a) b)
v) g)
1.30-shakl
M1 nuqtadan tekislikning П1 gorizontal iziga perpendikulyar qilib q1 to‘g‘ri chiziqni o‘tkazamiz. Tekislikning П1 gorizontal izida esa N1 nuqtani aniqlaymiz. Ox o‘qidagi N2 nuqtani M2 bilan birlashtirib q2 to‘g‘ri chiziqni aniqlaymiz. Bunda q1 qiyalik chizig‘ining gorizontal, q2 esa frontal proeksiyalari bo‘ladi. Qiyalik chizig‘ining haqiqiy uzunligini to‘g‘ri burchakli uchburchak usuli bilan aniqlaymiz. Gipotenuza bilan q1 katet orasidagi burchak tekislik bilan П1 gorizontal proeksiyalar tekisligi orasidagi burchakni ifodalaydi.
1.13. To‘g‘ri chiziq va tekisliklarning o‘zaro vaziyatlari
Tekisliklar fazoda o‘zaro parallel yoki kesishgan bo‘lishi mumkin. Kesishgan tekisliklar xususiy holda o‘zaro perpendikulyar bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |