160
21. JINS VA JOYLARNING MUXANDISLIK-GEOLOGIK TA’RIFI
Muhandislik-geologik ma’lumotlarni aniqlash uchun juda ko’p va amalda
qo’llaniladigan tadqiqot usullari mavjud. Muhandislik inshootlarini qurishda va
ularda foydalanishda, muhandislik-geologik sharoitlarni ta’sir
etishiga baho
berishda mavjud usullar doimiy ravishda takomillashtirib kelingan. Ularni
sharoitlari, xususiyatlari va belgilarini aniqlash uchun yangi usullar ishlab
chiqilmoqda.
Tadqiqotlar majmuasini tanlash muhandislik inshootlar turi va muhandis-
geologik ishlarni bosqichlariga bog’liqdir. Turli bosqichlarda turli usullar
qo’llanilishi mumkin. Muhandis-geologik ma’lumotlarni
bir qismi joyni, yer
yuziga chiqib turgan tog’ jinslarini, burg’ilash quduqlaridan olingan namunalarni
o’rganish va tasvirlash (yozish) yordamida amalga oshiriladi.
Muhandis-geologik va gidrogeologik xaritalash (s’yomka) jarayonida
marshrutlarni tashkil qilish uslublari va joylarni tasvirlash (yozish) deyarli bir
biridan farq qilmaydi. Gidrogeologik izlanishlar uchun bu ishlarni nisbatan batafsil
keyinroq ko’rib chiqamiz. Hozir esa muhandis-geologik
maqsadda joylarni
tasvirlash (yozish) uchun: geomorfologik sharoitlarga, tog’ jinslarining yotish
sharoitlariga, kuzatiladigan fizik - geologik ko’rinishlarga, gidrogeologik sharoit
va suvlarni namoyon bo’lishlariga (manbai, joylarni botqoqliligi v b.) tavsif
(xarakteristika) berish kerak. Tabiy sharoitdagi va kon lahmlaridagi tog’
jinslarining tavsifi muhandis - geologik tadqiqotlarning
yakuniy maqsadini
aniqlovchi o’ziga xos xususiyatlarga ega.
Muhandis-geologik tavsifni bajarishda tog’ jinslari tavsiflari asosida
geologik kesmalarni tuzish kerak bo’ladi. Muhandis-geologik maqsadlar uchun
tuzilgan bunday kesmalarning aniqlik darajasi nafaqat qabul qilingan masshtabiga
bog’liq, balki inshoatning turiga va muhandis-geologik tadqiqotlarning
bosqichlariga ham bog’liq bo’ladi. Muhandis-geologik tadqiqotlardagi kesmani
qo’shimcha elementlarini hisobga olishda (boshqa
maqsadlarda tuziladigan
geologik profillarda e’tiborga olinmasa ham) quyidagilar zarur:
161
1) tog’ jinslari kesimini batafsil tavsiflab berish, keyinchalik inshoatning
ta’sirida yuzaga keladigan gruntdagi (u yoki bu inshoatning tabiiy asosini tashkil
qiluvchi gruntdagi) kuchlanishni xarakterini inobatga olib geologik elementlarning
har birining rolini aniqlash. Shu bilan birga albatta gidrogeologik ma’lumotlar
ham aks ettirilishi kerak
2) bir xil tarkibli jinslarni ularning genezisi, mineralogik tarkibi, teksturasi,
strukturasi, fizotexnik xususiyatlarini hisobga olib
muhandis-geologik turlarga
o’tkazish;
3) tog’ jinslarining muhandis-geologik elementlarini ajratish uchun
muhandis-geologik turlardagi jinslarning fizik-texnik xususiyatlarini o’rganish;
Gruntlarning tarkibini yozish (tasvirlash) s’emka (xaritalash)
jarayonida,
burg’ilash va tajriba, ajratib olingan monolitlarni o’rganishdan so’ng bajariladi.
Jinslarni yozish (tasvirlash) birlamchi va kontrol yozishlarga ajratilinadi. Birlamchi
yozishni (tasvirlashni) tog’ lahimlarini o’tish vaqtida amalga oshiriladi: asos
(fundament) jinslarni ochish uchun qazilgan 0,5 m qalinlikgacha qazilgan o’rasifat
tog’ lahimlarda (bunday yozishlar izlov va qidiruv ishlarining har bir bosqichida
olib boriladi), kanavalarda, shurflarda, 1 - 1,5 metr o’tilgan shaxtalarda. Burg’ilash
jarayonida quduqdan har bir chiqarib olingan jins yoziladi.
Gruntlarning tarkibini yozish (tasvirlash) s’emka (xaritalash) jarayonida,
burg’ilash va tajriba, ajratib olingan monolitlarni o’rganishdan so’ng bajariladi.
Jinslarni yozish (tasvirlash) birlamchi va kontrol yozishlarga ajratilinadi. Birlamchi
yozishni (tasvirlashni) tog’ lahimlarini o’tish vaqtida amalga oshiriladi: asos
(fundament) jinslarni ochish uchun qazilgan 0,5 m qalinlikgacha qazilgan o’rasifat
tog’ lahimlarda (bunday yozishlar izlov va qidiruv ishlarining har bir bosqichida
olib boriladi), kanavalarda, shurflarda, 1 - 1,5 metr o’tilgan shaxtalarda. Burg’ilash
jarayonida quduqdan har bir chiqarib olingan jins yoziladi.
Kesmalarni o’rganish va yupqa qatlamchalarni ajratish jinsning shtamplarni
bosishiga qarshiligini - penetratsiyani aniqlashga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: