Qumtoshlar (kvartsitlar) - qumlarning zichlanib, ko’rinishi o’zgargan
jinsdir. U zich tuzilishli, kvartsli sement bilan sementlangan, qayta kristallangan
kvartsdan iborat. Tashqi ko’rinishidan - oq, qizil, to’q olcha rang bo’ladi, zichligi -
yuqori, 2700 kg/m
3
atrofida, suv shimuvchanligi 0,2% dan kichik, siqilishga
bo’lgan mustahkamligi- 400 MPa gacha, qattiqligi 7 ga teng bo’lib, uzoqqa
chidaydi.
Qumtoshlar tashqi yuzalarni puxta qoplamalash uchun, ko’priklarning
fermalari ostida, chaqiqtosh o’rnida, shuningdek dinasli o’tga chidamli materiallar
sifatida ishlatiladi.
58
Do'stlaringiz bilan baham: |