Masofani bevosita o‘lchash tartibi:
Dalnomer ish xolatiga keltiriladi, buning uchun “Lazer nurini yoqish” tugmasini bosib o‘lchanayotgan chiziq uchiga dalnomer o‘rnatiladi. O‘lchashda asbobni oldidan yoki orqasigacha o‘lchash mumkin, qaysi tartibda o‘lchash “O‘lchash etoloni kaliti” tugmasi yordamida amalga oshiriladi.O‘lash natijasi displeyda namoyon buladi. Agar yoqish tugmasi uzoq vaqt ushlab turilsa uzluksiz o‘lchash jarayoni, ya’ni masofa ko‘p marta o‘lchanib, ekranda o‘lchash qiymatlarini eng katta va eng kichik natijalari namoyon bo‘ladi. O‘lchangan qiymatni saqlash uchun “O‘lchangan qiymatlarni saqlash va o‘qish ” tugmasi bosiladi.
Texnika xavfsizligi bo‘yicha lazer nurini inson ko‘zi va tananing boshqa qismlariga qaratish mumkin emas. Tibbiy uskunalar, yoqilg‘i va portlovchi moddalar yaqinida lazerli dalnomerlarni ishlatish mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |