ASOSIY QISM
LABORATORIYA STENDI №1
YARIMO‘TKAZGICH DIODNI O‘RGANISH. CHIJEVSKIY LAMPASI SXEMALARINI O‘RGANISH.
Laboratoriya stendini qo‘llashdan maqsad: yarimo‘tkazgichli diodning VAXni o‘rganish, Chijevskiy lampasi va galvanizatsiya apparatining prinsipial sxemalari bilan tanishish.
Ishni bajarish tartibi: 1.1. Yarimo‘tkazgichli diodning VAXni o‘rganish Diodning VAXsi 1N4001 diodi misolida o‘rganiladi ( uning lavina buzilishi 49,9V ga teng).
1.1- rasm. Yarimo‘tkazgichli diodning VAXni o‘rganish
I.2. Voltmetr va ampermetrlarning ulanish qutblariga e'tibor bering. Elementlar kutubxonasidan 1N4001diod modelini tanlang. Sxema ishlay boshlashi uchun tugmalarini yoki ishchi oynaning yuqori o‘ng tarafidagi <0-1> tumasining 1 tarafini bosish kerak
I.3. Kuchlanish manbasi qiymatini 0 va 1V oralig‘ida 0,1V intervali bilan o‘zgartirib diod toki (ID) ning dioddagi kuchlanish (UD) ga bog‘liqlik grafigini tuzing va uni 1- jadvalga kiriting.
1- jadval
Diod to‘g‘ri ulangan UD - ID
UD
|
0V
|
0,1V
|
0,2V
|
0,3V
|
0,4V
|
0,5V
|
0,6V
|
0,7V
|
0,8V
|
0,9V
|
1,0V
|
ID
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
I.4. Diod teskari ulangan holat uchun ham ( yuqoridagi sxemada diodning uchlarini teskari ulash kerak)VAXni olish kerak. Faqat kuchlanishlar qiymatlarini 0-50V oralig‘ida olish kerak.
2- jadval
Diod teskari ulangan UD - ID
UD
|
0V
|
5V
|
10V
|
20V
|
40V
|
45V
|
49V
|
49,2V
|
49,4V
|
49,6V
|
50V
|
ID
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
I.5. Olingan ma'lumotlar asosida (1- va 2- jadvallar) 1N4001 diodning VAXni chizing. Diodning to‘g‘ri va teskari ulangan qismlari uchun masshtablarni har xil olish kerak.
II. Dioddagi kuchlanish tushishining berilayotgan kuchlanishga bog‘liqligini o‘rganish.
II.1. Bu bog‘liqlikni o‘rganish uchun diod zanjiriga R yuklama qarshilik ulanadi.
1.2- rasm. Dioddagi kuchlanish tushishining berilayotgan kuchlanishga bog‘liqligini o‘rganish sxemasi.
II.2. Kuchlanish manbasining qiymatini o‘zgartirib, dioddagi kuchlanish va zanjirdjagi tokni o‘lchang, kuchlanishning tokka bog‘liqligini o‘rganing.
3- jadvalni to‘ldiring.
II.3. Sxemaga yana bitta diod qo‘shing (1.3- rasm).
1.3- rasm. Ketma- ket ulangan diodlarda kuchlanish tushishini o‘lchash sxemasi.
Ketma- ket ulangan diodlarda kuchlanish tushishini o‘lchang.
II.4. Dioddan o‘tuvchi signalning shakli qanday o‘zgarishini o‘rganish uchun 1.4a- rasmdagi sxemani yig‘ing.
1.4- a,b,s- rasmlar
Sinusoidal signalning dioddan o‘tishida shakli o‘zgarishini ko‘rsatuvchi sxema (a), diodda kuchlanish tushishini ko‘rsatuvchi sxema (b), ikkita parallel ulangan dioddan o‘tganda sinusoidal signalning shakli qanday o‘zgarishini ko‘rsatuvch sxema (v).
Bu uchta sxemani ketma-ket yig‘ib, har biriga oid ossillogrammalarni kompyuter hotirasiga kiriting.
Har bir ossillogrammani tahlil qiling. Tahlil asosida hisobot tayyorlang.
III. Diodlar va kondensatorlarda yig‘ilgan kuchlanishni ko‘paytirish sxemalari.
III.1. Kondensatorlar va diodlar yordamida kuchlanishni ikki marta ko‘paytirish sxemasini tahlil qilish. 5- rasmdagi sxemani yig‘ing.
1.5- rasm. Kuchlanishni ikkilamlashtirish sxemasi.
Signal manbasi oldida va yuklama qarshilik uchlaridagi kuchlanishlarni solishtiring va hulosa chiqaring.
III.2. Kuchlanishni to‘rt karra oshirish semasi. 1.6- rasmdagi sxemani dasturda yig’ing
.
1.6- rasm. Kuchlanishni to‘rt karra oshirish sxemasi.
Sxemani aktivlashtiring va voltmetr ko‘rsatgichini manbaning kuchlanishi bilan solishtiring.
Yuqorida keltirilgan kuchlanishni ko‘paytirish sxemalari ozonator va ionizatorlarda keng qo‘llaniladi. 1.6- rasmdagi sxema Chijevskiy lyustrasida kuchaytiruvchi trasformatordan keyin ishlatiladi, kuchlanish bu paytda 25 kV dan oshadi.
NAZORAT SAVOLLARI:
1. Diod. Diodning VAXsi. Diodlar turlari, ularning qo‘llanishi.
2. Diodning VAXni olish usulini ko‘rsatib bering.
3. Diod va stabilitronlar kuchlanishni qanday chegaralaydi?
4. Chijevskiy lyustrasi qanday tamoyilda ishlaydi?
Do'stlaringiz bilan baham: |