Muhandislik -geologik tadqiqotlar


 Yer  qobig’idagi hosil bo’ladigan tektonik harakatlar  sabablari



Download 6,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/303
Sana16.09.2021
Hajmi6,89 Mb.
#175764
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   303
Bog'liq
-qullanma

 
12.5. Yer  qobig’idagi hosil bo’ladigan tektonik harakatlar  sabablari           
haqidagi  gipotezalar 
Yer  qobig’ining  turli  bukilmali  va  uzilmali  dislokatsiyalari  ko’rib 
chiqilganda, ularni xosil bo’lishi  sababi yerning ichida vujudga keladigan tektonik  
xarakatlar deb ko’rsatiladi. Lekin ayrim uzilmali va  uzilmali tuzilmalar notektonik 
yo’llar  bilan  ham  hosil    bo’lishi  mumkin,  shu  sababli  dislokatsiyalarni  o’rganish  
chog’ida tektonik va notektonik hosil bo’lish tuzilmalarini  ajratish lozimdir. 
Notektonik  tuzilmalar  hosil  bo’lishi  sabablari  o’rganilgan    bo’lib,  ular 
ekzogen  jarayonlar  tufayli  yuz  beradi.  Masalan:  surilish,  ko’chish,  karstlar, 
muzliklarning  jinslarga bosimi va h.k. 
Yer  qobig’idagi  tektonik  xarakatlarning xosil bo’lish    sabablarini  aniqlash 
anchalik mushkul vazifadir.  
Hozirgi  sharoitda  tektonik  harakatlarni  hosil  bo’lish      sabablari  3  guruhga 
ajratilgan: 
1)  Kinematik belgilarga asoslangan ya’ni yer o’qining  tebranma xarakati 
tufayli  bizning  planetamizning    sekinlab  yoki  tezlab  ketishi,  quyosh  yoki  oyning 
tortish kuchi  tufayli magmaning qaynashi - sovushi harakati va boshqa  xodisalar 
oqibatiga asoslangan; 
 2)  Yer  qobig’ining  ekzogen  jarayonlar  bilan  bog’lanish    harakatiga 
asoslangan; 
 3)  Yerning  ichki  tuzilishi  o’zgarishining  geotektonik      jarayonlar  faktori 
sifatida tan olinishi. 
  Bu  sohada  V.  A.  Obruchev  va  V.V.  Belousov    kontseptsiyalari  ko’proq 
tanilgandir. V.A. Obruchev  gipotezasiga ko’ra, yerning taraqqiyoti davridagi yer  
qatlamining  va  ayniqsa  faol  sodir  bo’layotgan,  kengayish    va  qisilish  kuchlari 
ta’siri  sharoitidagi  xarakatidan    kelib  chiqadi.  Bunda  2  xil;  tebranma,  bukilma 
xarakat  ko’rsatiladi.            


73 
 
Qisilish  jarayonida  issiqlik  yo’qolishi,  cho’zilish  esa    magmaning  qattiq 
xolatdan  yumshoq  xolatga  o’tish,  qisilish    tugagandan  so’ng,  bosim  kamayishi 
bilan  shartlanadi.  Kengayish,  ko’chuvchi  belbog’lar  -  geosinklinallarni  tashkil  
etadi.  Barqaror  bo’lgan  maydonda  yer  qobig’i  ko’pchiydi  va    yoriqlar  turkumiga 
bo’linadi.  Qisilish  tangentsial’    harakatlar  tufayli  geosinklinallarda  bukilmalar 
jarayoni  oraliqlarini  xosil  qilib,  bu  oraliqda  energiya  to’planish    uchun  lozim 
bo’ladi (evolyutsion davr). 
Magmatik  faoliyat  kengayish  davri  va  sikllari  bilan    bog’lanib,  magmatik 
qatlamga  bosim  kuchsizlanadi  va  magma    qattiq  holatdan  suyuq  holatga  o’tib, 
yoriqlarni to’ldirib  yuqoriga xarakatlanadi (revolyutsion davr). V.V. Belousov, yer 
shari, kosmik fazodagi sovuq changsimon   zarralarning birikishidan hosil bo’lgan 
taxminni  ilgari  suradi. 
Keyinchalik  Yer  ichidan, radiaktiv  parchalanish  tufayli   qizib borgan. Yer 
moddasining  issiqlik  o’tqazuvchanligi    kamligi  tufayli  radioaktiv  issiqligi  xanuz 
katta  chuqurliklarda (700 kmdan ko’p) to’planmoqda. Yerning  mantiya qismining 
yuqori  qavatlari  tarixi  murakkabroqdir.    Hisoblashlar  shuni  ko’rsatadiki,  dastlab 
yuqori mantiya   hammasi qizigan, so’ngra taxminan bir yarim milliard yil   avval, 
radioaktiv elementlar tugaganligi sabab,  bosqichma-bosqich tepadan pastga tomon 
sovish  boshlangan.  Radioaktiv  qizdirish  mantiyaning  yuqori  qismi  moddasining  
qisman erishiga olib kelgan. Yuqori mantiyadan seysmik  tebranish to’lqinlarining 
tezligi  bo’yicha  yumshoq  qatlam    (astenosfera)  aniqlangan  bo’lib,  u  materik 
(quruqlik)    ostida  100-200  km,  okeanlar  ostida  50-400  km  chuqurlikda  
joylashgandir. 
Extimol,  qisman  erigan  qatlam  shu  bo’lsa  kerak.  Yengil  tarkiblar  undan 
erib  chiqib,  yuzaga  ustun  yoki  polosa    ko’rinishida  yuqoriga  ko’tariladi.  Ana  shu 
yengil  jinslardan    yer  qobig’i  va  xususan  uning  granit  qatlami  tashkil    topadi, 
pastga  tomon  esa  erigan  qatlamdan  og’ir  moddalar    tushib  ketadi.  Bu  jarayonga 
ichki sinishlar ta’sir  ko’rsatishi lozim. Ular, yengil moddalar oson  ko’tariladigan 
yo’llar bo’lib hisoblanadi. Yer qobig’ining  yuqori qismida ajralish jarayoni tezroq 


74 
 
va  shiddatliroq  ro’y    beradi,  sababi  yuqorida  bosim  pastligi  tufayli,    moddaning 
quyuqligi kamroqdir. 
          Yuqorida 
erigan 
qatlamning 
bo’linishi, 
yer 
qobig’ini 
shiddatli 
geosinklinallarga  xos  bo’lgan  turli    ko’tarilishlar,  tepaliklar  va  chuqurliklar  hosil 
qiladi.  V.A.  Obruchev  va  V.V.  Belousovlar  gepotezasi  va    taxminlari  ma’lum 
bo’lgan ilmiy ma’lumotlarga yaqin  turadi. 
          Ayniqsa mantiyaning yuqori qisimni tashkil etgan moddaning  tarkibi haqida 
yangi  ma’lumotlarni  to’planib  borishi    bilan,  bu  taxminlar  qayta  ko’rib  chiqib, 
to’ldirib  boriladi.   

Download 6,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish