Saylov kodeksiga kiritilgan yangiliklar:
Saylov kodeksining 44-moddasiga ko‘ra
YEXHTning Demokratik institutlar v inson huquqlari bo‘yicha byurosining tavsiyasi asosida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarining, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, boshqa harbiylashtirilgan bo‘linmalar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining, sudyalarning, saylov komissiyalari a’zolarining, diniy tashkilotlar professional xizmatchilarining saylovoldi tashviqotini olib borishi taqiqlandi.
Mazkur qoida saylovoldi tashviqotini teng imkoniyatlar va shaffoflik asosida o‘tkazilishiga, siyosiy partiyalar o‘z imkoniyatlaridan teng foydalanishlariga zamin yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |