11. TOG’ JINSLARINING YOSHINI ANIQLASH
Yer qobig’ini uzoq davom etgan geologik taraqqiyoti tarixini oydinlash-
tirishda tog’ jinslari , ularning yotish shakllari, tarkiblari va ulardagi organik
hayotning qoldiqlari muhim rol’ uynaydi. Tog’ jinslarini to’la o’rganish orqali, yer
qobig’ining geoxronologik shkalasi ishlab chiqilgan bo’lib, unda yer qobig’ining
tarixiy taraqqiyoti jarayoni vaqtini va ketma - ketligini geologik yil hisobida
ko’rsatilgan. Yer qobig’ining geoxronologiyasi Yerdagi organik hayot va yer
qobig’ining ma’lum bir taraqqiyoti bosqichlari davrlari ketma - ketliklar
yig’indisidan tuzilgandir. Geoxronologik bo’linish nisbiy va absolyut bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |