8
geokimyo (Yer kimyosini o’rganuvchi fan), paleontologiya (qadimgi organizm-
larning toshqotgan qoldiqlari haqidagi fan), tuproqshunoslik (tuproq haqidagi fan),
foydali qazilmalar geologiyasi (mineral xom ashyolarni o’rganuvchi fan),
gidrogeologiya (yerosti suvlari haqidagi fan) va boshqalar o’rganadi. Yer
yuzasining shakllari, ularning paydo bo’lishi, rivojlanishi va taraqqiyotini
geomorfologiya fani o’rganadi. Yerning yoshi va qatlamlar orasidagi
munosabatlarni stratigrafiya, tektonik harakatlarni geotektonika va strukturalarni
strukturaviy geologiya o’rganadi.
Geologik bilimlarning shakllanishi va taraqqiyoti uzoq o’tmishga borib
taqaladi. Geologiya fan tariqasida ikki asrdan ko’proq vaqt oldin shakllangan.
O’tmishda uni huddi geografiya singari falsafaning bir qismi deb qarashgan. Faqat
XVIII - asrda N.Steno (Italiya), M.V.Lomonosov (Rossiya), A.Verner
(Germaniya), J.Byuffon, J.Kyuve, A.Bronyar (Fransiya), D.Xatton (Shotlandiya),
U.Smit (Angliya) va boshqalarning umumlashtirilgan va fundamental ishlari
tufayli geologiya mustaqil fan tarmog’i sifatida
shakllandi
2
.
Qazilma boyliklarni qazib olish haqidagi birinchi geologik tushunchalar
qadim zamonlardan beri mavjud. Odamlar keyinroq mis, qo’rg’oshin, qalay,
kumush, oltin, undan keyin esa temir ma’dani bilan tanishganlar. Ular asta - sekin
qimmatbaho mineral va tog’ jinslaridan foydalanganlar: ohanrabo, lazurit, feruza
va boshqalardan ziynat buyumlari yasay boshlaganlar.
Dastlabki Yer haqidagi yozma ma’lumotlar Bobil (hozigi Iroq) davlatiga
mansub. Dunyoning paydo bo’lishi to’g’risidagi dastlabki rivoyatlar Mesopo-
tamiyada, miloddan avvalgi 4 - 3 ming yillikda ilk sinfiy davlatlar - Ur, Uruk
Lagash va boshqalarda vujudga kelgan. Bular eramizdan avvalgi 626 - 538 y.
ma’lumotlar Janubiy Mesopotamiyada hukmronlik qilgan Xaldeya dinastiyasining
yangi Bobil podsholigiga qarashli shaharlarda topilgan gildan yasalgan
buyumlarda yozib qoldirilgan. Dunyoning paydo bo’lishi haqidagi Bobilliklarning
qadimgi rivoyatlari yahudiylarning «Injil»iga, xristian va musulmon dinining
2
Essentials of Geology - Frederick K. Lutgens, Edward J. Tarbuck. 2012. p 5.
10
Beruniy ayrim olimlarning Xudoning
xohishi bilan ariqdagi suv orqaga qarab oqishi
mumkin, degan noto’g’ri fikrlarini fosh etib, suv
oqimining asl mohiyatini talqin etadi va u tabiat
qonunlariga mos jarayon ekanligini isbotlab
bergan.
Uning fikricha, suv markazga intilish
kuchiga ega, binobarin u pastdan yuqoriga qarab
oqmaydi. Suvlarning tog’ bag’ridan buloq
shaklida yoki Yer tagidan yuqoriga fontan bo’lib
otilib chiqishini Beruniy Yer ostidagi bosim
kuchiga bog’lab tushuntirgan. Daryo yotqiziq-
lari haqida esa Beruniy o’zining «Aholi yashaydigan joylar orasidagi
masofalarning oxirgi chegarasini aniqlash» degan asarida bunday deydi: «Kimki
bu haqda fikr yuritar ekan, u shunday xulosaga keladi - tosh va shag’allar hamda
mayda zarrachalar turli kuchlar ta’sirida tog’dan ajraladi; keyin uzoq vaqt
davomida suv va shamol kuchi tufayli ularning qirralari tekislanib, silliqlanadi
hamda dumaloq shaklga kiradi. Ulardan o’z navbatida mayda donachalar - qum va
changlar paydo bo’ladi. Agar bu shag’allar daryo o’zanida to’plansa, orasiga gil va
qum kirib, bir butun qatlamga aylanadi. Vaqtning o’tishi bilan aralashgan narsalar
suv tagida ko’milib ketadi.
Beruniyning XI - asr boshlarida birinchi bo’lib daryo o’zanlarida cho’kindi
jinslar donalari o’lchamining suv oqimi tezligiga qarab o’zgarishi qonuniyatini
yaratganligi (keyinchalik Beruniy qonuni deb atalgan) katta ahamiyatga ega bo’ldi.
Bu qonuniyat so’nggi yillarda V.I.Popov (1964 y.) tomonidan ishlab chiqilgan
cho’kindi hosil bo’lishidagi fatsial birliklarning bosqichli dinamik tamoyiliga mos
keladi.
Beruniy o’zining «Mineralogik traktat» degan asarida (X -asrning birinchi
yarimi) minerallar haqida chuqur va aniq ilmiy ma’lumotlar bergan. Minerallarni
Do'stlaringiz bilan baham: