Muhandislik - geologik rayonlashtirish
. Muhandislik - geologik rayon-
lashtirish sharoitlarga qarab, territoriyalarni qismlarga (regional oblastlar, rayonlar
va boshqalarga) ajratish mumkin. Maxsus xaritalar qurilishning konkret turlariga
yoki inshootlariga nisbatan tuziladi. Ular qurilish territoriyasining muhandislik-
geologik sharoitini baholash va muhandislik - geologik hodisalarni oldindan aytish
uchun zarur.
Muhandislik - geologik xaritalar masshtabi ulardan ko’zda tutilgan
maqsadga bog’liqdir:
1) Umumiy (yoki sxematik) muhandislik - geologik xarita katta joylar
uchun tuzilib, masshtabi 1:500000 va undan mayda bo’ladi. Bunday joylarning
muhandislik - geologik sharoiti umuman beriladi. Bunday xaritalar respublika
yerlarini planlashtirishda tuziladi;
2) O’rtacha muhandislik - geologik xarita masshtabi 1:200000 dan to
1:100000 gacha alohida gidrotexnikaviy inshootlar, sanoat korxonalari, aholi
punktlari qurilishini loyihalashda bog’lashga asoslangan;
3) Yirik (1:10000 va undan katta) masshtabli xaritalardan shahar
territoriyasidagi qurilishda, konkret sanoat ob’ektlari qurilishini loyihalashda
foydalaniladi.
27.4. Muhandislik geologik hisobot
Muhandislik – geologik hisobot muhandislik - geologik qidiruv ishlari
hisobotidir. Hisobot mazmuni va hajmi loyihalash bosqichiga bog’liq bo’ladi.
Hisobot to’rtta qismdan; umumiy, maxsus, grafika qismidan va muhandislik -
197
geologik qisqacha yozma bayonotidan iborat bo’ladi. Hisobot mazmuni va hajmi
loyihalash bosqichiga bog’liq bo’ladi.
Hisobotning umumiy qismida tadqiqotlarning maqsadlari, vazifalari,
tarkibi, bajarilgan ishlarning hajmi va xarakteristikasi, ishtirok etgan shaxslar,
tekshiruv rayoni joylashgan yer va bajarilgan ish vaqti ko’rsatiladi. Hisobotning
birinchi bobida qurilish maydonining fizikaviy geografik sharoitlarini tushuntiruv
yozuvlari berib o’tiladi. Ikkinchi bobida uni geologik va muhandislik – geologik
nuqtai nazardan o’rganilganligi, geologik tuzilishining xarakteristikasi, tektonikasi,
gidrogeologik sharoiti, fizikaviy - geologik jarayonlar sodir bo’lishligi yoritilgan
bo’lishligi lozim.
Hisobotning maxsus qismida qurilish maydonining konkret uchastkasining
muhandislik - geologik xarakteristikasi, bu uchastkadagi gruntlarning fizikaviy -
mexanik xususiyatlari, mazkur qurilishga tadbiq qilinadigan mustahkamlik
xususiyatlari, geodinamik jarayonlarni binoning qurilishi va ekspluatatsiyasiga
ta’siri, bu jarayonlarni oldini olishga qaratilgan tadbirlarni tavsiyanomasi
ko’rsatiladi.
Hisobotning mustaqil qismi chizma va ba’zan jadval materiallaridan
tashkil topadi. Hisobotning chizma qismi turli xaritalar, geologik - gidrogeologik
qirqimlar, kolonkalar va boshqalardan iboratdir. Matnli qismda o’tkazilgan dala va
laboratoriya materiallarining turli jadval ko’rinishi, yer osti suvlari va geodinamik
jarayonlarning kuzatuvlarini, gruntning mustahkamlik xossalari hisobotlari
jadvallari keltiriladi. Hisobot xulosa bilan tugaydi va foydalanilgan adabiyot va
materiallar ko’rsatiladi.
198
Do'stlaringiz bilan baham: |