2.3. Moliyaviy tadbirkorlik Tijorat banklari va fond birjalari moliyaviy tadbirkorlik uchun faoliyat kо‗rsatuvchi maqom bо‗lib
xizmat qiladi. Ushbu bozor institutlarining mohiyati nimada?
Tijorat banki – aksiyador turdagi moliyaviy-kredit muassasasi bо‗lib, asosan pul
omonatlarini (depozitlarni) qabul qiluvchi va mijoz kо‗rsatmasi bilan boshqa hisob-kitob operatsiya-
larni amalga oshiruvchi tijorat tashkilotlariga pulli xizmat kо‗rsatadi. Tijorat banklarining daro mad
manbai depozit (jalb etilgan) va ssuda mablag‗lari о‗rtasidagi farqlardan shakllanadi.
Tijorat banklari operatsiyalari passiv (mablag‗larni jalb etish), aktiv (mablag‗larni
joylashtirish), komission-vositachi (komission tо‗lovlari bо‗lgan mijozlarning topshiriqlarini
bajarish) kabi uch guruhga bо‗linadi.
Tijorat banklari mablag‗larni katta muddatga olib, kichik muddatga qarzga beradi. Bu banklar
kreditorlarga oldindan belgilangan foizlarni tо‗lash bilan bog‗liq tijorat tavakkaliga mubtalo bо‗ladi.
Shu sababli bank berilgan qarzlari turli sabablarga kо‗ra о‗z vaqtida qaytmasligini hisobga olib,
ma‘lum pul zaxirasiga ega bо‗lishi kerak.
1996 yil 25 aprelda qabul qilingan О‗zbekistan Respub-likasining «Banklar va bank faoliyati
tо‗g‗risida»gi qonunida tijorat banklari faoliyatining barcha huquqiy asoslari aniq belgilab berilgan.
1996 yilning birinchi choragida tijorat bank-lari vakillik hisob raqamlarini Markaziy bank hisob-
kitoblar markaziga о‗tkazish tо‗liq tugallandi va kliring markazlari tugatildi. Bu hudud ichidagi
banklar о‗rtasida operatsiyalarning sanoqli soatlarda о‗tkazilishiga imkon beradi.
Hozirgi kunda О‗zbekiston Respublikasida bir qancha tijorat aksionerlik banklari faoliyat
kо‗rsatmoqda. Tijorat banklari milliy iqtisodiyotning turli soha va tarmoqlari, korxona va
tashkilotlari, xо‗jalik va tadbirkorlik subyektlarini kredit-lash, moliyalash va ularga hisob-kitob
xizmati kо‗rsatishni amalga oshiradi. Banklar faoliyati tо‗la mustaqildir. О‗z resurslari yetmay
qolganda ular boshqa banklardan yoki Markaziy bankdan kredit olishl ari mumkin.
Fond birjasi. Moliyaviy tadbirkorlikning elementlaridan yana biri fond birjasidir.
Kapitalning kо‗payishi, aktivlarning haqiqiy narxini aniqlashga qaratilgan qimmatbaho qog‗ozlar
bozoriga fond birjasi deyiladi. Fond birjasining faoliyat tamoyili talab va taklifni tezkor
tartiblashtirishdan iboratdir. Fond birjalarida qimmatbaho qog‗ozlarning kopirovkasi о‗tkazi-ladi.
Bunga muvofiq birjaning kopirovka bо‗limi mutaxassislari birja orqali о‗tayotgan barcha qimmatbaho
qog‗ozlarning harid kursi va sotuv kurslarini muntazam ravishda baholab boradilar. Joriy kurslar esa
doimo chiroqli tabloda yozilib, maxsus byulletenda chop etiladi. Joriy kurslarga binoan shu vaqt shu
birjada ma‘lum aksiyalarni sotish yoki sotib olish narxlari aniqlanadi. Bu narx-lar maxsus formula
yordamida chiqarilsa, ular birja faolligining indeksini aniqlash uchun asos bо‗ladi. Birja faolligi iqtiso-
diyotda sodir bо‗layotgan ahvolni о‗ziga xos ravishda aks ettiradi.
Shu bilan birga, davlat monopolistik kapitalizm sharoitida qimmatbaho qog‗ozlar savdosida
birja roli ancha pasaydi. Buning asosiy sababi kuchli kredit-moliya institutlarining yuzaga
kelishidadir. Ular qimmatbaho qog‗ozlar savdosini birjalarsiz olib boradilar. Qimmatbaho qog‗ozlar
savdosida birjalar roli tushib ketganiga sabab, davlat obligatsiyalarining qimmatbaho qog‗ozlar
umumiy hajmidagi salmog‗i oshganligidadir.
Hozirgi vaqtda О‗zbekistonda ham fond birjalari о‗z faoliya-tini amalga oshirib kelmoqda.