Umumiy geologiya - yerdagi tashqi va ichki jarayonlarning sodir bo’lish,
rivojlanish va so’nish qonuniyatlarini o’rganadi;
Mineralogiya - yerdagi hosil bo’ladigan kimyoviy birikmalar - minerallar
haqidagi fan bo’lib, ularning hosil bo’lish tarkibi va qurilish xossalarini
o’rganadi;
Petrografiya - tog’ jinslari, tarkibi, kelib chiqishi, yotish sharoiti va
tarqalish qonuniyatini o’rganuvchi fandir;
Tarixiy geologiya - yerning uzoq o’tmishi tarixini va yer qobig’ining
rivojlanish qonuniyatlarini o’rganuvchi fan bo’lib, o’ziga stratigrafiya va
paleogeografiya ilmlarini birlashtiradi;
Kristallografiya - moddalarning kristallik holati va kristallik panjarasini
o’rganuvchi fan. Moddalarning kristallik tuzilishini o’rganish, qurilish
materiallarining texnologiyasini bilish uchun zarurdir;
5
Do'stlaringiz bilan baham: |