Saylov kodeksiga kiritilgan yangiliklar:
Saylovchining chet davlatda turgan joyida ovoz berish tartibini belgilovchi 561-modda kiritilib, ushbu norma bilan quyidagilar belgilandi:
Chet davlatlardagi saylovchilarning saylovda muddatidan oldin ovoz berishni turgan joyida o‘tkazishi mumkinligi;
Turgan joyida ovoz berish vaqti va joyi to‘g‘risida saylovchilar va kuzatuvchilarni OAV orqali xabardor qilish;
Turgan joyida ovoz berishda USKning kamida ikki nafar a’zosi ishtirokida muddatidan oldin ovoz berishni tashkil etilishi;
Ko‘chma ovoz berish qutisini ochish, byulletenlarni sanamasdan maxsus qopga joylash, surg‘uchlash va dalolatnoma tuzish hamda saylov kuni sanoq boshlangunga qadar saqlash .
Do'stlaringiz bilan baham: |