9.2.Cho’kindi tog’ jinslarining kimyoviy va mineralogik tarkibi.
Qurilish maqsadlarida ishlatilayotgan cho’kindi tog’ jinslari ko’pincha
quyidagi kimyoviy tarkibga ega bo’ladi: Amorf va kristall ko’rinishdagi
qumtuproq (suvli va suvsiz), alyumosilikatlar (asosan suvlilari), karbonatlar
(suvsizlari), sul’fatlar (suvli va suvsiz). Ana shu birikmalardan qurilishda
ishlatiladigan cho’kindi tog’ jinslarining asosiy minerallari hosil bo’ladi: kvarts,
opal, kaolinit, kal’tsit, magnezit, dolomit, gips, angidrit.
Do'stlaringiz bilan baham: |