LABORATORIYA STENDI №3
BIRKASKADLI KUCHAYTIRGICh. YOLG‘ONLIK DETEKTORI - POLIGRAFNING SODDALAShTIRILGAN SXEMASINI O‘RGANISh.
Ishdan maqsad: bipolyar tranzistorlarda yig‘ilgan bir kaskadli kuchaytirgich sxemasini o‘rganish; poligraf (detektor lji) ishlash prinsipini o‘rganish.
Ishni bajarish tartibi:
I Bipolyar tranzistorlarda yig‘ilgan bir kaskadli kuchaytirgich sxemasini o‘rganish.
I.1. Funksional generator chiqishidagi signalni o‘rganish. Buning uchun 3.1- rasmdagi sxemani yig‘ing.
3.1a- rasm. Funksional generator chiqishidagi signalni o‘rganish sxemasi.
3.1b- rasm
Chiqish signali amplitudasini 1V va chastotasini 10Gs o‘rnating. Sinusoidal signal shaklini, keyin uchburchak signal shaklini, keyin to‘g‘ri burchakli signal shaklini o‘rnating. Chiqish signali amplitudasi va davrini ossillograf yordamida o‘lchang. Natijalarni kompyuter hotirasiga kiritib qo‘ying. Keyinchalik biz bu ma'lumotlarni kuchaytirgich chiqishidagi signallar shakllari bilan solishtiramiz.
I.2. Bipolyar tranzistorlarda yig‘ilgan bir kaskadli kuchaytirgich sxemasini, hamda kuchaytirgich chiqishidagi signal shaklini va amplitudasini o‘rganish uchun 3.2- rasmdagi sxemani yig‘amiz.
3.2- rasm. Bipolyar tranzistorlarda yig‘ilgan bir kaskadli kuchaytirgich sxemasini, hamda kuchaytirgich chiqishidagi signal shaklini va amplitudasini o‘rganish sxemasi.
Bu sxemada ossillograf kirish va chiqish signallarini taqqoslash uchun o‘rnatilgan.
I.3. Signalning sinusoidal shaklini o‘rnating. Generatorga 5mV kuchlanish va 10 Gs chastota bering. Ossillograf yordamida signal amplitudasi va davrini o‘lchang ( davrni o‘lchayotganda vaqt yoyilmasi kuchlanishi bo‘lgichini o‘zingiz uchun qulay qiymatga o‘tkazib oling). A va V kanallar uchun kuchlanish bo‘lgich qiymatlarini shunday tanlab olingki, kirish va chiqish signallari ossillogrammalari bitta ekranga joylashtirish imkon bo‘lsin. Kuchlanish bo‘yicha kuchaytirish koeffitsientini hisoblang.
Natijalarni quyidagi jadvalga kiriting
Olingan natijalardan hulosalar chiqaring.
1.4. Yolg‘onlik detektori ( detektor lji) – poligraf prinsipini o‘rganish.
Yolg‘onlik detektori ( detektor lji) – poligraf ishlash prinsipi tekshirilayotgan odamda psixologik stress paydo bo‘lishi natijasida bir nechta fiziologik ko‘rsatgichlarni ( teri-galvanik reaksiya, elektromiogramma, elektroensefalogramma, arterial bosim va h.k.) qayd qilishga asoslangan. Quyidagi 3.3- rasmdagi sxemada elektroteri qarshiligining o‘zgarishini qayd qiladigan poligraf ishini imitatsiya qiluvchi soddalashtirilgan sxema keltirilgan.
3.3- rasm. Elektroteri qarshiligining o‘zgarishini qayd qiladigan poligraf ishini imitatsiya qiluvchi soddalashtirilgan sxema.
Sxema 9V kuchlanish manbaidan ishlaydi, 10-12 mA tok sarflaydi, mijozni imitatsiya qiluvchi qarshilikdan 1mA dan kam tok o‘tadi. Shu sababli, agar sxema real sharoitda yig‘ilgan paytda ham muolaja o‘tkazadigan hodimlarga zarar qilmaydi.
T1, T2, T3 tranzistorlarda yuqori sezgirlikka ega uch kaskadli o‘zgarmas tok kuchaytirgichi yig‘ilgan. Kollektorlar zanjiridagi qarshiliklar tranzistorlarning o‘zgarmas tok bo‘yicha rejimini o‘rnatadi, kuchaytirgich kaskadining yuklamasi bo‘lib D yorug‘lik diodi xizmat qiladi. Unga ketma-ket ulangan qarshilik tokni chegaralash uchun kerak. Kondensator kuchaytirgich qirishini shovqinlardan saqlaydi.
Sozlashtiruvchi qarshilik ( nastroechnыy rezistor) qiymatini maksimaldan 65% qilib o‘rnating va “Mijoz”( “Patsient”) qarshiligi qiymatini D yorug‘lik diodi yonadigan qilib o‘rnating.
Qilingan ishlardan hulosa chiqaring.
NAZORAT SAVOLLARI:
1. Bipolyar tranzistorlarda yig‘ilgan bir kaskadli kuchaytirgich.
2. Yolg‘onlik detektori ( detektor lji) – poligraf prinsipini tushuntirib bering.
3. Bipolyar tranzistor kalit vazifasida qanday ishlaydi?.
Do'stlaringiz bilan baham: |