Mini tadqiqotlar o’tkazish Ijodiy topshiriqlar
Infografika tuzish
Darslarning metodik ishlanmalarini tayyorlash
Vedeorolik yaratish Tezis va maqolalar tayyorlash
O‘qitiladigan fanning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, mustaqil ta`limni tashkil etishda boshqa shakllardan ham foydalanish mumkin. Talabalarga qaysi turdagi topshiriqlar berilishi kafedra tomonidan belgilanadi. Topshiriqlar puxta o‘ylab ishlab chiqilgan va ma’lum maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lib, talabalarning auditoriya mashg‘ulotlarida olgan bilimlarini mustahkamlash, chuqurlashtirish, kengaytirish va to‘ldirishga xizmat qilishi kerak.
Fanlar bo’yicha mustaqil ta’limni amalga oshirish shakllarining izohi
1.Case-study” (inglizcha sase - to’plam, aniq vaziyat, stadi - ta’lim) aniq, real yoki sun’iy ravishda yaratilgan vaziyatning yechimi, variantlarni izlashga, tahlil etilishiga yo’naltiradigan muammoli-vaziyatga asoslanadigan ta’lim uslubidir.
“Case-study” metodining maqsadi aniq, real yoki sun’iy yaratilgan muammoli vaziyatlar bo’yicha tanqidiy, kreativ, ijodiy fikrlash va eng maqbul variantlarni topish ko’nikmalarini shakllantirishdan iborat.
Undan foydalanish mobaynida talabalardan aniq, real muammoli vaziyatlarni tahlil qilish, muammoning mohiyatini ko’rib chiqish, mumkin bo’lgan variantlarni taklif etish va ulardan eng maqbulini tanlash so’raladi.
“Case-study” metodining asosiy vazifalari:
aniq, real yoki sun’iy yaratilgan muammoli vaziyatni tahlil qilish ko’nikmalarini hosil qilish;
muammo bo’yicha tanqidiy, kreativ, ijodiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish;
muammoli vaziyatlarni har tomonlama tahliliy o’rganishga odatlantirish;
muammoli vaziyatlar bo’yicha maqbul variantlarni mustaqil izlanish ko’nikmalarini shakllantirish;
muammoli vaziyatlarni yechishda ijodiy, mantiqiy tafakkur va mustaqil izlanish ko’nikmalarini rivojlantirish.
“Case-study” shaklidagi mustaqil ta’limni bajarish bo’yicha uslubiy ko’rsatma
Professor-o’qituvchi uchun:
mavsu yuzasidan aniq, real yoki sun’iy yaratilgan muammoli vaziyatlarni ishlab chiqish;
taklif etilgan aniq, real yoki sun’iy yaratilgan muammoli vaziyatlar bo`yicha ma’lumotlarni shakllantirish;
keysga (muammoli vaziyatlar) ga tegishli asosiy savollarni ajratish;
muammoli vaziyatlar bo’yicha maqbul variantlarni ishlab chiqish.
Talabalar uchun:
fan miqyosida mavzu yuzasidan aniq, real yoki sun’iy yaratilgan muammoli vaziyatlar yechimini tahlil qila olish;
Do'stlaringiz bilan baham: |