shu va shunga o’xshash gaplarning qo’shma gap ko’rinishida ergash gap egasining ifodalanmasligiga yo’l qo’yilmaydi. Masalan, Ekilsa, shu o’riladi kabi gaplar o’zbek tili gap qurilishiga xos emas. Agar shu gapni ekilsa, shu o’riladi shartli holida qo’shma gap desak, uning ekilsa qismi ergash gap bo’ladimi? Ha, bo’ladi. Aytaylik, xuddi shunday egasi ifodalanmagan Nima eksang, shuni o’rasan kabi gaplarni qo’shma gap hisoblab, uning har bir qismini qo’shma gapning bir qismi deyish mumkin emasmi?
Tabdil qilinayotgan gap shaxsi umumlashgan gap deyiladi. Xo’p, qaysi kesimning (eksang, o’rasan) shaxsi umumlashgan?
Agar har ikki kesimning ham shaxsi umumlashgan bo’lsa, nega bu gap shaxsi umumlashgan ikkita bir tarkibli gapning birikishi, ya’ni shaxsi umumlashgan sodda gaplarning birikishidan iborat bo’lgan qo’shma gapning bir ko’rinishi, turi emas?!
6. Ergash gap turlarini aniqlashda bosh omil mazmun bo’lib qolganligi uchun bir xil qurilishli, lekin ma’no bo’yog’i boshqacha, farqli bo’lgan gaplar qo’shma gaplarning turli xillariga kiritildi. Chunonchi, Salim kelsa, dars boshlanadi gapida payt bo’yog’i mavjud bo’lsa, payt ergash gapli qo’shma gap, shart bo’yog’i bo’rttirilsa, shart ergash gap qo’shma gap sifatida baholandi. Vaholanki, gaplarning qurilishi tamoman bir xil. Shuning uchun ham sintaktik tasnif qurilishga asoslanishi kerakmi yo mazmungami?! Axir, Bola tug’ildi gapini paydo bo’lish gaplari, Bola o’ldi o’lish-yo’qolish gaplari deb tasnif etmaymiz-ku? Bu hodisa – mazmun omili qo’shma gap qismlari (komponentlari) bir-biri bilan turli-tuman bog’lovchilar vositasida bog’lanib kelganda yaqqol ko’zga tashlanadi. Quyidagi qatorlarni solishtiring:





Birinchi gap

Bog’lanish vositasi

Ikkinchi gap

1

O’qituvchi keldi

,

dars boshlandi

2

O’qituvchi keldi

-yu,

dars boshlandi

3

O’qituvchi keldi


Download 1,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish