3.Regional metamorfizm - katta bosim va yuqori harorat ta’sirida, yer
po’stlog’ining chuqur qismida katta maydonda sodir bo’ladi. Bu metamorfizmning
pastki zonalarida tog’ jinslari zichlashadi va sementlashadi. Masalan; yuqorida
yotuvchi qatlamlarning bosimi, temperatura ta’sirida gillar - gilli slanetslarga,
yumshok qumlar - zich qumlarga aylanadi. Yerning chuqur qismlarida harorat va
bosimning yuqori darajadagi ta’siri oqibatida, zichlangan tog’ jinslari yana
qaytadan kristallanib ularning strukturasi va tarkibi o’zgaradi. Ana shunday
sharoitlarda kristalli slanetslar hosil bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |