3.4. T-mahuloti asosida termik barqarorlashtiruvchi moddalarni sintez qilish texnologiyasi PVX ni termik destruksiyasi – bu bir vaqtda bir necha yo‘nalish bo‘yicha kechadigan murakkab kimyoviy jarayonlar kompleksidir. Reaksiya asosida NCI ning ajralishi sodir bo‘lib, u makromolekulalar tarkibida poliyenli tuzilmalar hosil bo‘lishiga va PVX rangining ketishiga hamda ekspluatatsion xossalarini yomonlashuviga olib keladi. Shuning uchun ham PVX ni termik barqarorlashtirish uchun T-mahsulotining qo‘rg‘oshinli tuzi asosida termik barqarorlashtiruvchi moddalarni sintez qilish talab etiladi. Bu termostabilizatorni quyidagicha olish mumkin.
Termostabilizatorlarni olish kimyoviy mexanizmini quyidagicha ifodalash mumkin: T-mahsuloti tarkibidagi benzoy kislotasi metall gidooksidlari bilan reaksiyaga kirishib, uning tuzlarini hosil qiladi.
/
Bu yerda, Me – Na, Ba, Ca va Pb
Quyidagi sxemada esa T-mahsuloti tuzlari asosida termostabilizatorlar olish texnologiyasi keltirilgan:
/
8-rasm. T-mahsuloti tuzlari asosida termik barqarorlashtiruvchi moddalarni sintez qilish texnologik sxemasi
1 - dastlabki reagentlarni o‘lchovchi idish; 2- reaktor; 3 - sintez qilingan mahsulot va ajralgan suv uchun oraliq idish; 4 - ajralgan suv uchun idish; 5 - sintez qilingan mahsulotni quritish apparati; 6-sintez qilingan mahsulotni maydalovchi barabanli tegirmon; 7- tayyor mahsulot uchun idish.
PVX ning molekulalar ichidagi degidroxlorlanishida ajraladigan NCI o‘z navbatida NCI ni yanada ko‘proq ajralishi uchun katalizator vazifasini o‘taydi. Bu noxush holatlarni oldini olish uchun organik kislotalarning metall tuzlari o‘ziga xos rol o‘ynaydi. Bu yerda asosiy vazifa NCI gazini bog‘lashdan iboratdir.
Shu maqsadda T-mahsuloti metall gidroksidlari bilan reaksiyaga kiritib, uning tuzlari sintez qilindi va texnologiyasi ishlab chiqildi.
Benzoy kislotasi asosida termik barqarorlashtiruvchi moddalarni sintez qilish texnologik jarayoni quyidagicha amalga oshiriladi: oldindan o‘lchab va tayyorlab olingan metall gidroksidlari eritmasi va benzoy kislotasi 1 o‘lchov idishidan 2 reaktorga kelib tushadi. Bu yerda komponentlar rektordagi harorat 85oS ga ko‘tarilguncha 1,5 soat davomida aralashtiriladi. Shundan so‘ng reaksion aralashma 3 oraliq idishga olinadi va sovutiladi. Sovush davomida aralashma tinib, benzoy kislotasining tuzlari cho‘kmaga tushadi va suv ajralib chiqadi. Ajralib chiqqan suv alohida 4 idishga olinadi. Cho‘kmaga tushgan kristall holatdagi benzoy kislota tuzlari quritish uchun 5 quritish apparatiga yuboriladi. Quritilgan mahsulotni maydalangan poroshok holatga o‘tkazish uchun 6 barabanli tegirmonga solinadi. Maydalangan mahsulot tayyor mahsulot sifatida 7 idishga solinadi.