II bob bo‘yicha xulosa
PVX ni stabillash uchun T-mahsulotining turli xildagi tuzlari tanlandi va gossipol smolasi bilan gidrofob holatga keltirish uchun asosiy xom-ashyo va materiallar tanlandi, ularning texnik –texnologik tavsiflari keltirildi.
Tajriba natijasida olinadigan T-mahsuloti bilan stabillangan PVX asosidagi kompozitsiya namunalarini fizik-kimyoviy va texnologik ko‘rsatkichlarini tadqiq qilish usullari aniqlandi.
III. TAJRIBA-TADQIQOT QISMI
3.1. T-mahsuloti tuzlari bilan PVX ni termik va termooksidlanishga qarshi stabillash
PVX ni termik destruksiyasi – bu bir vaqtda bir necha yo‘nalish bo‘yicha kechadigan murakkab kimyoviy jarayonlar kompleksidir. Reaksiya asosida NCI ning ajralishi sodir bo‘lib, u makromolekulalar tarkibida poliyenli tuzilmalar hosil bo‘lishiga va PVX rangining ketishiga hamda ekspluatatsion xossalarini yomonlashuviga olib keladi.
PVX ning molekulalar ichidagi degidroxlorlanishida ajraladigan NCI o‘z navbatida NCI ni yanada ko‘proq ajralishi uchun katalizator vazifasini o‘taydi. Bu noxush holatlarni oldini olish uchun organik kislotalarning metall tuzlari o‘ziga xos rol o‘ynaydi. Bu yerda asosiy vazifa NCI ni bog‘lashdan iboratdir.
Yuqorida bayon qilinganlardan kelib chiqib, kaprolaktam ishlab chiqarish chiqindisi T-mahsuloti metall tuzlarining termik barqarorlashtirishdagi roli o‘rganilgan. Termostabillik samarasi 1750S da PVX ni termik degidroxlorlanish kinetikasi taqqoslash yo‘li bilan o‘rganib baholandi.
keltirilgan ko‘rsatkichlar bo‘yicha PVX tarkibiga tadqiq qilinayotgan qo‘shimchadan 0,5 massa birligida kiritilishi PVX ning termik destruksiya tezligini sezilarli darajada kamayishiga olib keladi. PVX ni ingibirlash samarasi ko‘proq T-mahsulotining aralash tuzlari ishtirokida kuzatiladi. Shu o‘rinda NCI ning minimal darajada ajralishi T-mahsulotining kalsiy-qo‘rg‘oshinli va bariy-qo‘rg‘oshinli tuzlarini qo‘llaganda kuzatiladi.
PVX ning termik degidroxlorlanish tezligini 1750S da (N2 atmosferada) T-mahsulotining ruxli (1), natriyli (2), kalsiyli (3), bariyli (4), qo‘rg‘oshinli (5), kalsiy-qo‘rg‘oshinli (6), bariy-qo‘rg‘oshinli (7) tuzlari miqdoriga bog‘liqligi.
Shunday qilib, tadqiqotlar natijasi shuni ko‘rsatdiki, PVX tarkibiga T-mahsuloti tuzlarini kiritilishi bilan avtokataliz jarayoni tezligini sezilarli darajada sekinlashishiga olib keladi, ya’ni PVXning termooksidlanishdagi parchalanish degidroxlorlanish kinetikasi sintez qilingan birikmalar aralashmasi bilan olingan natijalari chiziqli xarakterga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |