1-MA’RUZA
Kirish. “Muhandislik va kompyuter grafikasi” fani va uning vazifasi. Proeksiyalash usullari. Markaziy va parallel proyeksiyalash usullari. G.Monj usuli. Nuqtaning ortogonal proeksiyasi. Choraklar.
Muhandislik va kompyuter grafikasi fani haqida ma’lumot. Turli geometrik figuralarni tekislikka proyeksiyalash usullari. G.Monj usuli.
1. Kirish.
2. “Muhandislik va kompyuter grafikasi” fani.
3. Proeksiyalash usullari:
a) Markaziy proeksiyalash.
b) Parallel proeksiyalash .
4. Monj metodi.
Tayanch so`z va iboralar:
Proyeksiya tekisligi, proyeksiyalovchi nur, oktant, nuqta, epyur, to`g`ri chiziq, koordinata o`qlari.
Kirish.
Tasvirning o`zida o`lchash va har-xil konstruktiv masalalarni уechish imkonini beradigan aniq chizmalarga bo`lgan ehtiyojlarni vujudga kelishi, hozirgi zamon mashinasozlik chizmalari tipidagi maxsus chizmalarni kelib chiqishiga sabab bo`ldi. Bunday chizmalar yasash nazariyasi chizma geometriyaining to`g`ri burchakli(ortogonal) proektsiyalar bo`limida bayon etiladi.
Chizma geometriya o`quv fani sifatida birinchi marta fransuz olimi Gaspar Monjning 1798 yilda nashr etilgan «Geometriy descriptive» degan asari natijasida vujudga keldi. Monj o`zining bu asarida fan va texnikaning taraqqiy qilishi natijasida dunyodagi bir qator mamlakatlarda ortogonal proektsiyalar bo`yicha orttirilgan ayrim qoida va usullarni ilmiy sistemaga soldi hamda har taraflama ishlab chiqdi.
Shuning uchun chizma geometriya kursida otrogonal proektsiyalar metodi Monj metodi deb ataladi.
Chizma geometriya fani Monj zamonasidan boshlab, barcha mamlakatlardagi texnik maktablarda o`qitila boshlandi.
Chizma geometriyainig nazariy asoslarini o`sishi Evgraf Stepanovich Fedorov(1853-1919), Nikolay Aleksуevich Rening(1877-1942), Nil Aleksandrovich Vlagolov (1888-1945), Aleksandr Ivanovich Dobriyaruxin (1895-1947), Nikolay Fedorovich Chetveruxin(1891-1974) va boshqalarning asarlarida aks ettirildi. «Chizma geometriya «faniga o`zbek olimlaridan Yu. Qirg`izboуev, R. Xorunov, Sh. Murodov, Sobitovlar katta hissa qo`shgan.
“Muhandislik va kompyuter grafikasi” fani fazodagi turli uch o’lchamli obyektlarni va ulardagi bog’liqliqlarni, tekislikdagi ikki o’lchamli chizmalar ko’rinishidagi fazoning grafik modellari asosida shu obyektlarning fazoviy xususiyatlarini tasavvur qilish, fazoviy konstruktiv-geometrik tuzilmalarini mantiqiy tahlil qilish va umumlashtirish bilan bog’liq bo’lgan fikrlash qobiliyatlarini oshirish va rivojlantirish bo’yicha yo’nalish profiliga mos, ta’lim standartida talab qilingan bilimlar darajasida ta’minlashdir. Bundan tashqari “Kompyuter grafikasi” qismida, “Chizma geometriya va mashinasozlik chizmachiligi” qismidan olgan bilim va ko’nikmalariga asoslangan holda grafikaviy axborotlarni kompyuterdan samarali foydalanilgan holda AutoCAD tizimida ularni kiritish va chizmalarini chiqarishdan iboratdir. Mashinasozlik detallarining chizmalarini loyihalashning avtomatlashtirilgan tizimida 2D o’lchamli chizmalarni chizishdan iboratdir.
Narsaning qog`ozdagi har qanday tasviri ham shu narsaning geometrik shakli to`g`risida aniq tasavvur beravermaydi. Narsaning geometrik shakli to`g`risida aniq tasavvur olish uchun uning tasviri (chizmasi) tekislikdagi (o`zgargan) shaklidan fazodagi haqiqiy shakliga o`tish imkonini beruvchi ma`lum geometrik qoidalar asosida yasalgan bo`lishi lozim.
Fazoviy narsaning tekislikdagi ana shunday geometrik tasviri proektsiyalar metodi yordami bilan chiziladi.
Chizma geometriya kursidan ko`zda tutiladigan maqsad quyidagilardir:
1. Fazoviy shakllarni(narsalarni) tekislikda proektsiyalash metodi bilan tasvirlash nazariyasini va tasvirlar yasashni o`rgatish.
2. Bu tasvirlarni(chizmalarni) o`qishni o`rgatish.
3. Fazoviy shakllarga oid konstruktiv va metrik masalalarni shu shakllarning tekislikdagi tasvirlarida yasash yo`li bilan уechish usullarini o`rgatish.
4. Talabaning fazoviy tasavvurini o`stirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |