25. MUHANDISLIK - GEOLOGIK QIDIRUV ISHLARIDA
QO’LLANILADIGAN GEOFIZIKAVIY TEKSHIRISH USULLARI.
ELEKTRORAZVEDKA. SEYSMORAZVEDKA. MAGNITORAZVEDKA.
RADIOAKTIV USULLAR
Tadqiqotlarni geofizik usullari
odatda razvedka ishlariga yo’ldosh
bo’ladi va ba’zi xollarda shurflash va burg’ulash ishlarini xajmini keskin
kamaytirish imkonini beradi. Ko’p xollarda ular boshqa tadqiqotlar bilan parallel
qo’llaniladi. Ularni yordamida jinslarni va yer osti suvlarini fizik va ximik
xususiyatlarini, yotish sharoitlarini, yer osti suvlarini xarakatlarini, fizik - geologik
va muxandislik - geologik xodisalar va jarayonlarni o’rganish mumkin.
Injener-geofizik tadqiqotlar amaliyotida asosiy o’rinni elektrometriya va
seysmometriya egallaydi.
Seysmik usullar
tabiiy sabablardan yoki maxsus o’tkaziladigan portlash-
lardan hosil bo’ladigan seysmik tebranishlarni tarqalish tezligini farqlanishiga
asoslangan. Oxirgi vaqtlarda injener-geologik ishlarda bir kanalli mikroseysmik
qurilmalar ishlatilmoqda. Ularni yordamida qoplamalar ostidagi qoyali jinslarni
yotish chuqurligini belgilash, daryo vodiylari tubini aniqlash karst bo’shliqlari,
grunt suvlari satxi, doimiy muzliklardagi erigan jinslar qalinligini
aniqlash mumkin.
Murakkab geologik tuzilishiga ega bo’lgan sharoitda seysmometriya usul-
lari yaxshi natija bermaydi.
Elektrorazvedka
tog’ jinslari massivida sun’iy hosil qilinadigan elektr
maydonlarini o’rganadi. Har bir jins, shu jumladan quruq va suvga to’yinganlari
ham, o’z solishtirma elektrorazvedka ma’lumotlari shunchalik aniq bo’ladi.
Injener-geologik tadqiqotlarda eng ko’p qo’llaniladiganlari
elektrprofil-
lash
va
vertikal elektr zondlashdir
(VEZ). Elektroprofillashda o’rganilayotgan
uchastkada gruntda qator profillar (yo’nalishlar) o’tkaziladi va ularni har birida
jinslarni qarshiligi elektrodlar orasidagi masofani o’zgartirmas ko’chirib
o’lchanadi. Bu uchastkada solishtirma qarshilikni belgilangan huqurlikda
189
o’zgarishini ko’rsatadi, o’zgarish jumladan karet bo’shliqlarining mavjudligi
bilan bog’liq bo’lishi mumkin.
Vertikal elektr zondrlash (VEZ) tub jinslarni yotish chuqurligini va yer osti
suvlari satxini, daryo vodiylari tubini aniqlash, xar xil litologik tarkibdagi jinslarni
ajratish (shu jumladan suv o’tkazadigan va suv to’suvchi qatlamlarni) va x.k. larga
imkon beradi. Bu usulni mazmuni shundaki, ta’minlovchi elektrodlar A va B
orasidagi masofani oshirgan sari tok chiziqlari chuqurlikga kirib boradi.
Elektr zondirlashni chuqurligi A va B nuqtalar orasidagi masofaga bog’liq
va o’rtacha AB/2 ni tashkil etadi. Ta’minlovchi elektrodlar A va B orasidagi tok
kuchini J qabul elektrodlari M va N orasidagi potentsial ayirmasi o’lchab,
jinslarni elektr qarshiligi qiymatini topish mumkin. Bu ma’lumotlar bo’yicha
geologik kesim tuzish mumkin. Bu ma’lumotlar bo’yicha geoogik kesim tuzish
mumkin.
Geofizikaviy ishlar natijalari shu rayonda qazilgan shurf yoki burg’ u
quduq bilan taqqoslab ko’rilib, ular bergan ma’lumotlarning to’g’riligiga ishonch
hosil kilinadi. Bu esa muhandislik – geologik ishlarni arzonlashtiradi va katta
iqtisod kilishga imkon beradi.
190
Do'stlaringiz bilan baham: |