Muhandislik geodeziyasi



Download 15,82 Mb.
bet27/30
Sana29.01.2022
Hajmi15,82 Mb.
#417291
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Bog'liq
MUHANDISLIK GEODEZIYASI. лотин 1 қисм doc

Nazorat savollari

1.Dalnomer iplari yordamida masofa o‘lchash.


2.Dalnomer koeffitsientini tekshirish tartibi.
3.Dalnomer masofani hisoblash formulasini ayting.
4.Lazerli dalnomerning tuzilishi
5. Lazerli dalnomerlar bilan masofa o‘lchash.
LABORATORIYA ISHI № 14


Bir stansiyada taxeometrik tasvfirlovni bajarish
Ishdan maqsad: Taxeometrik tasvirlovni bajarish ko‘nikmalarini egallash.
Taxeometrik tasvirlov - joyni topografik tasvirlovchi usullardan biri. Tasvirlov tarhiy - balandlik tayanch shohobcha nuqtalari - stansiyalaridan (I, II,…V) turib, asosan qutbiy usulda bajariladi. Bunda tasvirlanayotgan nuqtalarning o‘rni gorizontal doira sanoqlari orqali topiladigan gorizontal burchak, vertikal doira sanoqlari orqali topiladigan vertikal burchak va dalnomer iplari bo‘yicha aniqlanadigan dalnomer masofa orqali topiladi.
Tasvirlovni bajarish uchun joyda, tayanch shohobchasi nuqtalari sifatida 3 ta nuqta (I, II,…V) va 2 ta joy tafsiloti (bino yoki yo‘l burchaklari) yoki relef nuqtalari tanlab olinadi.
1. Teodolit asos shohobcha nuqtasi (stansiya I) ustiga o‘rnatilib, ish holatiga keltiriladi.
2. Reyka yordamida asbob balandligi (i) 0,01m aniqlikda o‘lchanadi. Buning uchun gorizontal holatga keltirilgan teodolitni ko‘rish trubasi ham taxminan gorizontal holatga qo‘yiladi. Nivelirlash reykani tik qilib ko‘rish trubasi okulyariga taqab qo‘yiladi. Tashqaridan qarab reykadan trubaning o‘rtasiga to‘g‘ri keladigan sanoq olinadi va 0,01m gacha yaxlitlanadi va taxeometrik jurnalga yoziladi.
3. Teodolit Dch holatida gorizontal doira 0˚00 ga keltiriladi va ko‘rish trubasi asos shohobchaning oldingi stansiyasi (II) ga qaratiladi, ya’ni orientirlanadi. Bu holat qutbi I stansiyada joylashgan qutbiy koordinatalar tizimida boshlang‘ich hisoblanadi.
SHundan so‘ng turish stansiyasida ish tugatilmaguncha limb doirasining mahkamlagich va to‘g‘rilagich vintlariga tegilmaydi. Ko‘rish trubasining o‘rta gorizontal ipi dastlab II , keyin esa V nuqtalarida o‘rnatilgan reykalarning asbob balandligi i ga ketma-ket qaratiladi va dalnomer iplaridan, vertikal hamda gorizontal doiradan sanoqlar olinib, taxeometrik jurnalga yozib qo‘yiladi.
8- jadval




Bajaruvchi_______________"___" ____________20 y














































Karatish nuktalari

Gorizontal doiradagi sanok

Dalnomer masofa D,m

Doira holati

Vertikal doira sanoklari

Kiyalik burchagi v

Karatish balandligi l, m

Gorizontal kuyilish d,m

Nisbiy balandlik h,m

Balandlik H, m

0



0



±

0



1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

ST I NO‘= -0°01′ K=100 C=0 i=1,38m

II

0

0

52,6

Dch

-0

47










i








Do‘

0

45










i






132

42

284,4

Dch

1

13










i








Do‘

-1

14










i




II

0

0


Dch
















1

175

20

84


0

7










i




2

185

10

50


-0

22










i




3

219

4

31


-0

23










i




II

0

0


Dch










4. Teodolit Do‘ xolatiga o‘tkazilib iplar to‘rining o‘rta ipi II stansiyadagi reykaning asbob balandligi (i) ga qaratilganidan so‘ng yana gorizontal doiradan (Dch olingan sanoqdan 180º±2t ga farq qilishi mumkin ), dalnomer iplaridan (o‘lchangan masofa Dch xolatda o‘lchangani bilan farqi 1/300 dan oshmasligi kerak), tik doiradan sanoqlar olinadi. Olingan sanoqlar taxeometrik jurnalga yozib qo‘yiladi.
5. Alidada bo‘shatilib, ko‘rish trubasi V stansiyadagi reykaning asbob balandligi (i) ga qaratiladi va o‘lchashlar 4 chi banddagi kabi bajariladi.
6. Doira xolati yana Dch ga keltirilib II ctansiyaga qaratiladi, gorizontal doiradagi sanoq 0˚00 bulishi kerak. YUqoridagi bajarilgan ishlar stansiyalarni o‘zaro bog‘lash deyiladi.
7. Soat mili yo‘nalishi bo‘yicha ketma-ket har bir tafsilot va relef nuqtalariga olib borib qo‘yilgan reykaning asbob balandligi (i) ga qarab (iloji bo‘lmaganda reykaning ko‘rinayotgan yirik sanog‘iga, masalan 2 metrga qaratiladi), tafsilot nuqtalardan gorizontal doiradan va dalnomer iplaridan, relef nuqtalariga esa gorizontal va tik doiralardan hamda dalnomer iplaridan sanoqlar olinadi.
8. Stansiyada tasvirlov bajarish jarayonida joyning xomaki chizmasi kroki chizib boriladi (29- rasm).
9. Ish yakunida teodolitni Dch holatida II chi stansiyaga qaytadan qaratiladi va gorizontal doiradan sanoq olinadi. Bu sanoq 0˚00 dan faqat 1-2 ga farq qilishi mumkin. Aks holda barcha nuqtalardan gorizontal doira sanog‘i qayta olinadi. Tasvirlov jarayonida olingan sanoqlarning hammasi taxeometrik jurnalga yozib boriladi (jadv.8).



29- rasm


Nazorat savollari
1.Taxeometrik tasvirlovda stansiyada ishlash tartibi.
2.Taxeometrning nol o‘rni qanday aniqlanadi.
3.Stansiyalarni o‘zaro bog‘lashda qanday o‘lchashlar amalga oshiriladi.
4.Taxeometrik tasvirlovda tafsilot va relef nuqtalarni tasvirlov qilish tartibi qanday.
5.Kroki nima va u qanday chiziladi.
6.Nisbiy balandlik, qiyalik burchaklari, gorizontal qo‘yilish. nol o‘rnini hisoblash formulalari.
7.Poligon nisbiy balandliklarini tenglash jadvalini ishlash.
8.Poligon va tafsilot nuqtalari otmetkalarini hisoblash.


LABORATORIYA ISHI № 15


Joy andozasi bo‘yicha gorizontalli tarh tuzish


Ishdan maqsad: tarhda gorizontallar o‘tkazish usullarini o‘rganish va gorizontalli topografik tarh tuzish.
Har qanday muhandislik inshootni qurishdan avval u topografik tarh yoki xaritada loyihalanadi. SHunga ko‘ra, joydagi tafsilot va joy relefi (baland-pastligi ) tarhda to‘g‘ri tasvirlangan bo‘lishi kerak. Buning uchun joy relefining turlarini bir-biridan yaxshi ajrata bilish va ularni topografik tarhda gorizontallar bilan tasvirlash yo‘llarini o‘rganish lozim (30-rasm).





30-rasm. Rel’ef va uning turlari
Laboratoriya ishini bajarish uchun qumda yasalgan joy andozasidan foydalanamiz. Andozadagi joyning uchastkasi kvadratlarga ajratiladi. CHizg‘ich yordamida kvadratlar uchlarini shartli balandlik belgilarini o‘lchab, ikki varaqqa tushirilgan kvadratlar to‘rining tegishli joylariga yoziladi.
Berilgan ikki nuqtaning balandlik belgilari bo‘yicha shu nuqtalarni tutashtiruvchi chiziqda ma’lum kesim balandligidagi gorizontallar o‘tadigan nuqtalar o‘rnini aniqlash interpolyatsiya deyiladi. Gorizontallarni grafik usulda o‘tkazamiz.
Gorizontallar kesimi h=1.0 m deb qabul qilinib, paletka yasaladi. Buning uchun millimetrli qog‘ozda har 1 yoki 0,5 santimetr oraliqida parallel chiziqlar o‘tkaziladi. Har chiziqqa balandlik belgilari nuqtalarning andozadan olingan belgilariga hamda gorizontallar kesimiga ko‘ra yoziladi (31-rasm).
31-rasm


Qog‘ozdan eni 2-3 sm, uzunligi 15-20 sm li tasma qirqib olinadi. Tasmaning qirrasi kvadratlar to‘ridagi 2 ta balandlik belgilari yozilgan nuqtalarni tutashtiruvchi chiziqga to‘g‘rilanadi. SHu nuqtalar tasmaga belgilari bilan ko‘chiriladi (32-rasm).



32- rasm
So‘ng tasma paletka ustiga shunday joylashtiriladiki, a va d nuqtalarning 20.5 va 23.0 belgilari tegishli gorizontallar oraligiga to‘g‘ri kelsin. a d kesmani kesib o‘tgan 21 va 22 chi gorizontallar o‘rni tasmada belgilanadi. Tasma kvadratlar to‘riga qaytarilib, A1 va D1 chiziqda joylashtiriladi va 21 chi, 22 chi gorizontallar o‘rni unga ko‘chiriladi.
Shu tartibda balandlik belgilari berilgan nuqtalarning strelkalar bilan ko‘rsatilgan har jufti oralig‘ida gorizontallar o‘rni belgilanadi va ularning raqami yozib qo‘yiladi. Bir xil raqamli nuqtalar uzluksiz egri chiziqlar bilan tutashtirilib, gorizontallar hosil qilinadi va relef tarhda ifodalanadi.



Download 15,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish