Mumtoz so’Z” 2011 Zamonaviy o’zbek tili: Sintaksis


[WPm → WPm] tipik ko’rinishli qo’shma gap



Download 1,48 Mb.
bet115/141
Sana30.04.2022
Hajmi1,48 Mb.
#598054
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   141
Bog'liq
11. Zamonaviy o'zbek tili. Sintaksis

[WPm → WPm] tipik ko’rinishli qo’shma gap. [WPm → WPm] tipik ko’rinishli gapda har ikkala sodda gap ham shakllangan [Pm]ga ega bo’lsa-da, birinchi gapning markazi mustaqil sodda gap kesimi (MKSh) bo’la olmaydi. U hamisha tobe gap markazini shakllantiruvchi vosita sifatida o’z mazmunini namoyon qilish uchun o’zidan keyin mustaqil holda namoyon bo’la oladigan, voqyelanishi uchun oldingi gapga ehtiyoj sezmaydigan gap bo’lishini taqozo qiladi. Boshqacha aytganda, bu tipik ko’rinishli gap tarkibidagi oldingi sodda gapning kesimi NKSh bilan, keyingisi MKSh bilan shakllangan bo’ladi: 1. Nazokat Ankaning gaplariga quloq solar ekan, uning nazarida Po’latjonningqiyofasi butun fazilatlari bilangavdalanar edi. (S.Ahmad) 2. Manzura opa darsga kirgan ham ediki, Ra’no opa chaqirib qoldi. 3. Saodat ovqatlanib bo’luvdiyam, xonasiga Ruxsora kirib keldi. 4. Och oshnasini ko’rsa, mehr qochadi. (Maqol). 5. Unga ustozi chin dildan «barakalla», «barakalla» desa, Aziz ko’nglida to’lib turgan niyatini ham aytadi. (S.Ahm.)
Bu gaplarning barchasidagi birinchi sodda gap mustaqil qo’llana olmaydi, qo’llanganda ham ushbu qo’shma gap tarkibidagi ma’noni bera olmaydi. Keyin turgan sodda gap esa bunday emas.
[WPm→WPm ] turli qo’shma gap tarkibidagi nomustaqil kesimni hosil qiluvchi turli-tuman vosita bor. Nomustaqil kesim shaklining o’zbek tilidagi tipik vakili shart mayli qo’shimchasi -sa dir. Masalan, Men qo’shiq aytsam, u eshitadi gapida U eshitadi gapi o’z holicha mustaqil sodda gap bo’lib kela oladi, Men qo’shiq aytsam qismi esa qo’shma gap tarkibidan tashqarida shu holicha mazkur mazmunni bera olmaydi.
-sa qo’shimchasi bilan shakllangan kesimli gap mustaqil qo’llanaverishi ham mumkin. Masalan: 1. Avra-astarini ag’darib mohiyatiga nazar tashlasangiz. (S.Az.) 2. Qishloqqa borsam. (A.Qah.) 3. Vatangadolikning men tortmagan azob-uqubati, ozori bo’lmasa kerak. (S.Az.) 4. Nahotki, O’ldirsalar. 5. Menga, Iskandariyadagi mashhur devonaga, Berlindan telegramma kelsa bO’ladimi? (S.Az.) 6. Qani, hyey Mamadali, gapirsang-chi.. (A.Qah.) Ushbu gaplarda -sa shart mayli qO’shimchasi istak, achinish, sevinch, qistash kabi ma’noviy bO’yoqlarga ega. Bu gaplar O’zidan keyin keluvchi gaplar bilan mazmunan bog‘lanib, matn yaxlitligini ta’minlashga xizmat qiladi. Shu kabi gaplar qanchalik mustaqil qO’llana olmasin, baribir O’zidan keyin qandaydir qurilmalarning bO’lishini taqozo qiladi. Masalan, – Uyga qaytsam. Nima deysiz? – Yaxshi bo’lardi kabi.
-sa biriktiruvchi unsur sifatida quyidagi mazmunning ifodalanishiga sabab bO’ladi:
a) payt: Borsam, joyi gulzor ekan, ko’rsam o’zi jonon ekan. (Qo’shiqdan);
b) to’siqsizlik: Alisher Navoiy dunyodan o’tgan bo’lsa, uning asarlari tirik;
d) shart: Sen bormasang, opamlar kelmaydi.
-sa unsuri tobelik vositasi sifatida ko’p hollarda ergash gapning kesimini shakllantiradi (yuqoridagi misollar). Mehmonlarni jo’natdik, endi tarqalsak gapidagi bosh gapni, Mehmonlar kelsa, men ketsam gapida ergash gapni ham, bosh gapni ham shakllantirgan.
-sa unsurining qo’shma gap tarkibida shart mazmunini ifodalashi bir xil emas. -sa shaklli ba’zi gapda shart mazmuni kuchli bo’lsa, ba’zilarida kuchsiz namoyon bo’ladi. Shart ergash gapli qo’shma gapda shart ma’nosi o’ta kuchli bO’ladi: Siz bo’lmasangiz, men yashay olmayman. Boshqa ergash gapli qo’shma gaplarda shart ma’nosi boshqa ma’nolar «soya»sida juda kuchsizlanadi: 1. Borsam, kelmadi. 2. Chaqirsam, eshitmadi. 3. Dutor chalib o’tirsam, tori uzilib ketdi. 4. Kim gapirsa, o’sha aybdor sanaladi.
Ko’rinadiki, -sa shart mayli shakli faqat shart ergash gapli qO’shma gap uchungina xizmat qilmaydi.
-(a)r + di shakli ham [WPm →WPm] tipik ko’rinishidagi gapni hosil qiladi. Bu shakl ko’p hollarda -ar edi ko’rinishida keladi.
-(a)r+di shakli qo’shma gap tarkibidagi sodda gap kesimini shakllantirganda ikki xil vazifa bajaradi: Zilola rasm chizardi gapida fe’lning zamon shakli vazifasida kelgan. Zilola rasm chizardi, opasi qo’ymadi gapida esa -(a)rdi «chizgan bo’lardi» ma’nosini voqyelantirishi uchun keyingi gap zarur. Demak, bunday holda -(a)rdi bog’lash, tobelash vazifasini bajarmoqda. Ko’rinadiki, Zilola rasm chizardi, opasi qo’ymadi gapi omonimik tabiatga ega.
Ya’ni:
Zilola har kuni rasm chizar edi, bugun opasi esa qo’ymadi.
[WPm, WPm]
Zilola rasm chizardi,
opasi qo’ymadi.

Zilola rasm chizgan bo’lur edi, opasi chizgani qo’ymadi.



Download 1,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish