3.6. Olingan PVX kompozitsiyalarining plastogrammalari
tahlili va tavsifi
3-jadvalda turli diametrdagi kanalizatsiya trubalari ishlab chiqarishda an’anaviy retsepturaning o‘zgartirilishi keltirilgan. Ushbu kompozitsiyalarning plastogrammalari Germaniyaning «Brabender» laboratoriya qurilmasida olingan bo‘lib, ular quyidagi ko‘rinishga ega:
An’anaviy retseptura plastogrammasida (8-rasm) PVX kompozitsiyasining plastikatsiya boshlanish vaqtidan to‘liq plastikatsiya vaqtigacha bo‘lgan vaqt 17 minutni, «Brabender» shnekiga tushadigan yuklanish (nagruzka) plastikatsiya boshlanish vaqtida 22% va to‘liq plastikatsiya vaqtida esa 59% ni tashkil etadi. Kompozitsiyaning 1900S dagi termik barqarorligi 45 minutni, qovushoq oquvchanlik ko‘rsatkichi esa (PTR) 0,3 g/10 min. ni tashkil etadi.
3-jadval
PVX kompozitsiyasi texnologik xossalarining komponentlar miqdoriga bog‘liqligi
1 variantga muvofiq (3 jadval) PVX kompozitsiyasi tarkibiga 1,0 massa birligida T-mahsulotining kalsiyli tuzi qo‘shilganda va BMR-9-1 kompaundi esa 1,0 massa birligigacha kamaytirilgan. Bu holatda plastogramma quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi (11- rasm). Rasmdan ko‘rinib turibdiki, plastikatsiya vaqti 6 minutgacha kamayadi, bu esa elektr energiyasini sezilarli darajada iqtisod qilishga olib keladi. Qovushoq oquvchanlik ko‘rsatkichining (0,2 g/10 min) kamayganligi polimer makromolekulasi massasi va materialning fizik-mexanik mustahkamligini ortishiga, termik barqarorlikni esa 65 minutgacha oshishiga olib keldi. Olingan ko‘rsatkichlar an’anaviy retseptura bilan taqqoslanganda ko‘p tomonlama ustun ekanligi aniqlandi.
7 variantga muvofiq (3 jadval) PVX kompozitsiyasi tarkibidan BMR-9-1 kompaundi to‘liq olib tashlanib, T-mahsulotining kalsiyli tuzi miqdori (1,7 massa birligida) va gossipol smolasi (2,0 massa birligida) oshirildi. Natijada quyidagi ko‘rsatkichlarga erishildi: plastifikatsiyalanish vaqti 8 minut, qovushoq oquvchanlik ko‘rsatkichi 0,3 g/10 min va termik barqarorlik esa 66 minutni tashkil etdi.
XULOSA
1. Ikkilamchi chiqindi T-mahsuloti asosidagi natriy, kalsiy, bariy, qo‘rg‘oshin, kalsiy-qo‘rg‘oshin, bariy-qo‘rg‘oshin saqlovchi stabilizatorlar sintezi hosilasining mahsulotlari PVX kompozitsiyasiga kompleks ta’sir qiluvchi yuqori samarali stabillovchi qo‘shimchalar ekanligi aniqlandi.
2. T-mahsuloti asosidagi tuzlar PVX ning termik va termooksidlanish destruksiyasi tezligini sezilarli darajada kamayishi va birinchi navbatda makromolekulalarda =S=S= qo‘shbog‘lar hosil bo‘lish jarayonini ingibirlashi va vodorod xloridni polimerlar destruksiyasiga katalitik ta’sirining kamayishi aniqlandi.
3. PVX kompozitsiyalari uchun an’anaviy stabilizatorlar santanoks va difenilolpropanlarni T-mahsuloti tuzlari bilan birgalikda qo‘llanilganda stabillovchi sinergetik kuchlanish samaradorlik ta’sirlari aniqlandi.
4. Sanoat chiqindisi T-mahsuloti asosida sintez qilingan stabilizatorlar PVX asosidagi kompozitsion polimer materiallar tarkibidan ajraladigan vodorod xloridni yutib qolishi aniqlandi. Tadqiqot natijalari stabilizatorlar sifatida T-mahsuloti tuzlarini hamda kompozitsiyani yog‘lanish xususiyatlarini yaxshilash maqsadida qo‘shilgan gossipol smolasini PVX tarkibida qo‘llab qo‘rilganda o‘zining fizik-texnologik ko‘rsatkichlari bilan standart kompozitsiya talablariga to‘la mos kelishi aniqlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |