Kvarts (kristalli qumtuproq) - nurashga chidamliligi sababli kimyoviy
o’zgarishsiz qolib, ko’plab cho’kindi tog’ jinslarini tarkibiga kiradi (qumlar,
qumtoshlar, giltuproqlar). Amorf holatida – opal minerali ko’rinishida uchraydi.
Opal (SiO 2 * nH 2 O) - kvartsga nisbatan bo’shroq, zichligi - 1900-2500
kg/m
3
va mustahkamligi kamroqdir. Opal - juda mayda zarrali va ichki tuzilishi
ko’p mayda g’ovakchalardan tashkil topgani sababli kal’tsiy gidrooksid va oksidlar
54
bilan shiddatli reaktsiyaga kirishadi. Amorfli qumtuproqning bu xossasi aralash
mineral bog’lovchi moddalar ishlab chiqarishda keng ishlatiladi.