8.Qoya gruntlari va uning xususiyatlari qanday?
J: Qoya gruntlar va ularning xususiyatlar: Qoya gruntlar kristall bog’lanishga ega bo’libm donalari o’zaro mustahkam (bikr ) bog’langan.Ularning siqilishga mustahkamlikgi >5 mpa dan kam bo’lmaydi
9. Qumlar va ularning qanday xususiyatlarini bilasiz?
J: Qumli gruntlar - zarrachalarining o’lchami 2 mm – 0.05 mm gacha bo’lgan gruntlar bo’lib, mineralogik tarkibida kvars, dala shpati, slyuda kabi minerallar uchraydi, tarkibida changsimon zarralar ham uchrashi mumkin. Qumlar tabitda zichlangan va zichlanmagan holatda bo’lishi mumkin. Donalarining silliqlanish darajasi ularning genetik turiga bog’liq bo’ladi Suvga to’yingan qumli gruntlarga ishlov berilishi natijasida ularning muvozanati buziladi va tuzilishi o’zgarib, oquvchanlik holatiga keladi, qumlarda harakatlanish tez bo’ladi, chunki suv qumdan ajiralmagan holda birga oqadi. Bunday qumlardagi jarayon quyqalanish deb ataladi. Qumli gruntlar sochiluvchan gruntlarga kiradi va ularga kuch ta’sir etganda o’z shaklini saqlay olmaydi, shakli buziladi. Sochiluvchan gruntlarning mustahkamligi ularning zichligiga, namligiga bog’liq bo’lib, zichlangan holatda soz, aks holda nosoz zamin hisoblanadi
10. Yirik bo`lakli gruntlar va ularning xossalari?
J: Yirik bo’lakli gruntlar – bunday gruntlarga donalarining o’lchami 2 mm dan katta bo’lgan gruntlar kiradi. Donalarining silliqlanish darajasi ularning genetik turiga bog’liq. Yirik bo’lakli gruntlarga misol – harsang tosh, g’o’latosh, shag’al, mayda shag’al,chaqiqtosh Yirak bo’lakli gruntlar bosim ta’sirida kam siqiladi,siljishga mustahkamligi, suvga chidamliligi – ularning muhim xususyatlaridan biridir. Suv o’tkazuvchanligi 1 sutkada 100 m dan ortadi
11. Gilli gruntlar va ularning xususiyatlari?
J: Gilli gruntlar deb zarralari o’zaro bog’langan gruntlarga aytiladi. Suvga chidamliligiga qarab 2 turga bo’linadi. 1.Suvga chidamli gilli gruntlar - argelit, alevrolit, glina 2.Suvga chidamsiz: supes, suglinok, glina 2 – turdagi gilli gruntlar holati (konsistentsiya) ga qarab 3 guruhga bo’linadi: 1)Qattiq, yarim qattiq gilli gruntlar 2)Plastik holatidagi gilli gruntlar 3)Oquvchan holatidagi gilli gruntlar Gilli gruntlar tabiatda juda keng tarqalgan bo’lib, ko’pgina inshootlarning zamini bo;lib xizmat qiladi. Ko’pincha bu gruntlarning qurilish xossalari salbiy xususyatga ega bo’ladi. Shuning uchun gilli gruntlar yotish holatini, qalinligini, tarkibini, fizik – mehanik xususyatlarini jumladan siqilishini, zichligini, ko’pchishini aniqlash zarur.
12. Lyoss va lyossimon gruntlar va ularning qanday xususiyatlarini bilasiz?
J: Lyoss va lyossimonlar,ularning xususyatlari: Lyoss so’zi adabiyotga nemis olimi K.G. Leonard tomonidan 1823 yilda kiritilgan bo’lib, bo’shoq, uvalanadigan” degan ma’noni anglatadi. Lyoss tabiatda tarqalgan bo’lib,ko’pgina inshootlarning zamini bo’lib xizmat qiladi va uning qalinligi bir necha metrdan bir necha yuzlab metrga yetadi O’zbekistonda lyossning qalinligi 100 m dan ortiq. Markaziy Osiyodagi va O’zbekistondagi lyoss va lyossimon gruntlarning tarkibini, tuzilishini, xissalarini birinchi bo’lib o’rgangan olim G’.O Mavlonov bo’lib, u lyossning i asosiy xususyatlarini aniqlagan. 1)Sarg’ishtir, qizg’ish - qo’g’ir rangga ega 2)G’ovakligi juda katta >46 % ko’p 3)Granulometrik tarkibi bir xil, yani rang fraksiyasining miqdori 70 % dan ko’p 4)Tarkibida Ca,Mg karbonatlarining ko’pligi (umumiy miqdoriga nisbatan ularning miqdori 5% dan ko’p) 5)Lyoss tarkibida yirik bo’lakli tog’ jinslarining bo’laklari uchramaydi. 6)Lyossni quruq hamda ishlov berilganda tik zov hosil qiladi. 7)Ularga suv ta’sir etganda cho’kuvchanlik xususyatiga ega. Agar yuqoridagi 7 ta xususyatning hamlmasi gruntlarda uchrasa, bunday tog’ jinslari lyoss deyiladi. Agar ularning bittasi yoki bir nechtasi bo’lmasa, bunday gruntlar lyossimon gruntlar deyiladi. Ular lyossimon supes va lyossimon suglinok bo’lishi mumkin
13. Fraksiya nima ularning turlari?
J: Fraksiya deb, o’lchamlari va xossalari bir xil bo’lgan grunt donechalariga aytiladi. Gruntlarning tarkibida turli xil fraksiyalar uchraydi. 1)Shag’al fraksiyasi – 2mm – 70 mm 2)Qum fraksiyasi – 2 - 0.05 mm 3)Chang fraksiyasi – 0.05 – 0.005 mm 4)Gill fraksiyasi – <0.005 m
Do'stlaringiz bilan baham: |