1.5. PVX asosidagi kompozitsion polimer materiallarning ishlatilish sohalari
Polimer materiallaridan xalq xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoatining turli sohalarida foydalanish yil sayin ortib bormoqda. Hozirgi vaqtda qishloq xo‘jaligining turli sohalarida 30 dan ortiq polimerlardan olingan, besh mingdan ortiq mahsulot ishlatilmoqda. Qishloq xo‘jaligi va bu bilan bog‘liq bo‘lgan sohalar uchun ishlatilayotgan polimer pardalarning salmog‘i yil sayin ortib bormoqda. Keyingi yillarda sanoatda ishlab chiqarilayotgan pardalarning sifatini yaxshilashga ham e’tibor berilmoqda. Qishloq xo‘jaligidagi polimer pardalarning ishlatilish sohalariga qarab ularning maxsus talablar qo‘yilmoqda. Pardalar pishiq va tiniq bo‘lib, quyosh nurini yaxshi o‘tkazish va quyoshga chidamli bo‘lishi kerak. Kaprolaktam pardasi sanoatda qishloq xo‘jaligida, turmushda eng ko‘p ishlatiladigan mahsulotdir.
Ko‘p yillardan beri foydalanib shisha bilan yopilgan issiqxona inshoatlarining ustuni polimer pardasi bilan berkitish ham samarali foyda bermoqda. Issiqxonada polimer pardasidan foydalanish tufayli mehnat unumdorligi oshdi, mablag‘ kam sarflandi, mehnat sifati yaxshilandi, hosildorlik oshdi. Polimer pardalar namlikni o‘tkazmaydi, ularni bu xususiyati havo namligi kam bo‘lgan joylarda masalan, Toshkentda sitrus o‘simliklari o‘stirilgan juyak qatorlar bilan yopib qo‘yilsa, havoning namligi yuqori darajada saqlanishi orqali sitrus o‘simligidan yaxshi hosil olish mumkin. Kaprolaktam pardasi ostida ekilgan yer satxiga yopilganda ikki barobar ko‘p hosil olishga erishilgan. Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoatini rivojlantirishda kaprolaktam pardasidan ham boshqa materiallardan ham keng foydalanilmoqda. Bu materiallar suv satxi va suv usti sug‘orish ishlarida, issiqxonalarni isitishda drinaj qurilishida, artizan quduqlarini kovlashda suv ta’minoti sistemalarida zaharli moddalar tashishda va boshqa texnologik jarayonlarda qo‘llanilmoqda. Qishloq xo‘jalik xodimlari ishni yengillashtirish maqsadida olimlarimiz yangidan yangi moddalarni sun’iy struktura hosil qiluvchi polimerlarni kashf etmoqdalar. Bu moddalarni mayda va quruq bo‘lishi ularni qoplarda tashishga, yerlarga sepishga oson bo‘lishi va suvda erimaydigan, aralashadigan bo‘lishi kerak. Umuman struktura hosil qiluvchi modda sepilgan yer sug‘orilganda, yomg‘ir yog‘ib tuproq nomlanganda u modda suvda satxi bir necha marta kattalashib, tuproqning mayda zarrachalarini o‘z sirtiga oladi. Namlik ketgach tuproqning mayda zarrachalari strukturasiz donachalari polimer modda satxi orqali o‘zaro tutashib, strukturali tuproq hosil qiladi. Bunda polimer yelim rolini o‘ynaydi, mayda zarralarni go‘yo yelimlab yopishtiriladi. Bunday struktura beruvchi polimer moddalarning tuproqqa tas’ir etishi natijasida tuproqning agronomik strukturasi tubdan yaxshilanadi, hosildorlik oshadi. Bu sohada o‘zbek olimlarining yutuqlari yildan-yilga oshib bormoqda. Masalan: akademik Axmedov K.S. tomonidan poliakrilonitrit asosida K-4 nomli suvda eruvchi polimer yaratilgan. Bu polimer strukturasini yaxshilashda ishlatiladi.
Polimerlar kimyosining yutuqlari oziq-ovqat sanoatida ham katta o‘rin egallaydi. Ayniqsa, oziq-ovqatning yaxshi saqlanishida ularni sanitariya gigiyena qoidasi bo‘yicha toza saqlashda, ta’mi shirinligi, qurishini chiroyli bo‘lishida, oziq-ovqat lazzatini buzmasdan uzoq masofalarga yetishga yuqori samara beradi. Lekin polimer materiallarini oziq-ovqat sanoatida ishlatish uchun ularga juda katta sanitariya gigiyena talablari qo‘yiladi: moddalar juda toza bo‘lishi shart. Turli xil katalizatorlar, eritmalar, plastifikator, stabilizator kabi moddalarning qoldiqlari bo‘lmasligi kerak. Shuning uchun oziq-ovqat sanoatiga tavsiya etiladigan polimerlar maxsus laboratoriya ko‘rigidan o‘tadi. Ma’lumki oziq-ovqat sanoatiga ko‘plab bo‘yoqlar ishlatiladi. Masalan, non va konditer mahsulotlari, ichimliklar, kolbasa va boshqa mahsulotlarga oziq bo‘yoqlari bilan ishlov beriladi, bu ularni kurkam qiladi. Oziq-ovqat mahsulotlariga zarari bo‘lmasligi, organizmga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi kerak. Hozirgi vaqtda oziq-ovqat sanoatida ikki xil polimerlardan ishlanadigan sintetik va o‘simlik moddalaridan ekstraksiya yoki boshqa yo‘llar bilan olinadigan tabiiy bo‘yoqlar qo‘llanilmoqda [9-10].
Sintetik materiallardan, oziq-ovqat texnologiyasida foydalanish, mahsulotni qayta ishlashni bir muncha yaxshilash, sifatini saqlash, yarim fabrikatlarning oziqlik xususiyatini oshirishga imkon bermoqda. Pishloq, kolbasa, sabzavot, konfet, shokolod, sut-qatiq va shu kabi oziq mahsulotlari polimer plyonkalaridan ishlangan qopchiq yoki idishlarda tarqalishi ulardan o‘lchov materiallari sifatida foydalanish xalq xo‘jaligida katta foyda keltiradi. Oziq-ovqat mahsulotlarining xossalarini yaxshilash maqsadida ba’zi hollarda ular tarkibida yuqori molekulali birikmalar quyiladi. Masalan: muzqaymoqni quyultirish jarayonini yaxshilash maqsadida sut aralashmasi tarkibiga jelatin kraxmal kabi stabilizatorlar qo‘shiladi. Bunday tabiiy polimerlar oziq-ovqatni buzmaydi, balki yaxshilaydi uni uzoq saqlashga va ko‘rinishli bo‘lishiga samara beradi.
Polimerlar sut mahsulotlari texnologiyasida ham ishlatiladi. Sigir suti separatordan o‘tkazilsa tarkibidagi kalsiy ionlari kamayadi, kozein miqdori meyoriga keladi va sutni chaqaloqlar ovqati sifatida foydalanishi mumkin. Sariyog‘ tayyorlashda sipirator sutdagi temir, mis, marganets ionlarini ushlab qolish uchun ishlatiladi. Bunday tozalangan sut ishlatilganda sariyog‘ sifati oshadi. Qand shakar sanoatida esa, ionlar lavlagi shirasini tiniqlashtirishda keng ishlatilmoqda. Vino, konserva va sharbatlar tayyorlashda ham ishlatilmoqda.
Rado va elektrotexnika shunday tezlik bilan rivojlandiki, bunga tabiiy polimerlar yetishmay qoldi. Sintetik polimerlar radio-elektrotexnikada qo‘llanishi bunday rivojlanishni yanada yuksaltirishga yo‘l ochib berdi. Bu sohaning rivojlanishi polimer bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib qoldi va yangi-yangi polimerlar ishlab chiqarish vazifasi qo‘yildi. Bu vazifalardan biri elektr tokini izolyatsiya qiluvchi materiallar, isiqqa chidamli laklar kashf etish edi. Radio, televizor, magnitafonlar sifatini oshirish, og‘irligini kamaytirish xizmat davrini cho‘zish buyumlar xillarini ko‘paytirishda polimerlar yuqori samaralar berdi.
Sintetik polimerlar pardasi o‘zining elektr toki o‘tkazmaslik xossasini yaxshi saqlaydi. Agar dinamomashina sinchiklab qaralsa, unda bir qancha mis simdan tuzilgan va qog‘oz bilan izolyatsiya qilingan qudratli po‘lat yakorni qurish mumkin. Shuning uchun bunday yakorlarga izolyatsion laklar shimiriladi, chunki qog‘oz bilan izolyatsiya qilingan izolyator nam ta’sirida yirtilib elektr o‘tkazmaslik xossasini yo‘qotib qo‘yish mumkin edi. Izolyatsiyaga laklar shimdirlishi natijasida qog‘ozni bukilish va yirtilishdan asraydi va qog‘oz konstruksiyasi mustahkamlanadi.
Radio va elektrotexnika sohasida ishlatiladigan ekoksid kolepandlar metaldan yasalgan katta hajmli uskunalarni kichik hajmli va yuqori vaqtli kuchlanishlarga bardosh beradigan holatga keltiradi. Bu soxada ayniqsa kremniy organik kompaundli polimerlar 80 gradusdan 260 gradusgacha issiq-sovuqda ishlaydigan uskunalar yoritishga imkon beradi.
Ayniqsa bu sohadagi poliuret polimerlaridan tayyorlangan uskunalar elementlarni zich joylashtirishda, ichki kuchlanishning sezgirligini oshirishda, transformatorlar hajmini kuchaytirishda katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Polimerlar chorvachilik va baliqchilik soxasida ham katta o‘rin tutadi. Ayniqsa silos soxasidagi yutuqlari diqqatga sazovordir. Silos ustini polivinilxlorid va kaprolaktam pardalar bilan yopishsa va o‘rab qo‘yilsa silos nobud bo‘lmaydi. Oziq moddalari yaxshi saqlanadi, silos namning bug‘lanishi, uning ichiga havodan nam o‘tishi kabi hodisalar bo‘lmaydi. Xashaklarning rangi o‘zgarmaydi. Parda havo kislorodini o‘tkazmasligi tufayli siloslanuvchi massa zichlamasida silos buzilmaydi. Mustahkam ozuqa bazasini vujudga keltirishda yuqori molekulali moddalar o‘z xossasini qo‘shadi. Polimer moddalar qishloq xo‘jaligida yil bo‘yi yetishtirilgan hosilni saqlashda yuqori darajada samaralar bermoqda.
Polimerlardan yasalgan pardalar bilan paxta buntlar, ariqlar va hatto minerallarning, ustuni yopishganda ko‘zlangan maqsadlarga erishilmoqda.
Qurilish ishlarida ham sintetik polimer materiallari keng ko‘lamda ishlatilishi unga ehtiyoj kundan kun ortib borayotganidan darak berib turibdi. Demak turmush, yashash uchun ham bu sohani ham polimersiz tasavvur qilish mumkin bo‘lmay qoldi. Ayniqsa qurilish sohasida, birinchi novbatda shovqun susaytirguchi binolar qurish vazifasini qo‘ygan edi. Bu masalada olimlar, loyihachilar, quruvchilar, me’morlar, xullas shu sohaga aloqasasi bo‘lgan barcha mutahasislar bino devorlarini tovush energiyasini mumkin qadar ko‘proq qismini yutadigan qilish yo‘llarini o‘yladilar. Quruvchilarga bundan tashqari yana ko‘pgina hususiyatlarga ega bo‘lgan binolar, jumladan mustahkam, arzon, o‘tga chidamli, hidsiz, texnologik jihatdan ancha qulay tayyorlanadigan, zaharli moddalar ajratmaydigan, chang yutmaydigan xona ichlari shinam va chiroyli bo‘lgan binolar qurish kerak bundan murakkab masalani ham hal qilishda polimerlarni xissasi ancha katta bo‘ladi. Buni amalga oshirishda shisha asbest tolalar, fenolformaldegid smolasi polivinil xlorid va boshqa polimerlar ishlatila boshladi. Masalan: shovqin susaytirgichli binolar qurishda polimerlar g‘ovak qilib ishlandi bu esa shovqun susaytirgichli uylarga asos bo‘ldi. Agar qurilish sohasidagi birgini shisha plast qavatini olsak undan “Shifer” ning qalinligi 1,5 mmga teng bo‘lsa 70 kg og‘irlikdagi yukni bemalol ko‘tarib beradi. Bunday shiferlar tomga 15-20 yil chidaydi. Hozirgi turmushda polimerlar qurilish sohasidagi barcha talablarga javob bermoqda ayniqsa polivinilxloriddan tayyorlangan ro‘lon ko‘rinishidagi lilonimlar hamda plitka shaklidagi polimerlar uylar polini qoplashda beqiyos darajada qo‘llanilinmoqda.
Uning gilam shaklidagi ko‘rinishidan uylar shinam va chiroyli ko‘rinmoqda. Fenolitdan tayyorlangan polimer biton plitkalar, oshxonalarda laboratoriyalarda, sexlarda ishlab chiqarish korxonalaridagi pollarni qurishda nihoyat qo‘l kelmoqda. Hozirda esa polimerlardan uylarning rom va eshiklari tayyorlanmoqda. Quruvchilarga kimyogar olimlar yangidan-yangi har qanday talablarga javob beradigan polimerlar ixtiro qilib, qurilish sohasini kundan kunga rivojlantirmoqda. Bu sohada o‘zbek kimyogar olimlari yog‘och qoldiqlari g‘ozapoyalardan mebellar, plitkalar yaratish sohasida samarali ishlar qilmoqdalar.
Kaprolaktamning ajoyib xususiyatlaridan biri uning yaxshi dielektrikligi, ya’ni yuqori chastotali elektr tokini o‘tkazmasligidir, shu sababli u elektro texnikada ko‘p ishlatiladi. Kaprolaktamdan yasalgan har xil qalinlikdagi pardalar radiotexnika va elektrotexnikaning barcha tarmoqlarida (radiolokatsiyada, yuqori chastotali kabellar televizion va telemexanik asboblar yasashda) muhim ahamiyatga ega. Kaprolaktam suv o‘tkazmaslik xususiyati jihatdan guttoparchadan qolishmaydi. Shuning uchun undan suv ostida ishlatiladigan maxsus kabellar yasashda foydalaniladi. Kaprolaktam ishlatiladigan asosiy sohalardan yana biri undan xilma-xil deametrli trubalar ishlab chiqarishdir. Kaprolaktam trubalar metall trubalarga nisbatan 6-8 marta yengil. Ulardan suv va erituvchilarni uzoq masofalarga oqirish maqsadlarida foydalanish yaxshi natijalar bermoqda. Kaprolaktam tuz, kislota va ishqor eritmalari ta’siriga chidamliligi tufayli undan yasalgan trubalar ximiya sanoatida ham keng ishlatilmoqda. Kaprolaktamdan yasalgan uy-ro‘zg‘or asboblarining tuzlari kundan-kunga ortib bormoqda. Kaprolaktam pardalardan yasalgan qop va boshqa buyumlar oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash va konservalash tobora ko‘proq ishlatilmoqda. Bulardan tashqari hozir kaprolaktamdan g‘ovak plastlar ham olinmoqda. Ular po‘latdan 700 marta, suvdan 100 va po‘kakdan 30 marta yengil.
So‘nggi yillarda kaprolaktamdan sintetik tola olish tolalar o‘ziga namlikni deyarli yutmaydi, shuning uchun faqat texnik maqsadlarda ishlatiladi. Bunday tolalar AQSH da agilen deb ataladi.
Ma’lumki, kaprolaktam termoplastlar qatoriga kiradi, ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha oldingi o‘rinlarda turadi, qaysi texnologik jarayon bo‘yicha ishlab chiqarilishiga qarab xossalari va qo‘llanilishi har xil bo‘ladi. Masalan, yuqori bosimda olinadigan kaprolaktamning 60% ga yaqini plyonka olish uchun ishlatiladi. Bu plyonkaning afzalligi uning tiniqligi va tozaligidir (chunki, kaprolaktamda katalizator qoldig‘i deyarli yo‘q). Ikkinchidan, bu kaprolaktamdan yupqa devorli elastik buyumlarni har xil usullar bilan olish mumkin. Uchunchidan, bu kaprolaktamdan elektr toki o‘tkazuvchi simlarni izolyatsiya qilib har xil kabellar olish mumkin. Kaprolaktamdan har xil diametrga ega bo‘lgan sovuq va issiq suvga bardosh beradigan gaz va kanalizatsiya uchun quvurlar ishlab chiqarish oson va afzaldir.
Do'stlaringiz bilan baham: |