1.Dinamometamorfizm - yer sharining dislokatsiya jarayoni tarqalgan
hududlarida ko’p tarqalgan. Bunda tog’ jinslari yuqori harorat va kuchli bosim
ta’sirida, o’z teksturasi va mineral tarkibini o’zgartiradi.
2.Kontaktli metamorfizm - tog’ jinslari qizigan magma va undan chiqqan
mahsulotlar bilan bevosita tegib turgan joyida yuqori harorat ta’siri natijasida
o’zgarishidan hosil bo’ladi. Bu yerning chuqurroq qismlarida sodir bo’ladigan
metamorfizmning boshqa turlaridan farq qilib, kuchsiz bosim ostida sodir bo’ladi.
Bu hodisa natijasida ohaktoshdan marmar va ko’mirdan grafit hosil bo’ladi.
Gidrotermal sharoitda, ya’ni issiq suvli eritma ta’sirida xloratlanish va serpentin-
lashish sodir bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |