Ikkinchi raundda. Sababi, ikkinchi raundda ular uchun (ularning qadri) jamiyat ikki
barobar yuqori to’lashga tayyor.
Savol: -Nima sababdan hamma talabalar birinchi o’yinda, birinchi raunddayoq hamma
gugurt cho’plarni terib bo’lishdi? Vaholanki ikkinchi raundda ikki barobar qimmat to’lanardi?
Nima farqi bor?
Talabalar turlicha fikr bildirishi mumkin.
Birinchi raundda gugurt cho’plar umumiy, hech kimga tegishli emas, Kim birinchi bo’lib
ko’proq terishga ulgursa, shuncha ko’p ball yig’adi (pul oladi). Oldinrok harakat qilsa ko’proq
yig’ishi mumkin. Boshqalarni qancha gugurt cho’pi terishini hech kim nazorat qilmaydi.
Ikkinchi raundgacha nima qoladi noaniq. Xar bir talaba o’z manfaatidan kelib chiqib, ikkinchi
raundni kutishdan voz kechishadi. Chunki bu kutish tufayli, ikkinchi raundda qancha gugurt
cho’pi terish mumkin, umuman qanchasi koladi, yoki qolmaydi noaniq. Shuning uchun ham
hech bo’lmaganda bir talaba terishni boshlaydi. Bir talaba gugurt cho’pini terishni boshlagach,
qolganlar ham shosha-pisha gugurt cho’pi terishga kirishib ketadi.
Ikkinchi o’yinda esa talabalar vaqtni nazorat qilish imkoniga ega. Shuning uchun hamma
ikkinchi raundni kutdi. Chunki endi ular faqat o’z kvadratlariga to’g’ri kelgan gugurt
cho’plarnigina terishlari mumkin, ya’ni gugurt cho’plarga mulk huquqi belgilangan.
Savol: - Mulk huquqini belgilanishi talabalar hatti-harakatiga qanday ta’sir qildi?
Ikkinchi o’yinning 2 raundida talabalar kutishlari evaziga foyda ko’rishdi. Mulkdan
samarali foydalanildi.
O’yinda yuz bergan munosabatlarga ikki jihatdan yondashish mumkin:
1.Talabalarni, ya’ni jamiyatni mulkka (gugurt cho’pga) munosabati;
2.Jamiyat a’zolari (talabalarni) mulk (gugurt cho’pi yuzasidan o’zaro munosabatlari.
Gugurt cho’plar(mulk) poldan terib olingach, uni tergan hohlaganini qilishi mumkin,
Bizni o’yinimizda gugurt cho’pini sotayapti. Shuning uchun birinchi o’yinda gugurt cho’plarni
hamma uchun bir xil olish imkoniyati bo’lganda, biri-biriga qaramay shosha-pisha terishga
tushishdi. Ikkinchisida esa aksincha. Demak bundan qanday xulosa chiqarish mumkin?
Resurslar hamma uchun teng umumiy bo’lsa, ulardan foydalanish yuzasidan hech qanday
cheklash bo’lmasa, ulardan: 1) samarasiz foydalaniladi; 2) ularni tezda tugatib, yo’q
qilinishigacha olib kelish mumkin; 3) ularni o’zlashtirib, ya’ni o’ziniki qilib olish jarayonida turli
konfliktlar chiqishi mumkin.
Savol: - Kishilik jamiyati taraqqiyoti natijasida qanday ob’ektiv zaruriyat kelib chiqdi va
bu muammo qanday tarzda hal etildi?
Albatta, bunda ham turli-tuman javoblar bo’ladi. O’qituvchi uning qaysi biri haqiqatga
yaqinligiga qarab baho berishi kerak.
Dastlabki insonga hamma tabiatdagi ne’matlar birday qarashli bo’lgan paytda, bor
ne’matlarni iste’mol qilishi oqibatida ochlikka mahkum bo’lishdan dehqonchilikni o’rganish,
ya’ni ishlab chiqarishni boshlash bilan yo’l topgan bo’lsa, tabiatda resurslarni cheklanganligi,
ularni pala-partish, samarasiz ishlatishdan mulkchilik munosabatlari kelib chiqishi, muvofiq
ravishda mulk huquqlarini belgilash bilan yo’l topdi. Xususiy mulkchilik resurslardan eng
samarali foydalanish imkoniyatini yaratadi.
Shunday kilib, avvaldan ilgari surgan gipotezamiz, birinchi sharoitga to’g’ri kelmas ekan,
lekin ikkinchi sharoit uchun mos tushar ekan.
O’yinni muhokama qilish jarayonida tadqiqotni yanada chuqurlashtirish uchun
qo’shimcha: Manfaat o’zi nima, uni mulk bilan qanday bog’liqligi bor? Nima sababdan manfaat
bir tomondan ob’ektiv, ikkinchi tomovdan sub’ektiv, bir tomondan umumiy, ikkinchi tomondan
xususiy? degan savollar bilan murojaat qilish mumkin. Bunda talabalarni diqqatini ehtiyojlarning
ob’ektivligi, ya’ni insonning yashashi uchun ehtiyojlarini qondirish zarurligi, ikkinchi tomondan
u har bir insonning sub’ektiv ehtiyoji tarzida namoyon bo’lishi, ehtiyojlarni qondirish uchun
ne’matlar unga tegishli bo’lishi, ya’ni o’zlashtirilishi lozimligi haqidagi fikrlarga diqqat qaratish
kerak.
Inson o’z manfaatini o’ylovchi egoist ekanligi, shuning uchun ham xususiy manfaat
umumiy manfaat bilan mos tushavermasligi, natijada umum manfaatiga zid bo’lsa ham
resurslardan samarasiz foydalanishga olib kelishini ko’ramiz.
Real hayotdan qanday misollar keltirish mumkin? Xozirda hech kimniki bo’lmagan
ne’matlar bormi? Misol qilib, kitlar, ilonlar, turli hayvonlar, suv, havo kabilarni, natijada qanday
muammolar vujudga kelayotganiga qator misollar keltirish mumkin.
Darsda yana shuni ham ta’kidlash kerakki, talabalar o’yinda o’zlarining huquqlari
(o’yindan avval o’qituvchi tomonidan e’lon qilingan shartlar bo’yicha) o’qituvchi tomonidan
ta’minlanishini ko’zda tutgan holda qatnashishgan. Mulk huquqini ta’minlashning sharoitlari,
kim tomonidan, qanday tarzda amalga oshirilishi haqida birgalikda tadqiqotni yana davom
ettirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |