Halqasimon va tarmoqlangan gaz tizimlari sxemalari.
Rejada joylashishi bo‘yicha gazlashtirish tizimlari ikki turga bo‘linadi: halqasimon, boshi berk yoki tarmoqlangan tizimlar.
Halqasimon tizimlar o‘zaro bog‘liq bo‘lgan tutash, halqasimon gaz quvurlaridan iborat bo‘ladi. Bunday tizimning asosiy afzalligi ularning ishonchligidir. Chunki gazlashtirish tizimining biron-bir uchastkasida avariya sodir bo‘lib, gaz oqimi berkilib qolsa, avariya bo‘lgan uchastkadan keyin joylashgan (gaz oqimi bo‘yicha) iste’molchilarga gaz qo‘shni halqasimon quvur orqali yetib boradi va iste’molchilarning gazsiz qolishga yo‘l qo‘yilmaydi. Lekin bunday tizimlarning kamchiligi ulardagi gaz quvurlari umumiy uzunligining kattaligi va natijada qurilishga ko‘p kapital mablag‘ talab qilishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |