Saylov kodeksiga kiritilgan yangiliklar:
Saylov kodeksi 271-modda bilan to‘ldirilib, unga ko‘ra chet davlatlarda turgan fuqarolarni saylovchilar ro‘yxatlariga kiritish bo‘yicha quyidagi tartiblar belgilandi :
Saylovchilar ro‘yxatini tuzish tartibi;.
Chet davlatlarda tuzilgan uchastka saylov komissiyalari fuqarolarni saylovchilarning ro‘yxati bilan tanishish joyi va vaqti to‘g‘risida xabardor qilishi;
Chet davlatlardagi fuqarolarning saylovchilar ro‘yxatiga kirish uchun saylovdan 15 kun oldin o‘sha joydagi saylov uchastkasiga yoki elektron tarzda Tashqi ishlar vazirligi veb-sayti orqali murojaat qilishi;
Chet davlatlardagi saylov uchastkalarida fuqarolarni saylovchilar ro‘yxatiga kiritish masalasini hal qilish;
Tashqi ishlar vazirligiga saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan fuqarolar haqidagi ma’lumotni taqdim etish;
Tashqi ishlar vazirligi mazkur ma’lumotni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markaziga Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatiga tuzatishlar uchun taqdim etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |