Ekkerlar va ularni ishlatish
Joyda perpendikulyar chiqarish va tushirish uchun ekker asbobi ishlatiladi. Ekker oddiy, ikki oynali va prizmali bo‘ladi.
9-rasm. a- ikki oynali ekker; b-joyda ekker yordamida perpendikulyar chiqarish; v- ikki oynali ekkerni tekshirish
Ikki oynali ekker ikki oyna (ko‘zgu) 45˚ li burchak bilan birlashtirilgan bo‘lib, ikki tomoni ochiq maxsus moslamaga joylashgan (9- rasm). A nuqtada turib ekkerning ochiq tomoni B nuqtaga qaratiladi. B nuqtadan kelgan nur birinchi oynaga tushib akslangach, ikkinchi oynaga tushadi, undan akslangach kuzatuvchi ko‘zguga tushadi, ya’ni kuzatuvchi B nuqtadagi vexani ko‘radi, ekkerning derazachasida joydagi vexa ko‘rinadi. Kuzatuvchi D dagi vexani shunday o‘rnatadiki, B vexaning aksi va D dagi vexa bir-birining davomi bo‘ladi. SHu vaqt AB chiziq SD chiziqqa perpendikulyar bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |