Muhsinova nargiza erkin qizi



Download 60,1 Kb.
bet7/16
Sana20.07.2022
Hajmi60,1 Kb.
#830534
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
CHAROS

I BOB BO‘YICHA XULOSA
1. Magistrlik dissertatsiya mavzusi bo‘yicha ilmiy-texnik adabiyotlarning va patent materiallarining tahlilini o‘rganish orqali respublikamizda polimer kompoziyalar uchun qo‘shimchalar ishlab chiqarishning holati baholanib, polimerlar uchun, jumladan, PVX uchun termostabilizatorlar olishda Chirchiq shahridagi Kaprolaktam zavodi chiqindisi T-mahsulotining tuzlaridan foydalanish imkoniyatlari borligi aniqlandi.
2. PVX xom-ashyosini stabillashning hozirgi kunda rivojlangan mamlakatlarda tadbiq etilayotgan usullar hamda qo‘llanilayotgan kimyoviy moddalar mahalliy sanoat chiqindisi asosida olingan termostabiziator bilan taqqoslangan, ulardan polimerlarni stabillash va tashqi ta’sirlarga bardoshli bo‘lgan polimer kompozitsion materiallar olish maqsadida qo‘llash mumkinligi aniqlandi.

II. XOM ASHYOLAR TASNIFI VA TADQIQOT USULLARI
2.1. Dastlabki moddalar va ularning tavsifi
Polivinilxloridning xossalari. Polivinilxlorid zichligi 1350-1460 kg/m3 bo‘lgan oq kukun ko‘rinishi­da bo‘ladi. Sanoatda ishlab chiqarilayotgan polivinilxloridlarni molekula massasi 30000-150000. Kristallik darajasi 10%. Polimerlanish darajasini ortib borishi bilan bir qatorda PVX ning polidispersligi ham orta boradi. Tarkibida xlor ko‘p (56% ga yaqin) saqlaganligidan PVX alangalan­maydi va yonmaydi hisob. Polivinilxlorid 130-150oS da sekin-asta, 170oS da esa tez parchalanib, vodorod xlorid ajratib chiqaradi. Polivinilxlorid monomerda, suvda, spirtda, benzinda va ko‘pgina erituvchilarda erimaydi. Qizdirilganda u tetragidrofuranda, xlorlangan uglevodorodlarda, atsetonda eriydi. Oddiy sharoitda siklogeksanonda yaxshi eriydi
Polivinilxlorid yaxshi elektr izolyatsiyasi hamda issiqlik o‘tkazmaydi­gan xossalarga ega, u kuchli va kuchsiz kislota hamda ishqorlar ta’siriga, surkovchi moylar ta’siriga chidamli Issiqlik va mexanik ta’sirlar ostida polivinilxloridda de­gidroxlorlanish, oksidlanish, destrukitsiya, tikilish kabi jara­yonlar ketadi. Polimerni o‘z xossalarini yo‘qotishiga olib keladigan aso­siy reaksiya - HCl ni ajralib chiqishidir.
Parchalanishni oldini olish maqsadida polivinilxloridga barqarorlovchi moddalar qo‘shiladi. Oksidlanishni oldini oluvchilar sifatida fenol va kar­bamidni turli hosilalari ishlatiladi.
Xona haroratida polivinilxlorid qattiq va mustahkam polimerdir. U turli xil plastifikatorlar bilan yaxshi aralashadi. Texnikada polivinilxlorid antikorrozion material sifatida ko‘plab ishlatiladi. Yaxshi elektrdan izolyatsiyalash xossasi, uni kabellar ishlab chiqarishda ko‘plab ishlatilishiga sababdir.
Gossipol smolasi – tashqi ko‘rinishi to‘q jigarrangdan qora ranggacha bo‘lgan bir xil tarkibli massa. Uning sifat ko‘rsatkichlari quyidagi 1-jadvalda keltirilgan.
Gossipolning sifat ko‘rsatkichlari
1-jadval
Ko‘rsatkichlar nomi
Tavsifi va meyorlari

1 tur
2 tur

Tashqi ko‘rinishi va rangi
To‘q jigarrangdan qora ranggacha bo‘lgan bir xil tarkibli massa

Kislota soni, mg KON/g, oralig‘ida


71-100
50-70

Atsetondagi eruvchanlik, % dan kam emas


80
70

Kulning massaviy ulushi, % dan kam emas


1,0
1,2

Namlik va uchuvchan moddalarning massaviy ulushi, % dan ortiq emas


4,0
4,0

Gossipol smolasi yonuvchan mahsulot bo‘lib, quyidagi sifat ko‘rsatkichlariga ega:


Erish harorati, 0S - 70
Uchqunlanish harorati, 0S - 250
Yonish harorati, 0S - 285
Gossipol smolasi qo‘llanilganda, saqlash va transportda tashish vaqtida yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish kerak. Gossipol smolasini texnik reglament talablariga mosligini ta’minlash uchun, ishlab chiqaruvchi nazorat qilish dasturini ishlab chiqishi va nazorat o‘tkazishi kerak.
T-mahsuloti: Kompozitsion polimer materiallari jumladan polivinilxlorid kompozitsiyasi tarkibiga ham turli xildagi TBM lar yoki boshqacha qilib aytganda termostabilizatorlar qo‘shiladi. Chunki PVX ni o‘zini qayta ishlab bo‘lmaydi. U 1500C dan keyin destruksiyaga uchraydi. Buning oldini olish va mahsulotga kerakli xususiyatlarni berish uchun unga TBM hamda boshqa qo‘shimchalar qo‘shiladi. Kompozitsiyani termik barqarorligini oshirish maqsadida mening MD ishimda quyidagi moddalardan foydalanildi: T-mahsuloti. U quyidagi tarkibga ega: benzoy kislotasi- 50-60%; benzilbenzoat- 10-15%; ftal kislotasi- 5-7%; difenil-0,2-0,5%; dimetildifenil -4%gacha, benzaldegid-1,0%gacha va boshqa aralashmalar. Bundan tashqari respublikamizda yog‘-moy sanoatining katta miqdordagi chiqindi zahiralari - o‘simlik moylarini ekstraksiya qilishda hosil bo‘ladigan gossipol smolalari (yuqorida keltirib o‘tildi) mavjud.
Ular kompozitsiya tarkibiga kirganda yuqori haroratda ajralib chiqayotgan HCI ni bog‘lab, uni o‘ziga yutadi va destruksiya ketishini oldini oladi.
Kompozitsion polimer materiallari tarkibiga qo‘shiladigan TBM larning ba’zilari termik barqarorlikni oshirish bilan bir qatorda kompozitsiya tarkibidagi boshqa qo‘shimchalarni ham asosiy polimer bilan yaxshi aralashiga ularni yog‘lab molekulalararo, ishqalanish kuchlarini kamaytirishga yordam beradi. Shunday turdagi maddalar borki ular kompozitsiya tayyorlash jarayoniga komponentlarini yaxshi aralashish uchun ham ichki va tashqi ishqalanish kuchlarini kamaytirishga yordam beradi. Bularga lubrikant K-11 va stearin kislotasi micol bo‘ladi. TBM larning hozirgi kundagi taqchilligi va qimmatligi hamda chet ellardan keltirishi mahalliy TBM lar yaratish majburiyatini yuklamoqda.

Download 60,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish