platformalar deyiladi.
Geosinklinallar - Yer qobig’ining 10 – 25 km qalinligidagi
yotqiziqlarning geodinamik kuchlanishlarining katta o’zgarishi va yuqori
harakatchanligi zonasini bildiradi. Hozirda geosinklinallar yer qobig’ining asosiy
tektonik elementlariga kiradi. Dastlabki rivojlanishda geosinklinallar tubi egilgan
dengiz basseynlardan iborat bo’lgan va qalin cho’kindi tog’ jinslarini tashkil
etgan. Vaqtlar o’tishi bilan endogen jarayonlarda tektonik kuchlar to’plangan,
cho’kindi qatlamlar o’zga-rishga uchrab, bukilmali tog’ tizmalari Al’p, Karpat,
Qrim, Kavkaz, Pomir va boshqa tog’lar hosil bo’lgan. Geosinklinalli hududlar
uchun seysmik hodisalar (yer qimirlashlar) va vulqonlar bo’lishligi xosdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |